Dt Тugallanmagan qurilish
Kt Foizlar bo’yicha xarajatlar
Foiz ko’rinishidagi xarajatlarni hisobga olish alohida mavzu sifatida ko’rib chiqiladi. Shu sababli bu erda umumiy holatlargagina to’xtalib o’tdik xolos.
Korxonalar odatda aktivni xarid qilganidan keyingi vujudga kelgan barcha xarajatlar to’g’risidagi ma’lumotlarni ochib beradi, bu ma’lumotlar moliyaviy hisobotlarning tushuntirish xatlariga kiritiladi.
Asosiy vositalarni keyinchalik baholash. Ma’lumki, asosiy vositalar vaqti - vaqti bilan hukumat qarorlariga muvofiq qayta baholab turiladi. Qayta baho-lashlarni amalga oshirish uchun quyidagi umumiy holatlarni bilish zarur:
Qayta baholash hukumat qaroriga muvofiq amalga oshiriladi;
Jamg’arilgan amortizatsiya qayta baholash sanasiga aktivning boshlang’ich qiymatini o’zgarishiga mutanosib ravishda shunday tuzatish qilinishi kerakki, natijada qayta baholanayotgan summa haqiqiy qiymatga teng bo’lsin;
Aktivlarni saqlash xarajatlarining qayta baholash natijasi sifatida oshib ketganda, bunday oshib ketishi operatsiyalar to’g’risidagi hisobotda daromad sifatida emas, balki balans hisobotida qayta baholash natija-sida vujudga kelgan qo’shimcha kapital sifatida hisobga olinadi;
Qayta baholash natijasida aktivlarni saqlash xarajatlari kamayganida; agarda qayta baholashdan so’ng qo’shimcha qiymat paydo bo’lmasa kamayish moliyaviy natijalari to’g’risidagi hisobotida xarajatlar sifatida hi-sobga olinadi.
Asosiy vositalarni qayta baholash har yili (1 fevralgacha) 1- yanvar holatiga ko’ra qayta baholash o’tkazilayotgan paytdagi narxlar darajasidan kelib chiqib amalga oshirilishi lozim. Asosiy vositalarni qayta baholash O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan 2002 yil 29 oktyabrda 129-son bilan tasdiqlangan «1 yanvar xolati bo’yicha asosiy fondlarni har yillik qayta baholashni o’tkazish tar-tibi to’g’risidagi» Nizom bilan tartibga solinadi.
Barcha asosiy vositalar, o’rnatish uchun uskunalar, tugallanmagan qurilish ob’ektlari,uzoq muddatli ijaradagi asosiy vositalar, ya’ni texnik holatidan qat-’iy nazar, foydalanishda va foydalanishda bo’lmagan, konservatsiyada bo’lgan, hi-sobdan chiqarishga tayyorlangan, lekin chiqarish dalolatnomasi bilan rasmiylash-tirilmagan, shuningdek tugallanmagan qurilish va o’rnatishga mo’ljallangan us-kunalar korxona mulkchiligida, tezkor boshqaruvida va uzoq muddat ijarada bo’lgan asosiy vostalar qayta baholanishi lozim.
Хo’jalik yurituvchi sub’ektning hohishiga ko’ra asosiy vositalar quyidagi ikki xil usul bilan baholanishi mumkin:
Dostları ilə paylaş: |