Asosiy savallar: To‘pni uzatish, zarba berish va to'xtatish texnikasini o'rgatish uslubiyati Mavzuga oid tayanch so’z va iboralar


Oyoqni tepa qismining tashqi tarafi bilan zarba berish



Yüklə 84,43 Kb.
səhifə4/11
tarix14.12.2023
ölçüsü84,43 Kb.
#178015
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
portal.guldu.uz-Futbol o‘yinida shug`ullanuvchilarning o‘yin texnikasini

Oyoqni tepa qismining tashqi tarafi bilan zarba berish ko'pincha kesma zarbalar berishda qo‘llaniladi. Zarba harakati paytida tizza va to‘piq ichkariga buriladi (4-rasm).

4-rasm. Oyoqni tepa qismining tashqi tarafi bilan zarba berish texnikasi.


Oyoq uchi bilan zarba kutilmagan holda, tayyorgarliksiz amalga oshirish kerak bo'lganda qo‘llaniladi. Bundan tashqari, bu zarba to‘p raqibda bo‘lganda to‘pni tepib yuborishda samaralidir.
Tovon bilan zarba berish orqaga keskin harakat bilan amalga oshiriladi va zarba beruvchi oyoq tayanch oyoqqa nisbatan qarama-qarshi tomonga harakatlanadi. Oyoqning to‘p bilan birga biroz harakatidan so'ng, oyoq harakati to‘xtaydi. Tovon bilan zarba berish ham tayanch oyoq bilan amalga oshiriladi. Oyoq to'pdan 10-15 sm masofa oralig'ida qo‘yiladi. Keyingi bosqichda ortga itarish amalga oshiriladi (oyoq orqaga-yuqoriga qarab harakatlanadi). Bu zarba harakati 4-rasmda ko'rsatilgan.

4-rasm. Tovon bilan zarba berish texnikasi.


To'pga peshonaning o'rtasi bilan zarba berish (5-rasm). O'yinchi ushbu holatda turadi - oyoq elka kengligida yoki qadam qo‘yish holatida bo'ladi. To'p yaqinlashganda, oyoq tizzalari va to'piq bo‘g‘inlari ozgina bukiladi, tana orqaga bukiladi, bel mushaklari mahkam ushlanadi. Keyin, oyoq sonlari keskin harakati bilan tananing yuqori qismi oldinga bukiladi, bo'yin orqaga keyin eysa bosh oldinga tashlanib zarba beriladi. Zarba berish paytida ko'zlar ochiq bo'lishi kerak. Agar to'pni yuqoriga yo'naltirish kerak bo'lsa, zarba to'pning pastki qismiga, agar pastka bo‘lsa - to'pning o'rta yoki yuqori qismiga beriladi.

5-rasm. To'pga bosh bilan zarba berish texnikasi.

Boshlang‘ich o'quv guruhlarida (8-10 yosh) to'pga bosh bilan zarba berish texnikasini o'rganishda yengil to'plardan foydalaniladi. Agar BO‘SMda bunday to'plar bo'lmasa, unda bu yoshda to'pga bosh bilan zarba berish mashqlari tavsiya etilmaydi. Amerika Qo'shma Shtatlarida 2015 yildan beri 8-10 yoshda bosh bilan zarba berish taqialangan, Shotlandiyada 10 yoshgacha bo‘lgan bolalarning mashg'ulotlarida va o‘yinlarida bosh bilan o'ynash taqiqlanadi, 11 yoshdan 13 yoshgacha bo‘lgan bolalarga - faqat o‘yinlarda mumkin. Bolaning miyasi 13 yoshga kelib to‘liq shakllanadi. Ushbu o'yin texnikasini katta yoshdan o'rganishni boshlash tavsiya etiladi.



Yüklə 84,43 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin