Asosiy texnologik jarayon va qurilmaiar faniga kirish r e j a



Yüklə 23,88 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix14.12.2023
ölçüsü23,88 Kb.
#179355


Asosiy texnologik jarayon va qurilmaiar" faniga kirish
 
 
R E J A: 
1.1. “Jarayonlar va qurilmalar» fanining mazmuni. «Jarayonlar va qurilmalar» 
fanining kelib chiqishi va rivojlanishi. 
 Asosiy jarayon turlari.

1.1.
 
Jarayonlar va qurilmalar fanining mazmuni. «Jarayonlar va qurilmalar» 
fanining kelib chiqishi va rivojlanishi 
 
Kimyoviy texnologiya fanining asosiy maqsadi – tabiiy va sun'iy xom 
ashyolarning eng tejamli va ekologik jihatdan toza kimyo usullari yordamida qayta 
ishlab, kerakli materiallar hamda mahsulotlar olishdan iborat. 
Kimyo sanoati korxonalarida turli texnologik jarayonlar amalga oshiriladi. 
Bu jarayonlar davomida xom ashyo va materiallarning ichki tuzilishi, tarkibi, 
agregat holatlari o'zgaradi. Kimyoviy texnologik jarayonlar kimyoviy reaksiyalar 
va turli fizik – kimyoviy jarayonlardan iborat; ya'ni suyuqlik va qattiq materiallarni 
uzatish, qattiq moddalarni maydalash va saralash, gazlarni siqish va uzatish
moddalarni isitish va sovitish, suyuqliklarni aralashtirish, har xil jinsli 
aralashmalarni ajratish, eritmalarni bug'latish, ho'l materiallarni quritish va 
boshqalar. Bu texnologik jarayonlar turli ishlab chiqarishlarda ishlash prinsiplari 
bir xil bo'lgan mashina va qurilmalarda olib boriladi. 
Kimyo texnologiyasining turli tarmoqlari uchun umumiy bo'lgan jarayon va 
qurilmalar asosiy jarayonlar va qurilmalar deb yuritiladi. 
«Jarayonlar va qurilmalar» kursida asosiy jarayonlarning nazariyasi, ushbu 
jarayonlar amalga oshiriladigan mashina va qurilmalarning tuzilish prisiplari va 
ularni hisoblash uslublari o'rganiladi. 
Kimyo sanoati XVIII asrning oxiri XIX asrning boshlarida paydo bo'ldi va 
xalq xo'jaligining muhim tarmog'iga aylandi. «Jarayonlar va qurilmalar» fanining 
kelib chiqishi kimyo sanoatining rivojlanishi bilan bog'liq. 
Yangi kimyo ishlab chiqarishlarini ilmiy asosda tuzib chiqishda, yuqori 
unumli qurilmalar yaratishda, texnologiya jarayonlarini jadallashtirishda 
«jarayonlar va qurilmalar» fanining ahamiyati juda katta. 
O'zbekistonda «Jarayonlar va qurilmalar» fanining rivojlanishida Toshkent 
kimyo–texnologiya instituti qoshidagi «Kimyoviy texnologiya jarayonlari va 
qurilmalari» kafedrasining hissasi katta. Bu kafedra 1940 yilda tashkil etilgan 
bo'lib, kafedra xodimlari tomonidan changlarni tozalash, pnevmotransport, 
absorblash, adsorblash, ekstraksiyalash va quritish jarayonlarini turli usullar bilan 
jadallashtirishning 
(pulsasion 
va 
vibrasion 
tebranishlar, 
o'zgaruvchan 
elektromagnit maydoni, harakatchan nasadkalar, mavhum qaynash holati, qattiq 
faza qatlamining geometrik shaklini o'zgartirish yordamida) nazariy va amaliy 
asoslari yaratildi, sochiluvchan qattiq moddalarning gidromexanik, issiqlik – 
fizikaviy va diffuzion xossalari aniqlandi, yuqori samarali qurilmalar kashf etildi. 
Kimyo sanoatida turli–tuman texnologiya jarayonlari ishlatiladi. Ayrim 
xususiyatlariga qarab bunday jarayonlar bir necha sinflarga bo'linadi.


 
1.2. Asosiy jarayon turlari 
Asosiy jarayonlar texnologik jarayonlarni harakatlantiruvchi kuchiga qarab
6 guruhga bo'linadi: 
1.
Mexanik jarayonlar; 
2.
Gidromexanik jarayonlar; 
3.
Issiqlik almashinish jarayonlari; 
4.
Modda almashinish jarayonlari; 
5.
Kimyoviy jarayonlar; 
6. Sovutish jarayonlari. 
Mexanik jarayonlar qattiq materiallarni mexanik kuch ta'sirida qayta ishlash 
bilan bog'liq. Bunday jarayonlarga maydalash, saralash, uzatish, aralashtirish 
kabilar kiradi. Bu jarayonlarning tezligi qattiq jismlarning mexanik qonuniyatlari 
bilan ifodalanadi. Bunda harakatlantiruvchi kuch vazifasini mexanik bosim kuchi 
va markazdan qochma kuch bajaradi.
Suyuq va gazsimon sistemalardagi harakat (aralashtirish, filtrlash, 
cho'ktirish) bilan bog'liq jarayonlar gidromexanik jarayonlarni tashkil etadi. 
Bunday jarayonlarning tezligi gidromexanika qonunlari bilan aniqlanadi.
Gidromexanik jarayonlarning harakatlantiruvchi kuchi–gidrostatik va 
gidrodinamik bosim kuchidir. 
Issiqlik almashinish jarayoni–haroratlar farqi mavjud bo'lganda bir (harorati 
yuqori) jismdan ikkinchi (harorati past) jismga issiqlikning o'tishidir. Bu guruhga 
isitish, sovutish, bug'latish, kondenslash, suniy sovuq hosil qilish jarayonlari kiradi. 
Jarayonning tezligi gidrodinamik rejimga bog'liq holda, issiqlik uzatish qonunlari 
bilan ifodalanadi. Issiqlik jarayonlarining harakatlantiruvchi kuchi sifatida issiq va 
sovuq muhitlar o'rtasidagi haroratlar farqi ishlatiladi. 
Modda almashinish jarayonlari-bir yoki bir necha komponentlarning bir 
fazadan fazalarni ajratuvchi yuza orqali ikkinchi fazaga o'tishdir. Komponentlar bir 
fazadan ikkinchi fazaga molekulyar va turbulent diffuziyalar yordamida o'tadi. Shu 
sababli bu jarayonlar diffuzion jarayonlar deyiladi. Bu guruhga absorblash, 
adsorblash, suyuqliklarni haydash, ekstraksiyalash, kristallash, quritish jarayonlari 
kiradi. Jarayonlarning tezligi fazalarning gidrodinamik harakatiga bog'liq bo'lib, 
modda 
o'tkazish 
qonuniyatlari 
bilan 
ifodalanadi. 
Modda 
almashinish 
jarayonlarinng harakatlantiruvchi kuchi fazalardagi konsentrasiyalarning farqi 
bilan belgilanadi.
Kimyoviy jarayonlar moddalarning o'zaro ta'siri natijasida yangi 
birikmalarning hosil bo'lishidir. Kimyoviy reaksiyalarda issiqlik va modda 
almashinish jarayonlari ham sodir bo'ladi. Bu guruhdagi jarayonlarning tezligi 
kimyoviy 
kinetika 
qonuniyatlari 
bilan 
ifodalanadi. 
Reaksiyalar 
tezligi 
moddalarning 
gidromexanik 
harakatiga, 
kimyoviy 
jarayonlarning 
harakatlantiruvchi 
kuchi 
esa 
reaksiyaga 
kirishayotgan 
moddalarning 
konsentrasiyasiga bog'liq bo'ladi. 
Jarayonlar vaqt davomida parametrlarning o'zgarishiga qarab turg'un va 
turg'unmas bo'ladi. Tezlik va konsentrasiya, harorat kabi parametrlar vaqt 


davomida o'zgarsa, jarayon turg'unmas, agar bu parametrlar o'zgarmasa jarayon 
turg'un deyiladi. 
 
 

Yüklə 23,88 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin