Asosiy tushunchalar: Jamoa strukturasini turlarning moʻlligi



Yüklə 1,31 Mb.
səhifə6/6
tarix02.01.2022
ölçüsü1,31 Mb.
#45291
1   2   3   4   5   6
2 -laboratoriya mashg'uloti Tur tarkibini o'rganish

Tayanch turlar

Tayanch turlar oʻzlarining biomassasi yoki soniga nisbatan jamoa strukturasiga nomutanosib katta taʼsir qiladigan turlardir. Tayanch turlar asos turlardan ikki jihati bilan farq qiladi: ularning yuqori trofik darajaga (yuqori darajadagi yirtqich) tegishli boʻlish ehtimolligi yuqoriroq va bu turlar asos turlarga nisbatan koʻproq yoʻllar bilan taʼsir qilib, oʻz muhitlarini oʻzgartiradi^{10,11}10,11start superscript, 10, comma, 11, end superscript. 

[Darsliklarda boshqacha taʼriflangan. Iltimos, tushuntirib bering!]

Qoʻshma Shtatlarning shimoli-gʻarbiy qirgʻoqlarida yashovchi dengiz yulduzchasi Pisaster ochraceus tayanch turlarning eng yorqin misolidir. Jamoa ekologiyasi boʻyicha oʻtkazilgan klassik tajribada dengiz yulduzchalari oʻzlari yashaydigan joydan olib tashlangan. Natijada ularning oʻljasi boʻlgan midiyalar keskin koʻpayib, jamoa tarkibi oʻzgargan va turlar xilmaxilligi kamayib ketgan. Dengiz yulduzchalari bor paytda bu yerda 252525 ga yaqin moʻylovoyoqlilar va suvoʻt turlari yashagan, lekin ular olib tashlanganda midiyalar boshqa turlarni deyarli toʻliq siqib chiqargan va moʻylovoyoqlilar hamda suvoʻt turlari yoʻqolib ketgan.



Tayanch turlar olib tashlanganda odatda jamoadagi turlar xilmaxilligi keskin kamayadi yoki jamoa tanazzulga uchraydi. Yuqoridagi misolda midiyalar koʻpayib, boshqa turlarni siqib chiqardi. Odatda bunday holat kuzatilmaydi, chunki dengiz yulduzchalari midiyalar sonini nazorat qilib turadi.


Yüklə 1,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin