Tarmoq ichidagi raqobat - ishlab chiqarish va sotishning qulayroq
sharoitiga ega bo‘lish, yuqori foyda olish uchun bir tarmoq korxonalari
o‘rtasida boruvchi kurash.
Tarmoqlararo raqobat - turli tarmoqlar korxonalari o‘rtasida
eng yuqori foyda normasi olish uchun olib boriladigan kurash.
G‘irrom raqobat - raqobatlashuvning noan’anaviy, jamiyat tomonidan
e’tirof etilmagan, ijtimoiy ahloq qoidalari doirasidan chet
ga chiquvchi, noiqtisodiy (ya’ni, jismoniy kuch ishlatish, majburlash,
raqiblaming obro‘siga putur yetkazish va h.k.) usullaridan foydalanish.
Halol raqobat - jamiyat tomonidan tan olingan iqtisodiy usullami
qo'llash, o‘zining maqsad va manfaatlariga erishishda umumjamiyat
manfaatlariga zid keluvchi holatlami qo‘llamaslik kabi qoidalarga
asoslangan raqobat kurashi.
Dostları ilə paylaş: |