Go‘daklik davri bolaning tugalganidan bir yoshlarigacha bo‘lgan davrni o‘z ichiga olib, bu davrda bola tashqi muhitga moslashishi uchun ma’lum darajada yetilgan nerv tizimi bilan tutiladi. Go‘daklik davri inson hayotidagi organik ehtiyojlarni (kislorodga, ovqatga, issiq yoki sovuqqa) qondirishga nisbatan yo‘naltirilgan xatti-harakatlarning tug’ma, instinktiv shakllari sof holda kuzatiladigan yagona davr hisoblanadi. Insonga xos bo‘lgan xatti—harakatlar, yangi tajribalarni egallash uchun beqiyos imkoniyatlarning borligi go‘daklik yoshidagi bolalarning asosiy xususiyatlaridir.
Agar organik extiyojlar yetarli darajada qondirib borilsa, ular o‘zlarining asosiy bo‘lish ahamiyatini yuqotadi: to‘g’ri tashkil etilgan kun tartibi, rejim va tarbiya natijasida bola psixik rivojlanishi uchun asos bo‘ladigan ta’surotlarga, harakatga, muloqotga nisbatan yangi turdagi extiyojlar guruhi yuzaga keladi. Bola tug’ilishining birinchi haftasidanoq uning ko‘rish va eshitish sezgilari jadal suratda rivojlanadi. Bola harakatlanayotgan narsani kuzata boshlaydi. U turli ovozlarga, jumladan, kattalarning tovushlariga e’tibor bera boshlaydi. Yangi tug’ilgan chaqaloqning miya og‘irligi kattalar miyasining 1/4 qismiga to‘g’ri keladi, nerv hujayralarning soni esa xuddi kattalarniki kabi bo‘ladi, lekin ular yetarli darajada rivojlanmagan bo‘ladi.