YERNI HAYDASH SIFATINI BAHOLASH Yerni haydash sifatiga quyidagi agronomik talablar qo'yiladi: tadbirning qulay muddatlarda o'tkazilishi, haydash chuqurligi va uning dala bo'yicha bir xilda bo'lishi, tuproq qatlamining ag'darilish, maydalanish va palaxsalanish darajasi, yer yuzasining tekislanganligi, o'simlik qoldiqlari va o'g'itning yetarli chuqurlikka ko'milishi, haydalmay qolgan joylar bo'lmasligi va boshqalar.
Qatlamning ag'darilish darajasi dalaning 25 ta joyida o'lchanadi. Bu ko'rsakich uglomer (burchak o'lchagich) yordamida aniqlanadi. Agar ag'darilgan qatIarnning daIa yuzasiga bo'lgan joylashuv burchagi (a) ruxsat etilgan maksimal burchakdan katta bo'lsa qatIam yetarli darajada ag'darilmagan, ya'ni sifatsiz ag'darilgan hisoblanadi. Plugning barcha korpuslari bO'yicha yetarli ag'darilmagan bo'laklarning uzunIigi va burchagi o'lchanadi, so'ngra yeming chala ag'darilganlik foizi hisoblanadi.
Tuproqning maydalanganlik darajasi haydalgan qatlamdagi diametri 5 sm dan kichik agregatIar va chang zarrachaIarning ulushini shu qatlamdagi tuproq og'irligiga nisbatan foiz hisobida hisoblash orqali aniqlanadi. Buning uchun haydov qatIamidan 40x30x30 srn o'lchamdagi metall yashik yordamida kesib namuna olinib, tuproq tortiladi va ko'zlari 5, 5-10, 10-15, 15-25 va 25 srn. dan katta bo'lgan maxsus poddonli e1aklarda elanadi. Har bir elakda ajratilgan tuproq fraksiyasi tortilib, og'irligi aniqlanadi va namunaning urnurniy vazniga nisbatan foiz miqdori aniqlanadi. Diametri 5 sm. dan kichik kesakchalarning foiz miqdori tuproqning maydaIanish ko'rsatkichi hisoblanadi.
Haydalgan yerning past-balandligi profilemer asbobi yordamida aniqlanadi. Asbob 1 m uzunlikdagi bir-biriga yonma-yon tutashtirilgan 2 ta reykadan iborat bo'lib, reykaIar orasiga muftalar yordamida o'matilgan suriladigan o'qlarga santimetrlarga bo'lingan 25 sm uzunlikdagi plastinkaIar birlashtirilgan. Past-baIandlikni aniqlash uchun profilemer haydov yo'nalishiga ko'ndalangiga o'rnatilib, vertikal o'qlar pastga tushiriladi, o'qlarning har biri tuproq yuzasiga birday tegib turishi kerak. Shundan keyin plastinkalarning ko'rsatkichlari bo'yicha chuqurliklar o'lchanadi. Ularning yig'indisini hisoblash va reyka uzunligiga bo'lish yo'li bilan shudgor yuzasining tekislanganlik darajasi aniqlanadi. Shudgor yuzasining profilini olish uchun plastinkaIarning yuqori uchlarini chiziqlar bilan birlashtirish kerak. O'simlik qoldiqlari (ang'iz), begona o'tlar va organik, o'g'itlarning ko'milish darajasini daIaning diagonaIlari bo'ylab 20-25 joyda ko'z bilan chamaIash yoki dalaga 1m2 ramkaIar qo'yish yo'li bilan aniqlash mumkin. Ramkalar qo'yilgan joylarda ko'milmagan o'sirnliklar yoki ang'izli joylar hisoblab chiqiladi. Hisobiy maydonchalardan olingan natijalarning o'rtachasi aniqlanib, gektar hisobiga aylantiriladi. Palaxsalik (diametri 5 srn. dan katta kesaklarning mavjudligi) ni aniqlash uchun dalaning diagonallari bo'ylab 15-20 ta joyga tomonlari 10 sm. dan bo'lgan kvadrat ko'zli sim to'rli 1 m2 li ramka1ar qo'yiladi va palaxsalar soni hamda ular bilan band bo'lgan sim to'r maydoni hisoblanadi. Uning ulushi umumiy hisoblash olib borilayotgan maydon (1 m2) ga nisbatan aniqlanadi.
Yerni haydashda yo'l qo'yilgan betlasbisblar va haydalmay qolgan maydonlar ko'zda chamalab aniqlanadi. Muayyan daladagi haydalmay qolib ketgan hamma maydonlar jamlanadi, keyin ular egallagan maydonning umumiy foizi hisoblab chiqiladi. Har qanday chetlashishlar yoki haydalmagan yerlar aniqlansa, ular haydalmaguncha, odatda, ish qabul qilinmaydi.