Asosiy qism Gaplarni bo`laklarga ajratish tamoyillari



Yüklə 60,99 Kb.
səhifə4/14
tarix06.06.2023
ölçüsü60,99 Kb.
#125894
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Aniqlovchi va uning o\'zbek tilshunosligidagi tadqiqi

Aniqlovchi turlari
Predmet ma’nosini bildiruvchi so‘zni izohlaydigan va uning belgisini anglatadigan ikkinchi darajali bo‘lakka aniqlovchi deyiladi.
Aniqlovchi predmetning xususiyatini, qarashliligini va shu kabilarni ifodalaydi. Aniqlovchi leksik-semantik va grammatik jihatdan uch xil bo‘ladi: sifatlovchi, qaratuvchi, izohlovchi.
1. Sifatlovchi aniqlovchi
Aniqlovchining bu turi ot bilan ifodalangan bo‘lakka odatda bitishuv yo‘li bilan bog‘lanib, otdan anglashilgan predmetning belgi-xususiyatini, sifatini, miqdorini, o‘ringa munosabatini bildiradigan aniqlovchining bir turidir. U qanday?, qanaqa?, qaysi?, qancha?, necha?, nechanchi?, qachongi?, qayerdagi? so‘roqlaridan biriga javob bo‘ladi.
Sifatlovchi bog‘lanib kelgan so‘z sifatlanmish deb ataladi.
Sifatlovchi turli so‘z turkumlari bilan ifodalanadi:
1) sifat bilan: Quyoshning issiq, tansiq nurlari odamlarga xush yoqadigan bo‘lib qoldi. (O‘.Hoshimov). Rang-barang gullar, har xil ekinlar, bog‘lar, suvlar quyoshda yashnab tovlanadi (Oybek). Yaxshi so‘z, yaxshi muomala, ishq-muhabbat – insonni insonga, qalbni qalbga bog‘laydigan sehrli ip. (Sh.Ubaydullayev).
2) son bilan: Ikkita zog‘ora non bilan to‘rtta turshakni dasturxonga qo‘yib tamaddi qilgan bo‘ldim. (O‘.Hoshimov). Birinchi qor ham shu tepalik boshiga yog‘adi, birinchi maysalar ham Xirmontepa bag‘rida ko‘karadi. (O‘.Hoshimov). Uch-to‘rtta yirik-yirik qora qushlar nimanidir mo‘ljalga olib shoshilmay aylanishadi. (P.Qodirov).
3) olmosh bilan: Allaqaysi dengiz qushlarining odati qiziq ekan. (O‘.Usmonov) Har bir qiyinchilikdan so‘ng bir rohat bor. (Maqol).
4) ot bilan: Asfalt ko‘chaning u er bu erida suv xalqob bo‘lib yotardi. (O‘.Hoshimov). Kumush so‘zingni chaqaga mayda qilma. (Maqol).
-dagi affiksini olgan otlar ham sifatlovchi vazifasini bajaradi. Masalan: Uydagi har bitta buyum Ma’sudani esimga soladi. (P.Q.). Toshkentlik yosh olim... atrofdagi cho‘ponlarni to‘plab, ziyofat qilib bermoqda... edi. (P.Q.).

Yüklə 60,99 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin