Jamoa strukturasini qanday aniqlash mumkin?
Jamoa tarkibini aniqlashda ekologlar qoʻllaydigan ikkita asosiy tushuncha – turlar moʻlligi va turlar xilmaxilligidir.
Turlar moʻlligi
Turlar moʻlligi bu maʼlum bir jamoadagi har xil turlar sonidir. Agar bir jamoada 303030 ta, ikkinchi jamoada esa 300300300 ta tur boʻlsa, ikkinchi jamoaning turlar moʻlligi birinchi jamoaga nisbatan yuqoriroq boʻladi.
Turga eng boy jamoalar odatda ekvator yaqinida uchraydi. U yerdagi katta miqdordagi quyosh energiyasi (yuqori birlamchi mahsuldorlikni taʼminlaydi), iliq harorat, koʻp miqdordagi yogʻingarchilik, mavsumlar orasida oʻzgarishning kamligi bunga sabab boʻladi. Turlar soni eng kam jamoalar quyosh energiyasi kam tushadigan, sovuq, quruq va hayot uchun noqulay boʻlgan qutblarga yaqin hududlarda uchraydi. Quyidagi xaritada sutemizuvchilarning hududlar boʻylab tarqalishi koʻrsatilgan. (Tur moʻlligi faqat sutemizuvchilar uchun hisoblangan, hamma turlar uchun emas.) Geografik kenglikdan tashqari boshqa omillar ham jamoaning tur moʻlligiga taʼsir qiladi.
Xaritada Shimoliy va Janubiy Amerikadagi sutemizuvchilarning hududlar boʻylab tarqalishi keltirilgan. Sutemizuvchilarning eng koʻpi Janubiy Amerikaning Amazonka hududida (har bir kvadrat kilometrda 179-228 tur) uchraydi. Tur moʻlligi asosan tropiklarda yuqori boʻlib, shimol va janubga qarab kamayib boradi va Arktika hududlarida nolga tenglashadi.
Sutemizuvchilar turlarining moʻlligi. Manba: “Community ecology: Figure 14” (Jamoa ekologiyasi: 14-rasm) / OpenStax College, Biology, CC BY 4.0. NASA, CIESIN, Columbia University ishlaridan oʻzgartirilgan.
Dostları ilə paylaş: |