Asosiy tushunchalar: Jamoa strukturasini turlarning moʻlligi



Yüklə 33,68 Kb.
səhifə3/3
tarix16.12.2023
ölçüsü33,68 Kb.
#183628
1   2   3
Javoblar

Asos va tayanch turlar
Ayrim turlar jamoa strukturasiga juda kuchli taʼsir koʻrsatib, uning muvozanatini saqlab yoki hatto jamoaning mavjudligini taʼminlab turadi. Bunday oʻziga xos turlarga asos va tayanch turlar kiradi.
Asos turlar
Asos turlar jamoa strukturasida va uning asosiy xususiyatlarini namoyon qilishda juda muhim va takrorlanmas rol oʻynaydi. Ular odatda atrof-muhitni oʻzgartirib, jamoani tashkil qiluvchi boshqa organizmlarni mustahkamlaydi.\[^{9,10,11}\].
Laminariya (qoʻngʻir suvoʻtlar) Kaliforniya qirgʻoqlari yaqinidagi suvosti oʻrmonlarining asosiy qismini tashkil qiladi. Laminariyalar oʻziga xos muhit yaratib, suvosti oʻrmonlari jamoasini tashkil qiluvchi boshqa turlarning yashashiga imkon beradi\[^9\]. Korall riflaridagi korallar yana bir asos turlardan biridir. Tirik va oʻlgan korall poliplarining tashqi skeleti riflarning asosini tashkil qilib, ular boshqa turlarni toʻlqinlar va okean oqimlaridan himoya qiladi. Qunduzlar ham toʻgʻonlar qurib, oʻzlari yashaydigan muhitni oʻzgartiradi va asos tur sifatida qaralishi mumkin\[^{9,11}\].

Korall riflari surati
Korall riflari. Manba: “Community ecology: Figure 13” / OpenStax College, Biology, CC BY 4.0. Muallif: Jim E. Maragos, USFWS.
Tayanch turlar
Tayanch turlar oʻzlarining biomassasi yoki soniga nisbatan jamoa strukturasiga nomutanosib katta taʼsir qiladigan turlardir. Tayanch turlar asos turlardan ikki jihati bilan farq qiladi: ularning yuqori trofik darajaga (yuqori darajadagi yirtqich) tegishli boʻlish ehtimolligi yuqoriroq va bu turlar asos turlarga nisbatan koʻproq yoʻllar bilan taʼsir qilib, oʻz muhitlarini oʻzgartiradi\[^{10,11}\]. 
[Darsliklarda boshqacha taʼriflangan. Iltimos, tushuntirib bering!]
Qoʻshma Shtatlarning shimoli-gʻarbiy qirgʻoqlarida yashovchi dengiz yulduzchasi – Pisaster ochraceus tayanch turlarning eng yorqin misolidir. Jamoa ekologiyasi boʻyicha oʻtkazilgan klassik tajribada dengiz yulduzchalari oʻzlari yashaydigan joydan olib tashlangan. Natijada ularning oʻljasi boʻlgan midiyalar keskin koʻpayib, jamoa tarkibi oʻzgargan va turlar xilmaxilligi kamayib ketgan. Dengiz yulduzchalari bor paytda bu yerda \[25\] ga yaqin moʻylovoyoqlilar va suvoʻt turlari yashagan, lekin ular olib tashlanganda midiyalar boshqa turlarni deyarli toʻliq siqib chiqargan va moʻylovoyoqlilar hamda suvoʻt turlari yoʻqolib ketgan.
Tayanch turlar olib tashlanganda odatda jamoadagi turlar xilmaxilligi keskin kamayadi yoki jamoa tanazzulga uchraydi. Yuqoridagi misolda midiyalar koʻpayib, boshqa turlarni siqib chiqardi. Odatda bunday holat kuzatilmaydi, chunki dengiz yulduzchalari midiyalar sonini nazorat qilib turadi.

Dengiz yulduzchasi surati.
Manba: “Community ecology: Figure 15” (Jamoa ekologiyasi: 15-rasm) / OpenStax College, Biology, CC BY 4.0. Muallif: Jerri Kirkhart.
Khan Academyʼdan tashqari manbalarni ham kashf qiling
Yuqorida keltirilgan tayanch turlar boʻyicha oʻtkazilgan klassik tajriba haqida koʻproq bilib olishni xohlaysizmi? Quyidagi interfaol material bilan tanishib chiqing. Manba: LabXchange.
Yüklə 33,68 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin