Asosiy vositalar hisobi
TQ-2 ga texnik xizmat ko‘rsatish (mavsumiy) bu avtoulovni qishda yoki yozda ishlashga tayyorlash. Harorat past bo‘lgan hududlarda ishlaydigan vagonlarni qishki saqlash 1 oktabrga, qolgan vagonlar yesa 15 oktyabrga qadar yakunlanadi. Yozgi xizmat 15 mayda tugaydi. Vagonlarga qish va yozda texnik xizmat ko‘rsatish bo‘yicha ishlarni bajarish uchun ixtisoslashgan kombinat ajratilgan. TO-2 ga xizmat ko‘rsatish paytida TQ-1 ning barcha texnik ishlari va quyidagi ishlar bajariladi: • qayta zaryadlanuvchi batareyalarga elektrolitlar zichligi sozlangan holda texnik xizmat ko‘rsatish (elektrolitlar zichligini sozlash faqat qayta zaryadlanuvchi batareyalar yordamida amalga oshiriladi, uni ishlab chiqaruvchi taqdim etgan bo‘lsa); • barcha elektr mashinalarini qopqoq (qopqoq), tekshirish lyuklarini (DC mashinalari), terminal qutilarini va kondensatni drenajlash uchun vilkalarni olib tashlash bilan tekshirish; Yelektr isitgichlar va pechlarni tekshirish, isitish elementlarining yaxlitligini tekshirish (vagonlarni qishki transportga tayyorlashda); • Yo‘lovchi bo‘linmasida joylashgan termal avtomatlashtirish tizimining issiqlik aloqalarini tozalash va tekshirish; • tormoz silindrlarini ochish, ularni moylash va mashinada sinovdan o‘tkazish; 369A ulash qisqichlarining elektr kontaktlarini tozalash; • issiq va sovuq suv ta’minoti tarmog‘ining tashqi yuzasini chang va chiqindilardan tozalash, quvurning dezinfeksi qilish (bahorda); • isitish tizimini yuvish; • avtomatik ulash moslamalarini tekshirish; • old va yon eshiklarning ishlashini tekshirish; Yong‘in signalizatsiyasi va konditsioner tizimining ishlashini tekshirish; • rolikli rulmanlarni isitish uchun terminal qutilarini va boshqaruv tizimining ajratib olinadigan ulanishlarini ochib tekshirish. Yengil passajir vagonlarining TQ-3 (bitta texnik reviziya) ga xizmat ko‘rsatilishi rejalashtirilgan ta’mirlashlar orasida avtoulovlarni yaxshi texnik holatda saqlash uchun mo‘ljallangan. Tekshirish poyezddan olib tashlanmagan holatda passajir vagonlari deposida amalga oshiriladi. Tekshiruvdan o‘tgan barcha passajir vagonlar uchun VU-23 shaklini chiqarish to‘g‘risida bildirishnomalar chiqariladi.
Passajir vagonlarining TQ-3ni bajarish uchun maxsus integratsiyalashgan guruhlar tuziladi, ularning soni har bir holatda mavjud standartlar asosida aniqlanadi. Passajir vagonlarining TQ-3 o‘tkazish uchun odatda ixtisoslashgan jihozlangan punkt ajratiladi, texnik vositalar bilan jihozlangan bo‘ladi, shuningdek zarur ehtiyot qismlar va materiallarning ta’minlangan hamda ixtisoslashgan tajribaga ega ishchi zaxirasi mavjud bo‘lishi kerak. TQ-3 tugagandan so‘ng, depo boshlig‘i o‘rinbosarining buyrug‘i bilan vagon qabul qiluvchi tomonidan qabul qilinishi kerak. TQ-3dan o‘tgan passajir vagonlarni hisobga olish maxsus jurnalda amalga oshiriladi Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarda ta’mirlash jarayoni ikki xil usulda tashkil qilinishi mumkin: xo‘jalik usulida pudrat usulida 5-son BHMSning 23-bandiga ko‘ra, binoni rekonstruksiya qilishga doir xarajatlar u tugatilganidan so‘ng uning boshlang‘ich qiymatini ham oshiradi, ya’ni kapitallashtiriladi, shu sababli ularni kapital qo‘yilmalar deb ham nomlanadi. Bunda qurilish ishlari: ● binodan foydalanishdan kelgusida olinadigan iqtisodiy foydani oshirishi; ● bino faoliyat yuritishining dastlab qabul qilingan me’yoriy ko‘rsatkichlarini (foydali ishlatish muddati, quvvati, maydoni, qo‘llash sifati va h.k.) yaxshilashi (oshirishi) shart. Binoni mukammal ta’mirlash xarajatlari ular taalluqli bo‘lgan hisobot davri xarajatlari: ishlab chiqarish binosi bo‘yicha – ishlab chiqarish tannarxiga; ma’muriy bino bo‘yicha – davr xarajatlari tarkibiga kiritiladi (5-son BHMSning 48-bandi). Shu tariqa, binoning qiymatini ob’ektni qayta ixtisoslashtirish va rekonstruksiya qilishga ruxsat berish tartibi to‘g‘risidagi nizomda (VMning 9.03.2016 yildagi 70-son qaroriga 2-ilova) belgilangan tartibda kelishilgan loyiha-smeta hujjatlariga muvofiq amalga oshirilgan rekonstruksiya xarajatlari hisobiga oshirish mumkin. Pudrat usulida ta’mirlashda korxona ta’mirlash yoki ta’mirlash-qurilish tashkiloti bilan pudrat shartnomasi tuzadi. Xo‘jalik usulida ta’mirlash o‘z kuch va vositalari yordamida ya’ni, AV ob’ektidan foydalanish joyidagi o‘z ishchilari (TQB) ixtisoslashtirilgan ta’mirlash brigadasi bajaradi. Ta’mirlash ishlari boshlannishigacha AVning har bir ob’ekti bo‘yicha ularni ta’mirdan o‘tkazishning zarurligini asoslash uchun ob’ektni (yoki uning ayrim qismlarini) ko‘rikdan o‘tkazish natijalari bo‘yicha nuqsonlar dalolatnomasi tuziladi. Uda ob’ekt (yoki uning qismlari) texnik holatining tavsifi, shuningdek nosozlik, nuqsonlarni bartaraf etish bo‘yicha tavsiya qilinadigan tadbirlar va zarur ta’mirlash ishlaining hajmi bo‘yicha takliflar keltiriladi. Nuqsonlar dalolatnomasi korxona rahbari tomonidan tsdiqlanadi, ta’mirlash pudrat usulida o‘tkazilganda esa ta’mirlash tashkiloti bilan shartnoma tuzadi. Nuqsonlar dalolatnomasi asosida loyihalash tashkiloti tomonidan loyiha tuziladi. Loyiha asosida smeta hujjatlari tayyorlanadi. Smetada xarajatlar ta’mirlash ishlarining muayan turi birligiga mehnat va material resurslarning, mashina-mexanizlarning ishlatish bo‘yicha sarflash me’yorlari hisob-kitoblar qilinadi. Ta’mirlash tugagach (shuningdek, ob’ektni rekonstrkutsiya qilishva modernizatsiya vaqtida) davlat qabul komissiyaning dalolatnomasi va qaroriga muvofiq asosiy vositalarning ta’mirlangan, rekonstruksiya qilingan, modernizatsiyalangan ob’ektlarni qabul qilish-topshirish dalolatnomasi (AV-3 shakl) tuziladi. Pudrat tashkiloti tomonidan pudrat usulida 2-shakl bajarilgan ishlar dalolatnomasi va 3-shakl schyot-faktura rasmiylashtirish uchun buyuritmachiga taqdim qiladi. Ob’ektlar mukammal ta’mirlash yoki rekonstruksiya qilish vaqtida ta’mirlash qurilish ishlari bajarilgan taqdirda dalolatnoma bajarilgan ishlar (qilingan xarajatlar) to‘g‘risidagi ma’lumotnoma-schet-fakttura shaklida rasmiylashtiriladi. AVni ta’mirlash bo‘yicha haqiqatdagi xarajatlarni hisobga olish tartibi uning hammiga, yil mobaynida ta’mirlash ishlarini bir maromda o‘tkazish va ularni bajarish usuliga bog‘liqdir. Odatda, buxgalteriya hisobida ta’mirlash xarajatlarini hisobga olishning 3 usulida foydalaniladi: 1-usul ta’mirlashning haqiqatdagi xarajatdagi xarajatlar joriy davr xarajatlariga hisobdan chiqariladi; 2-usul bir maromsiz (teng ulushlar) amalga oshiriladigan xaqiqatdagi xarajatlar oldindan kelgusi davr xarajatlari tarkibida (3190-hisobvarq) jamlanadi va keyingi xarajatlariga teng maromda hisobdan; 3-usul xaqiqatdagi xarajatlar AVni ta’mirlashga ilgari barpo etilgan zaxira hisobiga hisobdan chiqariladi. Birinchi usulda ta’mirlash xarajatlari ta’mirlash ishlari amalga oshirilgan hisobot davri xarajatlariga kiritiladi. Bu usul AVlarni joriy va o‘rtacha ta’mirlashni o‘tkazish vaqtida ko‘p qo‘llanadi. Bunda xaqiqatdagi xarajatlar ob’ektdan foydalangan javobgarlik markazlari (xarajat ob’ektlari 2010, 2310, 2510, 9420, 9430) va ta’mirlashni o‘tkazish usuliga – xo‘jalik yoki pudrat – bog‘liq holda xarajatlarni hisobga oluvchi schetlarning debeti bo‘yicha o‘tkaziladi. Asosiy vositalarni ta’mirlashda alohida zahira fondi tuzmasdan amalga oshirilganda xarajatlarni ikki xil usulda hisobga olib boriladi: haqiqiy xarajatlar bo‘yicha; kelgusi davr xarajatlari hisobidan. Amalga oshirilgan xarajatlar “Mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish va sotish xarajatlarining tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomning 1.5.1.2 bandiga muvofiq, ishlab chiqarish ahamiyatida foydalanilayotgan mashina va uskunalarni o‘z kuchi bilan bajargan barcha turdagi (joriy, o‘rta, mukammal) ta’mirlashlarga sarflangan xarajatlar ishlab chiqarish xarajatlarining tegishli elementlari bo‘yicha mahsulot tannarxiga kiritiladi. Korxona o‘z imkoniyatidan foydalangan holda xo‘jalik usuli qo‘llanganda ta’mirlash ob’ekti bo‘yicha xarajatlar xarajatlarning tegishli elementlari bo‘yicha mahsulot tannarxiga o‘tkaziladi. Xarajatlar 2310 schyotda hisobga olib boriladi va ta’mirlash ishlari tugagach, asosiy vositalar ob’ektidan foydalanish joyi hisobga olingan holda barcha xarajatlar ishlab chiqarish xarajatlariga o‘tkaziladi. Xo‘jalik yurituvchi sub’ekt ta’mirlash fondi tuzmagan holda ta’mirlash ishlarini xo‘jalik usuli bilan amalga oshirganda quyidagicha ikki yoqlama yozuv amalga oshiriladi
Yüklə 1,61 Mb. Dostları ilə paylaş: |