5321000 –Oziq –ovqat texnologiyasi yo’nalishi o’quv rejasiga asosan “Asosiy texnologik jarayon va qurilmalar” fanidan talabalar kurs loyihasini bajaradilar.
Kurs loyihasini talabaning “Asosiy texnologik jarayon va qurilmalar” fanidan olgan bilimining yakuni bo’lib , bunda talaba o’zini o’rgangan bilimini qanday o’zlashtirganini, loyihalanayotgan qurilma yoki mashinani nazaryi asoslab berishi va konstruktiv tasvirlay olishinini ko’rsatishi kerak. Loyiha talabaning mustaqil ishi bo’lib u talabani olgan bilimini mustahkamlaydi va malakaviy bitiruv ishini bajarishga zamin hozirlaydi.
Bu fandan kurs loyihasini bajarishdan maqsad - loyihalanayotgan texnologik qurilma yoki mashinaning vazifasi to’g’risida uning texnologik jarayondagi tutgan o’rni, konstruksiyasi, ishlashi, ishlatishda amal qilish kerak bo’lgan xavfsizlik qoidalari, ishlatish va ta’mirlash to’g’risida tushunchalar hosil qildirishdir. Loyihalanayotgan qurilmani yoki mashinani texnologik va konsruktiv hisoblashni texnik chizmalarini tasvirlay olishni talaba mustaqil bilishi kerak.
Kurs loyihalari tizimi orqali talaba murakkabroq muhandislik masalasini- malakaviy bitiruv ishini bajarishga tayyorlanadi. Shu bilan bir qatorda kurs loyihasi talabada davlat standartlari, soha me’yorlari, ma’lumotnomalar, narxnomalar, jadvallar, nomogrammalar, namunaviy loyihalar, yo’riqnomlar va muqaddam egallangan tajribalardan foydalanish ko’nikmasini shakllantiradi. Shuningdek, kurs loyihasi talabalarda hisob-kitoblarini bajarish, texnik-iqtisodiy yechimlarning chizmalarini tuzish, tushuntirish hisobotlarni rasmiylashtirish, ko’nikmalarini hosil qilish lozim.
Kurs loyihasining asosiy vazifalari: Talabani mustaqil fikr yuritishga, olgan nazariy bilimi orqali qurilmaga yangi texnologik va konsruktiv takliflar kirita olishni va muhandislik masalalarini hal qilishda olgan bilimlarini qo’llay olishni o’rgatish;
Talabalarning ma’ruza, tajriba va amaliy mashg’ulotlarda mustaqil faoliyatda olingan nazariy va amaliy ko’nikmalarini bajarish qo’llay olishni namoyish etish;
Talabalarda me’yoriy, ma’lumotnoma va boshqa adabiyotlardan foydalanish ko’nikmalarini hosil qilish;
Mustaqil fikrlash va eng maqbul texnik yechimlarni qabul qilishga o’rgatish;
Axborot texnologiyalari vositasida o’z loyihasini taqdimot (himoya) ni o’tkazish, unda kurs loyihasini bajarish jarayonida egallangan natijalarini ishonchli dalillar bilan asoslash, o’zini dadil tuta olish, turli texnik vositalar va ularning dasturlaridan foydalana olish qobiliyatini ko’rsatish;
O’quv jarayonida shakllangan komunikativ ko’nikmalarini namoyish etish, o’z nuqtai nazarini himoya qila olish va murosaga kela olish, muloqatga qo’shilish, loyiha bo’yicha savollarga asoslangan javob berish, etika qoidalariga rioya qilgan holda bahslashish, muzakaralar va davra suhbatlarda qatnashish va imkoniyatini namoyish etish;
Talabalarda guruh bilan ishlash ko’nikmalrini faollashtirish, oldinga qo’yilgan maqsadni-bajarish bo’yicha tashabbus ko’rsatish qobiliyatini kengaytirish, umumiy masalarni yechishda hamkorlar bilan ishlash, ko’nikmlarni mustahkamlash;
Loyihalarni tayyorlash, g’oyalarni generatsiya qilish va qarorlarni qabul qilishning nostandart usullarini topishni namoyish etish;
Mustaqil ijodiy ishlash yig’ish, qayta ishlash va saqlash uchun zamonaviy kompyuter va axborot texnologiyalaridan foydalana olish, loyihalash jarayonini to’la nihoyasiga yetkazish mas’uliyatini his etishga o’rgatish.