Asosiy vositalar hisobi


Xo‘jalik usuli bilan yaratilgan asosiy vositalar



Yüklə 1,61 Mb.
səhifə13/56
tarix27.12.2023
ölçüsü1,61 Mb.
#198704
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   56
1. Asosiy vos va nomoddiy aktivlar his

Xo‘jalik usuli bilan yaratilgan asosiy vositalar. Korxona o‘z kuchi bilan, ya’ni xo‘jalik usuli bilan asosiy vositalar ob’ektini yaratishda 0810-“Tugallanmagan qurilish” hisobvarag‘i debeti bo‘yicha o‘sib boruvchi yakun bilan ushbu ob’ektni yaratish bo‘yicha barcha xarajatlarni hisobga olishi kerak. Bunda 0810-hisobvaraqqa smetalar, smeta moliyaviy hisob-kitoblar va kapital qurilishga (ushbu qurilish pudrat asosida yoki xo‘jalik yuritish yo‘li orqali amalga oshirilishidan qat’iy nazar) titul ro‘yxatlarda nazarda tutilgan bino va inshootlarni qurish, uskunalar, asbob va boshqa vositalarni olish bilan bog‘liq xarajatlar hisobga olinadi. 0810-hisobvaraq debeti bo‘yicha yig‘ilgan barcha xarajatlar foydalanishga topshirilayotgan asosiy vositalar ob’ektining dastlabki qiymatini tashkil qiladi. Foydalanishga topshirish 0110-0190 hisobvaraqlar debeti va 0810-“Tugallanmagan qurilish” hisobvarag‘i krediti bo‘yicha buxgalteriya yozuvida aks ettiriladi.
Uzoq muddatli ijara shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalar. Uzoq muddatli ijara shartnomasi shartlarida ijaraga oluvchining ijaraga beruvchining roziligi bilan ijaraga olingan mol-mulqdan ajralmas hisoblanadigan mulkni takomillashtirish huquqi ko‘zda tutilishi mumkin. 21-son BHMSda “Uzoq muddatli ijara shartnomasi bo‘yicha olinadigan asosiy vositalarni o‘zlashtirish” 0112-maxsus hisobvarag‘ida uzoq muddatli ijara shartnomasi asosida olingan asosiy vositalarni o‘zlashtirish bilan bog‘liq bo‘lgan kapital xarajatlarni hisobga olish tartibi nazarda tutilgan. Uzoq muddatli ijara shartnomasi asosida olingan asosiy vositalarni obodonlashtirish bo‘yicha kapital xarajatlarga, shuningdek, asosiy vositalar ob’ektlarini qayta qurish va zamonaviylashtirish xarajatlari kiradi. Ijaraga olingan asosiy vositalarga tugallangan kapital qo‘yilmalar ijaraga oluvchi tomonidai o‘zining asosiy vositalari tarkibiga kiritiladi. Bunday ob’ektlarni baholash haqiqatda qilingan xarajatlar summasi bo‘yicha amalga oshiriladi.


15.4. Kapital qo‘yilmalarni hisobga olish.
Xo‘jalik yurituvchi sub’ektning asosiy vositalar va nomoddiy aktivlarga investitsiyalari, shuningdek, mahsuldor va ishchi hayvonlarning (qiymatidan qat’i nazar, korxonaning aylanma mablag‘lariga kiruvchi parrandalar, quyonlar, asalarilar, qo‘riqlovchi itlar, tajriba uchun mo‘ljallangan hayvonlardan tashqari) asosiy podasini tashkil qilish bo‘yicha xarajatlar to‘g‘risidagi axborotlarni umumlashtirish uchun quyidagi schyotlarda yuritiladi:
0810 “Tugallanmagan qurilish”;
0820 “Asosiy vositalarni xarid qilish”;
0830 “Nomoddiy aktivlarni xarid qilish”;
0840 “Asosiy podani tashkil qilish”;
0850 “Yerni obodonlashtirishga kapital qo‘yilmalar”;
0860 “Moliyaviy ijara shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalarga kapital qo‘yilmalar”;
0890 “Boshqa kapital qo‘yilmalar”.
Tegishli shartnomalar asosida xo‘jalik yurituvchi sub’ekt mutaxassislari va chetdan jalb etilgan mutaxassislar kuchi bilan barpo etilgan asosiy vositalar ob’ektlari 0810-“Tugallanmagan qurilish” schyotining krediti bilan korrespondensiyada 0110-0190-schyotlar debeti bo‘yicha haqiqiy tannarxiga qarab asosiy vositalar sifatida kirim qilinadi.
Qurilish tugallanguniga qadar bino 0120-“Binolar, inshootlar va uzatuvchi moslamalar” schyotida hisobga olinmaydi, chunki u hali foydalanishga topshirilmagan. Qurilish tugallanganidan keyin va foydalanishga topshirilganida 0810-schyotda jamlangan barcha xarajatlar summasi 0120-“Binolar, inshootlar va uzatuvchi moslamalar” schyotiga o‘tkaziladi hamda keyingi oydan boshlab undan amortizatsiya hisoblanishi lozim.
Misol.
“MALIKA” hissadorlik jamiyati sex binosini o‘z kuchi bilan qurib, foydalanishga topshirdi. Qurilishga xarajatlangan jami xarajat 92179000 so‘mni tashkil qildi. Ushbu muomalaga hisobda quyidagicha provodka beriladi:
D-t 0120-“Binolar, inshootlar va uzatuvchi moslamalar” -92179000 so‘m
K-t 0810-“Tugallanmagan qurilish” - 92179000 so‘m.
Boshqa xo‘jalik yurituvchi sub’ekt va shaxslardan sotib olingan asosiy vositalarni 0830-“Asosiy vositalarni sotib olish”, 0840-“Asosiy podani shakllantirish”, 0890-“Boshqa kapital ko‘yilmalar” schyotlarining krediti bilan korrespondensiyada 0110-0190-schyotlar debeti bo‘yicha kirim qilinadi.
Misol.
2020 yil 1-fevralda “MALIKA” hissadorlik jamiyati yangi ishlab chiqarish faoliyati uchun bino sotib oldi, uning xarid qiymati – 6 000 000 ming so‘m, broker xizmati uchun 20000 ming so‘m hamda yurist xizmatiga 4500 ming so‘m to‘lagan, hujjatlarni rasmiylash-tirishga 2500 ming so‘m xarajat qilingan. Ushbu muomalaga hisobda quyidagicha provodka beriladi:
- bino xarid qilindi:
D-t 0820-“Asosiy vositalarni sotib olish”- 6 027 000 ming so‘m
K-t 5110-“Pul mablag‘lari” - 6 027 000 ming so‘m.
- bino balansga qabul qilindi:
D-t 0120-“Binolar, inshootlar va uzatuvchi moslamalar” -6 027 000 ming so‘m
K-t 0820-“Asosiy vositalarni sotib olish” - 6 027 000 ming so‘m
Foydalanishga qabul qilingan asosiy vositalar bo‘yicha QQS ularning dastlabki qiymatini ko‘paytiradi hamda eskirish qiymatini oshirgan holda, xo‘jalik yurituvchi sub’ekt xarajatlariga sekin-asta o‘tkaziladi.
Boshqa xo‘jalik yurituvchi sub’ekt yoki jismoniy shaxslardan tekinga, shuningdek, hukumat organlarining subsidiyasi sifatida olingan asosiy vositalar 8530-“Tekinga olingan mol-mulk” schyoti bilan korrespondensiyada 0110-0190-schyotlar debeti bo‘yicha kirim qilingan sanada ekspert yo‘li bilan, bozor qiymati bo‘yicha belgilangan bahoda aks ettiriladi.
Misol.
Transport vositasi bepul olindi. Ushbu muomalaga hisobda quyidagicha provodka beriladi:
D-t 0160-“Transport vositalari”;
K-t 8530-“Tekinga olingan mol-mulk”.
Amaldagi soliq qonunchiligiga muvofiq, bepul olingan asosiy vositalarning qoldiq qiymati (idora ichida beriladiganidan tashqari) foyda (daromad) solig‘ini hisoblash bazasiga kiritiladi va undan soliq undiriladi.
Ta’sischilar ustav kapitaliga ulush sifatida kiritgan yoki aksiyalar haqini to‘lash hisobiga bergan asosiy vositalarni kirim qilish 4610-“Muassislarning ustav kapitaliga ulushlar bo‘yicha qarzlari” schyoti krediti hamda 0110-0190-schyotlar debetida aks ettiriladi.
Misol.
Kompaniyaning muassislaridan biri “MAN” rusumidagi yuk tashuvchi avtomashinani ustav kapitalini shakllantirish bo‘yicha qarzini mazkur transport vositasini qo‘shish yo‘li bilan uzdi. Qiymati – 800 000 ming so‘m. Ushbu muomalaga hisobda quyidagicha provodka beriladi:
D-t 0160-“Transport vositalari” - 800 000 ming so‘m
K-t 4610-“Muassislar qarzlari” - 800 000 ming so‘m.
Mahsulot ishlab chiqarish, ishlarni bajarish yoki xizmat ko‘rsatish yoxud tashkilotni boshqarish uchun foydalanilmayotgan asosiy vositalar ob’ektlarining qiymati buxgalteriya balansidan hisobdan chiqarilishi kerak.

Yüklə 1,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   56




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin