Turlar xilma-xilligi jamoa murakkabligining oʻlchamidir. U ham mavjud turlar soni (turlar moʻlligi), ham har bir tur vakillarining nisbiy miqdorini (turlar qanday tarqalganligini) ifodalaydi. Turlar moʻlligi yuqori boʻlsa va tur vakillarining mutanosib ravishda tarqalishi turlar xilma-xilligining ortishiga olib keladi. Misol uchun:
Agar daraxt turi son jihatdan mutanosib teng tarqalgan deb olsak, 202020 xil daraxt turidan tuzilgan oʻrmon jamoasining xilma-xilligi faqat 555 daraxt turidan tuzilgan oʻrmon jamoasining xilma-xilligiga nisbatan yuqoriroqdir.
Daraxt turlari son jihatdan teng tarqalgan, 202020 ta daraxt turidan tuzilgan oʻrmon jamoasining xilma-xilligi xuddi shuncha daraxt turidan tuzilgan, ammo daraxt turlari son jihatidan teng tarqalmagan (misol uchun, oʻrmondagi daraxtlarning 90\%90%90, percent i bir turga mansub boʻlgan) oʻrmon jamoasining xilma-xilligiga nisbatan yuqoriroqdir.
Umuman olganda, ekologlar xilma-xilligi yuqori boʻlgan ekologik jamoalar xilma-xilligi kam boʻlgan jamoalarga nisbatan barqarordir (yaʼni ular turli kutilmagan hodisalardan soʻng oʻzini tez tiklaydi), deb hisoblashadi. Buning sababini ekologik tarmoqlar nomli videodarsda koʻrishingiz mumkin. Ammo turlar xilma-xilligi bilan jamoalar barqarorligi oʻrtasida doim ham bogʻlanish kuzatilmaydi. Ayrim hollarda jamoa va ekotizim barqarorligini taʼminlaydigan (turlar xilma-xilligidan tashqari) yanada muhimroq omillar mavjud^{5,6}5,6start superscript, 5, comma, 6, end superscript.