Keltirilgan hisobvaraqlar korrespondensiyasidan shu narsa ko‘rinib turibdiki, ulush sifatida berilayotgan komp’yuter qiymatini buxgalteriya hisobida qo‘shimcha baholash boshqa korxonaga berilgunga qadar amalga oshirilmagan. Shuning uchun kompyuter qiymatini hisobdan chiqarish 18600 ming so‘m dastlabki bahosi bo‘yicha amalga oshiriladi, - 22500 ming so‘m ulush summasi esa shartnomaviy narxda aks ettiriladi.
Soliq to‘lovlarini, xususan QQS bo‘yicha, maqbullashtirish maqsadida ulush qo‘yuvchi korxonalarga asosiy vositalarni qo‘shimcha baholash summasini ularni boshqa tashkilotning ustav fondiga bergunga qadar amalga oshirishni tavsiya qilish mumkin.
Bunda yuqoridagi misol ma’lumotlari bo‘yicha hisobvaraqlar korrespondensiyasi va QQS summasi quyidagi ko‘rinishga ega bo‘ladi:
Asosiy vositalarni qayta baholash natija sifatida asosiy vositalar qiymatining turli sabablarga ko‘ra (ma’naviy eskirishi va texnologiyaning o‘zgarishi, avariya oqibatida qiymatning yo‘qolishi) pasayishiga ega bo‘lishi mumkin. Ushbu hollarda asosiy vositalar qiymatini arzonlashtirish (kamaytirish) qiymati «Mol-mulkni qayta baholash bo‘yicha tuzatishlar» 8510-hisobvarag‘i debeti bo‘yicha avvalgi qayta baholash doirasida aks ettiriladi. Avvalgi qayta baholash summasi yetmagan holda arzonlashtirish summasi va qayta baholashning avvalgi summasi o‘rtasidagi farq xarajat sifatida tan olinadi va «Boshqa operatsion xarajatlar» 9430-hisobvarag‘ida aks ettiriladi.
Misol.
Komp’yuterning 202X yil 1 yanvar holatiga dastlabki qiymati 2200 ming so‘mni, hisoblangan eskirish esa 1600 ming so‘mni tashkil qildi. Shu yilning oxiriga kelib shunga o‘xshash kompyuterlarning bozor narxi 2800 ming so‘mgacha ko‘tarildi.
Bir yildan so‘ng komp’yuterlarning bozor narxi 1000 ming so‘mga tushib ketdi.
T/r
Xo‘jalik operatsiyasining mazmuni
Summa, ming so‘m
Hisobvaraqlar korrespondensiyasi
21-son BHMS bo‘yicha
debet
kredit
1
Kompyuter dastlabki qiy-matini qo‘shimcha baholash aks etgiriladi.
Kompyuter qiymatining avvalgi qayta baholash doirasidagi arzonlashuvi aks ettiriladi
600
8510
0150
4
Arzonlashuv summasi va avvalgi qayta baholash summasi o‘rtasidagi farq aks ettiriladi
400
9430
0150
Tiklash qiymatidan asosiy vositalarni qayta sotib olish bilan uzoq muddatli ijaraga berishda, korxonani aksiyadorlik jamiyatiga aylantirishda ob’ektning qayta sotib olish bahosini hisoblashda foydalaniladi. Tiklash qiymati ushbu hollarda ekspert yo‘li bilan aniqlanadi.
2009 yil 19-noyabordagi 1192-2 soni O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirligi tomonidan ro‘yxatga olingan (20.10.2009 y. 2 sonli O‘zbekiston respublikasi davlat statistika qo‘mitasining, 20.10.2009 y. N 2009-30 sonli, O‘zbekiston Respublikasi davlat soliq qo‘mitasining, 20.10.2009 y. N 98 O‘zbekiston respublikasi moliya vazirligining, 20.10.2009 y. N 90 O‘zbekiston respublikasi iqtisodiyot vazirligining qarori) 1 yanvar holati bo‘yicha asosiy fondlarni har yili qayta baholashni o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida
Davlat statistika qo‘mitasi Yangi yil arafasida asosiy fondlarni qayta baholash indekslarini e’lon qildi. 1 fevralga qadar quyidagilar tomonidan AF qayta baholanishi lozim:
1) so‘nggi marta qayta baholashni 2017 yil yanvarda o‘tkazgan kichik biznes sub’ektlari;
2) kichik tadbirkorlik sub’ektlari jumlasiga kirmaydigan boshqa korxonalar, shu jumladan 2019 yilda tashkil etilgan korxonalar.
Quyidagilarni qayta baholang:
1) asosiy vositalar (0100-schyot);
2) o‘rnatiladigan uskunalar (0700-schyot);
3) qurilishi tugallanmagan ob’ektlar (0810-schyot);
4) moliyaviy ijara shartnomasi, shu jumladan lizing shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalar (0310-schyot).
Quyidagilarni qayta baholamang:
1) yer uchastkalari, belgilangan tartibda xususiylashtirilgan yer uchastkalari bundan mustasno;
2) tabiatdan foydalanish ob’ektlari.
Qayta baholash qanday o‘tkazilishi. Ob’ektlarni qayta baholash 1 yanvar holati bo‘yicha o‘z tanloviga ko‘ra – indeks usuli yoki bevosita baholash usulida o‘tkaziladi:
indeks usuliga muvofiq - qayta baholashni o‘tkazish sanasidagi holatga ko‘ra buxgalteriya hisobida qayd etilgan ob’ektlarning dastlabki (tiklanish) qiymati va ular bo‘yicha eskirish summasini (eskirish to‘liq hisoblangan ob’ektlar ham kiradi) tegishli indekslarga ko‘paytiring. Ular asosiy fondlar turlari bo‘yicha va ularni xarid qilish davrlariga bog‘liqlikda tabaqalangan;
bevosita qayta baholash usuliga muvofiq - qayta baholash o‘tkaziladigan davrda hujjatlar asosida tasdiqlangan bozor narxlari bo‘yicha ob’ektlar qiymatini qayta hisoblang.
Qayta baholash oldingi qayta baholash natijasida olingan ob’ektlarning tiklanish qiymatidan amalga oshiriladi. Oxirgi qayta baholashdan keyin qo‘shilgan ob’ektlar esa hisobga olish qiymatidan qayta baholanadi.
Korxonangiz kichik biznes sub’ekti hisoblanmasa, 2020 yilda AF tiklanish qiymatini, ya’ni 2019 yil 1 yanvarga oldingi qayta baholash natijasida olingan qiymatini qayta baholashingiz lozim. 2019 yilda xarid qilingan ob’ektlar bo‘yicha ular hisobga olingan dastlabki qiymatini qayta baholang.
Korxonangiz kichik biznesga mansub bo‘lsa, indeks usulini qo‘llash chog‘ida navbatdagi qayta baholashni o‘tkazish davrida (3 yilda 1 marta) so‘nggi qayta baholashdan keyin o‘tgan yillar uchun har yili tasdiqlanadigan indekslarni hisobga oling. Ya’ni, siz so‘nggi marta asosiy fondlarni 2017 yil 1 yanvarda qayta baholagan bo‘lsangiz, ularni 2020 yil 1 yanvarga so‘nggi qayta baholashdan (2018-2020 yillar) keyin o‘tgan yillar uchun qayta baholash indekslarini hisobga olgan holda qayta baholashingiz kerak. 2018 yilda xarid qilingan asosiy fondlar uchun 2019 va 2020 yillardagi qiymatni o‘zgartirish indekslarini hisobga olish lozim.
Ob’ektlarning dastlabki (tiklanish) qiymatini hisoblash bilan bir vaqtda jamlangan eskirish summasini (0200-schyot) ham qayta hisoblang. Eskirish to‘liq hisoblangan ob’ektlar bo‘yicha ham shunday hisoblang:
indeks usulida -asosiy fondlar qiymatini o‘zgartirishning tegishli indekslariga;
bevosita qayta hisoblash usulida - qayta baholashdan keyingi tiklanish qiymatining qayta baholashgacha bo‘lgan qiymatga nisbati bilan hisoblab chiqariladigan qayta hisoblash koeffitsiyentiga.
Keyinchalik amortizatsiya qayta baholangan qiymatdan hisoblanadi.