Asosiy tushunchalar: Jamoa strukturasini turlarning moʻlligi



Yüklə 33,68 Kb.
səhifə2/3
tarix16.12.2023
ölçüsü33,68 Kb.
#183628
1   2   3
Javoblar

Turlar xilmaxilligi
Turlar xilmaxilligi jamoa murakkabligining oʻlchamidir. U ham mavjud turlar soni (turlar moʻlligi), ham har bir tur vakillarining nisbiy miqdorini (turlar qanday tarqalganligini) ifodalaydi. Turlar moʻlligi yuqori boʻlsa va tur vakillarining mutanosib ravishda tarqalishi turlar xilmaxilligining ortishiga olib keladi. Misol uchun:

  • Agar daraxt turi son jihatdan mutanosib teng tarqalgan deb olsak, \[20\] xil daraxt turidan tuzilgan oʻrmon jamoasining xilmaxilligi faqat \[5\] daraxt turidan tuzilgan oʻrmon jamoasining xilmaxilligiga nisbatan yuqoriroqdir.

  • Daraxt turlari son jihatdan teng tarqalgan, \[20\] ta daraxt turidan tuzilgan oʻrmon jamoasining xilmaxilligi xuddi shuncha daraxt turidan tuzilgan, ammo daraxt turlari son jihatidan teng tarqalmagan (misol uchun, oʻrmondagi daraxtlarning \[90\%\] i bir turga mansub boʻlgan) oʻrmon jamoasining xilmaxilligiga nisbatan yuqoriroqdir.

Umuman olganda, ekologlar xilmaxilligi yuqori boʻlgan ekologik jamoalar xilmaxilligi kam boʻlgan jamoalarga nisbatan barqarordir (yaʼni ular turli kutilmagan hodisalardan soʻng oʻzini tez tiklaydi), deb hisoblashadi. Buning sababini ekologik tarmoqlar nomli videodarsda koʻrishingiz mumkin. Ammo turlar xilmaxilligi bilan jamoalar barqarorligi oʻrtasida doim ham bogʻlanish kuzatilmaydi. Ayrim hollarda jamoa va ekotizim barqarorligini taʼminlaydigan (turlar xilmaxilligidan tashqari) yanada muhimroq omillar mavjud\[^{5,6}\].
Jamoa tarkibining shakllanishiga qaysi omillar taʼsir qiladi?
Jamoaning strukturasi oʻzaro taʼsirlashuvchi koʻplab abiotik (jonsiz jismlar) va biotik (tirik organizmlar) omillar natijasidir. Quyida jamoa strukturasiga taʼsir koʻrsatuvchi ayrim omillar keltirilgan:
Jamoaning strukturasiga uning oʻtmishida boʻlib oʻtgan tasodifiy hodisalar ham taʼsir qilishi mumkin. Misol uchun, maʼlum bir hududga bir dona urugʻ uchib kelib, oʻrnashib qolsa va u rivojlanib, maʼlum vaqtdan soʻng (oʻziga oʻxshash turlarni chetlashtirib) dominant turga aylanishi mumkin. Agar bu urugʻ unib chiqmasa, boshqa unga oʻxshash biroz omadliroq tur hududni egallab, dominant turga aylanadi.

Yüklə 33,68 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin