Ishlab chiqarishning to‘planishi - ishlab chiqarish vositalari,
ishchi kuchi hamda mahsulot ishlab chiqarish hajmining yirik korxonalarda
to‘planishi.
Kapitalning to‘planishi - qo‘shimcha qiymatning bir qismini
jamg‘arish (kapitallashtirish) natijasida kapital hajmining oshishi.
Kapitalning markazlashuvi - bir kapital tomonidan boshqa
birining qo‘shib olinishi yoki bir qancha mustaqil kapitallaming aksiyadorlik
jamiyati va boshqa shakllarda ixtiyoriy birlashishi orqali
kapital hajmining o‘sishi.
Sof monopoliya - tarmoqdagi yagona ishlab chiqaruvchi yoki sotuvchining
narx va ishlab chiqarish hajmini belgilashdagi va binobarin,
foyda olishdagi yakkahukmronlik holati.
Oligopoliya - tarmoqdagi bir necha yirik ishlab chiqaruvchi yoki
sotuvchining narx va ishlab chiqarish hajmini belgilashdagi hukmronlik
holati.
Dostları ilə paylaş: |