Asosiy vositalar hisobi



Yüklə 1,61 Mb.
səhifə22/56
tarix27.12.2023
ölçüsü1,61 Mb.
#198704
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   56
1. Asosiy vos va nomoddiy aktivlar his

Summa, ming so‘m

Provodka

Debet

Kredit

1.

Pudratchi tashkilot tomonidan bajarilgan ta’mirlash ishlari qiymati aks ettirildi.

1375,0

3190

6010

2.

Ta’mirlash ishlari bo‘yicha QQS hisobga olindi

275,0

4410

6010

3.

Asosiy vositalarni ta’mirlash xarajatlarini joriy yil davomida har oy hisobdan chiqarib borilgan summaga

114,6







4.

Pudratchiga pul o‘tkazildi

1650,0

6010

5110

Ta’mirlash ustaxonasining xarajatlari. Xozirgi zamon asbob-uskunalari bilan jihozlangan ta’mirlash ustaxonalarida aosiy vositalari, avtomashinalar, yo‘lovchi tashuvchi avtobuslar hamda boshqa sanoat mashinalarga texnika xizmati ko‘rsatiladi. Bundan tashqari, u yerda murakkab bo‘lmagan ehtiyot qismlar tayyorlanadi va turli mayda ishlar bajariladi. Ba’zi xo‘jaliklarda poyezd eshalonlari, o‘z avtomashinalari, yo‘lovchi tashuvchi avtobuslari va dvigatellarini boshqa tashkilotlarning ta’mirlash-ishlab chiqarish korxonalarida ta’mirlashdan chiqaradi. Ta’mirlash xarajatlari hisobini tashkil etilishi bu ishning qayerda bajarilishiga bog‘liq.
Avtomobil, yo‘lovchi tashuvchi avtobuslari va boshqa mashinalarning ta’mirlashi xo‘jalikning ta’mir ustaxonasida bajarilsa, har bir ta’mirlash qilinayotgan ob’ekt uchun ikki nusxada nuqsonlar vedmosti tuziladi. Bu hujjatda har bir ta’mirlash qi-linayotgan ob’ekt bo‘yicha mehnat haki, bajariladigan ish va sarflanadigan ehtiyot qismlar ko‘rsatiladi. Nuqsonlar vedmostining bir nusxasi zarur bo‘lgan ehtiyot qism va ta’mirlash materiallarini tayyorlash uchun ombor mudiriga beriladi, ikkinchi nusxasi ta’mirlash qilish uchun smeta hujjat tariqasida ta’mirlash ustaxonasida qoldiriladi. Ta’mirlash ustaxonasida bu hujjatga asosan ta’mirlash xodimlariga naryadlar yoziladi va ehtiyot qismlar beriladi. Ta’mirlash ishlari tugagach boshqa hujjatlar bilan birga nuqsonlar vedomosti buxgalteriyaga topshiriladi. Buxgalteriyada ta’mirlashning umumiy qiymati aniqlanadi.
Xarajatlar tarkibi to‘g‘risidagi Nizomga ko‘ra, xarajatlar ma’lum iqtisodiy elementlari bo‘yicha turkumlanishi kerak bo‘lib, hisobga olinishi makroiqtisodiy ahamiyatga ega. Xo‘jaliklarning yordamchi ishlab chiqarish xususiyatini e’tiborga olib quyidagi xarajat elementlari bo‘yicha yuritiladi.

  • ishlab chiqarish bilan bog‘liq moddiy xarajatlar;

  • ishlab chiqarish bilan bog‘liq mehnat haqi va ijtimoiy sug‘urta ajratmalari xarajatlari;

  • ishlab chiqarishga bog‘liq asosiy vositalar va nomoddiy aktivlarning amortizatsiya xarajatlari;

  • ishlab chiqarishga bog‘liq ish va xizmat xarajatlari;

  • boshqa ishlab chiqarish xususiyatidagi xarajatlar;

Ta’mirlash ustaxonalarida bajarilgan barcha ishlarning xarajatlari ularni hisobga olish jurnalida yuritiladi. Bu jurnalda ta’mirlangan ob’ekt va tayyorlangan buyumlarning har bir turi bo‘yicha alohida analitik schyotlar ochilib, xarajatlar nuksonlar vedomosti va boshqa dastlabki hujjatlarga asosan aks ettiriladi.
Xarajatlar jurnalga belgilangan xarajat moddalari bo‘yicha yozib boriladi.
Mehnat haqi ajratmalari bilan (ishlangan kishi-kunlar va kishi-soatlar ko‘rsatilgan holda). Bu moddadagi tegishli hujjatlar (naryad, yig‘ma vedomost)ga muvofiq slesar va boshqa ta’mirlash xodimlarining mehnat haqi, ijtimoiy sug‘urta ajratmasi, ta’til haqi rezervi va boshqa qo‘shimcha mehnat haqi kiritiladi.
Ehtiyot qismlar va ta’mirlash materiallari. Bu moddada ta’mirlash uchun sarflangan ehtiyot qismlar qiymati haqiqiy tannarxi bo‘yicha baholanib yoki ko‘pincha o‘zgarmaydigan (preyskurant) narxda hisobga olinadi. Keyinchalik preyskurant bahosidan ortiq summasi sarflangan ehgiyot qismlar qiymatiga mutanosib ravishda taqsimlanadi.
Yonilg‘i va moylash materiallari. Bu moddada ta’mir qilingan mashinalarni sinab ko‘rish (obkatka) qilish, detallarni yuvish va boshqa maksadlar uchun sarflangan yonilg‘i va moylash materiallarining qiymati aks ettiriladi.
Yordamchi materiallar. Bu moddada remopt uchun sarflangan qalay, po‘lat, oyna, bo‘yoq, kaustik soda va shunga o‘xshaganlar qiymati hisobga olinadi.
Basharti yonilg‘i va moylash materiallari hamda yordamchi materiallar bir necha mashina va agregatlar ta’mirlashi uchun foydalanilsa, ularning qiymati ustaxona, sex xarajatlariga qo‘shiladi.
Boshqa asosiy xarajatlar. Bunda yuqoridagi xarajat moddalariga qo‘shilmagan turli xarajatlar aks ettjriladi. Masalan, chet tashkilotlarning ta’mirlash qilishga doir xizmatlari, elektr payvand ishlarining qiymati va boshqa asosiy xarajatlar.
Umumiy ishlab chiqarish (sex) xarajatlari, bu xarajatlar ta’mirlash ustaxonasi miqyosida qilingan umumiy sarflardan iborat bo‘lib, ta’mirlangan ob’ektning qiymatiga bilvosita yo‘l bilan taqsimlanadi. Bu xarajatlar alohida tarzda quyidagi moddalarga bo‘lib hisobga olinadi.
a) ta’mirlash ustaxona xodimlari (ustaxona mudiri, injeneri, mexanigi, normalovchi va shu kabilar)ning mehnat haqlari ajratmalari bilan ularning ishlagan kishi-soatlari miqdori ham alohida aks ettiriladi.
b) ishlab chiqarish ehtiyojlari va yoritish uchun iste’mol qilingan elektr energiyaning qiymati.
v) ta’mirlash ustaxona bino va asbob-uskunalarining amortizatsiyasi.
g) ta’mirlash ustaxona asosiy vositalarining ta’mirlash fondiga ajratma.
d) mehnat muhofazasi va xavfsizlik texnikasi (to‘siqlar, signallar, ventilyatsiya o‘rnatish, plakatlar xarid qilish, maxsus kiyim-bosh, himoya moslamalari va shu kabilar) xarajatlari.
e) Boshqa sex xarajatlari. Bu moddada yuqoridagi xarajat moddalariga qo‘shilmagan turli umumiy ustaxona xarajatlar aks ettiriladi. Ularga, masalai, avtotransport, ot-arava xizmatlari, ustaxona asosiy vositalari sug‘urta bo‘yicha vzposlar va shu kabilar kiradi.
Ta’mirlash ustaxonasining bu sanab o‘tilgan umumishlab chiqarish xarajatlari ta’mirlashlangan ob’ektlar qiymatiga ikki yo‘l bilan qo‘shilishi mumkin:
a) remont ishchilarining ish haqlariga nisbatan rejadagi belgilangan norma miqdorida. sex xarajatlarining plandagi normadan ortiq yoki kam qismiga yil oxirida qo‘shimcha yozuv bilan tuzatish kiritiladi.
b) sex xarajatlarining jami haqiqiy summasi ustaxonaning asosiy xarajatlariga kiritilgan bevosita mehnat haqiga pro-porsional taqsimlanadi.
Xarajatlarni hisobga olish jurnalida har bir analitik schyotlarda barcha xarajatlar aks ettirilgandan so‘ng ta’mirlash ustaxonasida bajarilgan ish, tayyorlangan buyum va ta’mirlashlangan ob’ektlarnnng haqiqiy tannarxi aniqlanadi.
Ta’mirlash ishlari tugagach, tegishli hujjatlar (akt, nakladnoy)ga asosan ta’mirlashlangan ob’ekt, ish va buyumlar foydalanishga qabul qilinadi. Bu vaqtda ta’mirlash uchun sarflangan xarajatlar quyidagi yozuvlar bilai hisobdan chiqariladi:
D-t “Boshqa kapital qo‘yilmalar”-kapital remont xarajatlar summasiga, yoki joriy ta’mirlash xarajatlar summasiga.
K-t 2310-schyotining yordamchi ishlab chiqarish.
Ta’mirlash ehtiyojlari uchun turli xarajatlar qilipganda 2300-schyoti debetlanib, quyidagi schyotlar kreditlanadi:
ta’mirlash uchun 1010-“ta’mirlash materiallari”,1030-“neft mahsulotlari”, 1020-“qurilish materiallari”, 1040-“ehtiyot qismlar”, sarflanganda;
2310-schyoti bo‘yicha ochilgan analitik schyot-ta’mirlash ustaxonasiping umumishlab chiqarish xarajatlari ta’mirlanlangan ob’ektlar qiymatiga o‘tkazilganda;
2310-schyot—yordamchi ishlab chiqarishlarning turli tarmoklari tomonidan ko‘rsatilgai xarajatlar qiymatiga
5000-va 4290-ta’mirlash ustaxonasining mayda xarajatlari kassadan yoki hisobdor jaxslar orqali to‘lansa;
2600-schyot - brakdan ko‘rilgan zararlar summasiga;
6700-schyot - ijtimoiy sugurta organlariga hisoblangan summaga va ustaxona asosiy vositalari sug‘urtasi bo‘yicha davlat sug‘urta organlariga to‘lashga tegishli summaga;
6700-schyot-ta’mirlash xodimlariga hisoblangan mehnat haqi summasiga;
8900-schyot - opuska haqi rezerv qilinganda;
0200-schyot-ta’mirlash, ustaxona bino va asbob-uskunalarining to‘la qayta tiklashga ajratplgan amortizatsiya summasiga.
Ta’mirlash ustaxonalarida yil oxiriga tugallanmagan ishlab chiqarishlar bo‘lishi mumkin.
Ishlar o‘z kuchi bilan bajarilganda ta’mirlash ishlari borishidafoydalanilayotgan materiallar QQSsiz hisobdan chiqariladi. Materiallar xarid qilingani-da ular bo‘yicha QQS mahsulot yetkazib beruvchining hisobvaraq-fakturasiga ko‘ra hisobga qabul qilinadi. Ta’mirlash ishlari qiymztiga QQSni hisoblab yozish kerak emas
Misol. Korxona o‘z kuchi bilan ofisdagi kirish eshigini yangiladi. Uni xarid qilish xarajatlari 600 ming so‘mni tashkil etdi (shujumladan QQS - 700 ming so‘m). Ishchilarga eshikni o‘rnatish bo‘yicha 15 ming so‘m miqdorida ish haqi hisoblandi, ijtimoiy sug‘urtaga ajratmalar 3,75 ming so‘mni tashkil etdi.
Hisobda ta’mirlash quyidagi provodkalar bilan aks ettiriladi:


Yüklə 1,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   56




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin