Yer va tabiat resurslaridan foydalanish huquqi — xo‘jalik yoki boshqa maqsadlarda yer va boshqa tabiiy resurslardan foydalanishni ta’minlovchi huquq, ammo yerdan foydalanish huquqi mazkur yer uchastkasini mulk qilib olishni bildirmaydi
Tashkiliy xarajatlar - yangi xo‘jalik yurituvchi sub’ektni barpo etish xarajatlari, ya’ni ishni boshlash xarajatlari Tashkiliy xarajatlar - xo‘jalik faoliyatni tashkil qilinishi vaqtida yuz bergan xarajatlardir. Unga bevosita tegishli bo‘lgan xarajatlar (masalan, yuridik, buxgalteriya, kanselyariya va harakatlanish xarajatlari) tashkiliy xarajatlar sifatida kapitallashtiriladi. Faoliyatning birinchi yilida jami summalarni xarajatlarga kiritish xarajatning daromad bilan muvofiq kelmasligiga olib keladi.
Franshizalar — bir korxona tomonidan boshqasiga unga qarashli aktivlardan, shu jumladan, savdo markalari va atamalari kabi nomoddiy aktivlardan foydalanish huquqining berilishi, buning ustiga, bevosita belgilanishi bo‘yicha mazkur aktivlardan foydalanish hamda taqdim etiladigan xizmatlar (tovarlar)ning belgilangan sifat standartlariga rioya qilish bunday huquq berilishlarining majburiy sharti hisoblanadi.
Franshizalar odatda davlat tomonidan davlat mol-mulkidan (masalan, kabel televideniyesi kompaniyasi) foydalanish huquqiga egalik qilish uchun yoki kommunal xizmatlar ko‘rsatish (elektr energiyasi), shuningdek, xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar tomonidan aniq maqsadlar va aniq xizmatlardan ("Uzbekiston havo yo‘llari") foydalanish huquqiga egalik qilishlari uchun beriladi.
Ko‘pgina hollarda franshizani olish qiymati yuqori bo‘ladi va odatda franchayzi franchayzorga uning boshlang‘ich qiymatini to‘lashi talab etiladi. Franshizaning boshlang‘ich qiymati kapitallashtirilishi va undan keyingina xarajatlar yuzasidan hisobdan chiqarilishi lozim. Franshizalardan amortizatsiya qilish uning oldingi davriy baholari bilan birgaliqtsa aniq belgilangan xizmat qilish muddatiga asoslanadi. Biroq to‘liq amortizatsiya davri 40 yildan oshib ketishi mumkin emas.