1. Vositasiz to‘ldiruvchi To‘ldiruvchi o‘z vazifasi va shakliga ko‘ra ikki turga ajratiladi: vositasiz to‘ldiruvchi va vositali to‘ldiruvchi.
Vositasiz to‘ldiruvchi harakatni o‘ziga qabul qilgan, harakat o‘ziga bevosita o‘tgan predmetni bildiradi. Shu bois u odatda o‘timli fe’l bilan ifodalangan bo‘lakka bog‘lanadi.
Vositasiz to‘ldiruvchi ko‘pincha tushum kelishigidagi birliklar bilan ifodalanib, kimni? nimani? qaerni? kabi so‘roqlardan biriga javob bo‘ladi: Bolani yoshdan asra, niholni boshdan asra. (Maqol). Aqlni beaqldan o‘rgan. (Maqol). U hamma qishloqlarni o‘zi aylanib chiqdi. (P.Qodirov). Vositasiz to‘ldiruvchi ba’zan chiqish kelishigidagi so‘z bilan ham ifodalanadi: Temirjon quymoqdan ko‘p yemadi. (J.Abdullaxonov). Vositasiz to‘ldiruvchi tushum kelishigi shaklidagi so‘z bilan ifodanganda, harakat butunlay predmetga o‘tadi, chiqish kelishigidagi so‘z bilan ifodalanganda esa, harakat qisman predmetga o‘tganligi anglashiladi.
Vositasiz to‘ldiruvchi ikki xil shaklda: belgili va belgisiz shaklda ishlatiladi. Belgili vositasiz to‘ldiruvchi tarkibida tushum kelishigi –ni affiksi saqlanadi: Bor borini yeydi, uyatsiz orini yeydi. (Maqol). Odamni po‘stin emas, ish qizdiradi. (Maqol). Belgisiz vositasiz to‘ldiruvchida –ni qo‘shimchasi qatnashmaydi, lekin uni tiklash mumkin bo‘ladi. Boshqacha qilib aytganda, bunday vositasiz to‘ldiruvchi belgisiz tushum kelishigi shaklidagi so‘z bilan ifodalanadi: Non emoqchi bo‘lsang, o‘tin tashishdan erinma (Maqol). Tekin boylik axtarguncha, o‘zingga bop hunar top (Maqol). 2. Vositali to‘ldiruvchi Vositali to‘ldiruvchi bosh, qaratqich, tushum kelishiklaridan boshqa kelishikdagi birliklar bilan hamda ko‘makchili ishlatilgan birliklar bilan ifodalanadi. Vositali to‘ldiruvchilarning ma’nolari va so‘roqlari turlichadir. Mazkur to‘ldiruvchilarni jo‘nalish, o‘rin-payt, chiqish kelishiklari affikslari hamda «bilan», «uchun», «to‘g‘risida», «haqida» kabi ko‘makchilar shakllantirib, ular kimga? nimaga? kimda? nimada? kimdan? nimadan? kim bilan? nima bilan? kim uchun? kim to‘g‘risida? nima xususida? kabi so‘roqlardan biriga javob bo‘ladi. Masalan: Inson bilimga intiladi va qachonki undabilimga tashnalik so‘nsa, u insoniylikdan mahrum bo‘ladi. («Tafakkur gulshani»). Do‘sting bilan sirdosh bo‘l (Maqol). Mineral tuz, bosh miya uchun zarur bo‘lgan efir moyi aksar yong‘oqning mag‘zidan olinadi. (J.Abdullaxonov). G‘oyib endi «studentlikning oltin davri» haqida zavq-shavq bilan hikoya boshladi. (J.Abdullaxonov). Mana endi uning yaxshi xislatlari to‘g‘risida gap ketyapti. (J.Abdullaxonov). Vositali to‘ldiruvchi ko‘pincha fe’l bilan ifodalangan bo‘laklarga, ba’zan esa sifat, ravish, ot, modal so‘z bilan ifodalangan bo‘laklarga ham bog‘lanib keladi. Masalan: Bu – professor Jamolovning saxiyligi, yoshlarga mehr-muhabbatining mevasi, albatta. (J.Abdullaxonov). Temirjon gamma nurlarini hayot uchun faqat ofat manbai deb bilardi. (J.Abdullaxonov). Temirjon uning bu uyda xizmat qilishidan bexabar edi. (J.Abdullaxonov). Uning tashqi ko‘rinishi sokin tuyulsa-da, ichki dunyosi olam-olam orzularga boy... (J.Abdullaxonov).
Ayrim paytlarda hoi kesim vazifasida kelmagan fe'llarga ham bog'lanishi mumkin. Hoi bog'lanib kelgan fe'lning kesim vazifasida kelishi yoki kelmasligiga ko'ra hollar xuddi to'Idiruvchilar kabi mustaqil va nomustaqil hollarga bo'linadi.
To'g'ridan-to'g'ri kesim vazifasidagi fe'lga tobe bog'lanib kelgan hollarga mustaqil hollar deyiladi.
Masalan, Dalalarda boshlanadi ish. (H.Olimjon) Bu gapda qayerda so'rog'iga javob bo'luvchi dalalarda o'rin holi nima qiladi? nima bo'ladi? so'roqlariga javob bo'luvchi fe'l kesimiga tobe bog'lanib kelyapti. Shuning uchun bu hoi mustaqil holdir.
Kesim vazifasida kelmagan fe'llarga tobe bog'langan hollar nomustaqil hoi hisoblanadi.
Masalan, Daladan charchab kelgan yigit tezda uxlab qoldi. Bu gapda qayerdan? so'rog'iga javob bo'lib hoi vazifasida kelayotgan daladan bo'lagi kesimga emas, balki aniqlovchi vazifasidagi charchab kelgan bo'lagiga tobe bog'lanib kelyapti. Shuning uchun bu hoi nomustaqil hoi hisoblanadi.
Hollar o'zi bog'lanib kelgan hokim bo'lakning qanday belgisini bildirishiga ko'ra quyidagi turlarga bo'linadi:
1) ravish holi;
2) o'rin holi;
3) payt holi;
4) sabab holi;
5) maqsad holi.
O‘zbek formal tilshunosligida so‘z-gaplarning mohiyati, turlari, ularning leksik materiali tavsifi, qo‘llanish xususiyatlari empirik asosda etarlicha o‘rganilgan. Shakl-vazifaviy tilshunoslikda gapning eng kichik qurilish qolipi [Wpm] sifatida talqin qilingach, ziddiyatli, izohtalab nuqtalarga ega bo‘lgan so‘z-gaplarga ham lison/nutq ixtilofi nuqtayi nazaridan yondashish zarurligi ayon bo‘lib qoldi va har bir gapning til bosqichida o‘z qolipi mavjud bo‘lgani kabi, so‘z-gaplarning ham o‘ziga xos muayyan bir lisoniy qurilish qolipi bo‘lishi shart va zarurligi e’tirof etildi.
Bo‘laklarga ajratilmaydigan gaplar yoki so‘z-gaplar umumiy atamasi ostida birlashtiriladigan gaplarning alohida belgilari mavjudki, ular shu belgilari bilan mustaqil so‘zlardan, yordamchi so‘zlardan, sodda yoxud qo‘shma gaplardan farq qiladi. Bular quyidagilar:
1) mustaqil holda gap bo‘la olish belgisi;
2) gap tarkibida shu gapning biror bo‘lagi bilan sintaktik aloqaga kirisha olmaslik belgisi;
3) o‘ziga xos g‘ayrioddiy ma’noga ega bo‘lish belgisi;
4)bog‘lamalar bilan birika olmasligi va shuning uchun mayl, zamon, shaxs/son shakllariga ega emaslik belgisi.
So‘z-gaplar deganda shu to‘rt asosiy belgi bilan bir majmuaga birlashtiruvchi hodisalar tushuniladi.