Asosiy vositalar hisobi


Aktiv nomoddiy bo‘ladi, qachonki



Yüklə 1,61 Mb.
səhifə32/56
tarix27.12.2023
ölçüsü1,61 Mb.
#198704
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   56
1. Asosiy vos va nomoddiy aktivlar his

Aktiv nomoddiy bo‘ladi, qachonki:
Uni kompaniyadan ajratish va sotish mumkin, xadya qilish, unga litsenziya olish mumkin, alohida o‘zini yoki bo‘lmasa u bilan bog‘liq tuzilgan shartnoma, aktiv yoki majburiyatlar bilan birga ijaraga berish yoki almashtirish mumkin;
Uni kompaniyadan yoki bo‘lmasa boshqa xuquq va majburiyatlardan ajratish va boshqa kompaniyaga berish mumkin yo mumkin emasligidan qat’iy nazar, shartnomaviy yoki boshqa yuridik xuquqlardan yuzaga keladi.
Nomoddiy aktivlarning xalqaro standart BHXS 38 “Nomoddiy aktivlar” bo‘yicha aniqlanishi:
Nomoddiy aktiv – bu moddiy-ashyoviy ko‘rinishga ega bo‘lmagan, identifikatsiya qilinadigan monetar bo‘lmagan aktiv.
Monetar aktiv – bu aniqlangan va miqdori ulchay olinidigan pul mablag‘lari yoki ularning ekvivalenti ko‘rinishidagi kelajakda olinadigan pul mablag‘lari va aktivlar.
Nomoddiy aktivlar sifatida hisobga olinishini aniqlash uchun, tadbirkorlik sub’ekti qaysi jihat ahamiyatliroqligini baholashda qaror chiqarishdan foydalanadi.
Masalan, aniq bir kompyuter dasturisiz faoliyat ko‘rsatmaydigan kompyuter-nazorat-qiladigan uskuna uchun kompyuter dasturi tegishli ehtiyot qismning ajralmas qismidir va u asosiy vosita sifatida hisobga olinadi. Aynan shu yondashuv kompyuterning operatsion tizimiga nisbatan qo‘llaniladi.
Qachonki dastur tegishli ehtiyot qismning ajralmas qismi bo‘lmasa, kompyuter dasturi noddiy aktiv sifatida hisobga olinadi.
BHXS 38 “Nomoddiy aktivlar” da quyidagi atamalardan foydalaniladi:
Balans qiymati - bu shunday qiymatki, bunda aktiv har qanday jamg‘arilgan amortizatsiya va yig‘ilgan qadrsizlanish bo‘yicha zararlarni chegirilgandan so‘ng moliyaviy holat to‘g‘risidagi hisobotda tan olinadi.
Tannarx - bu aktivni uning xaridi yoki qurilishi paytida sotib olish uchun to‘langan pul mablag‘i yoki pul mablag‘i ekvivalentidagi qiymat yoki boshqa turdagi uning evaziga berilgan tovonning haqqoniy qiymati yoki, tegishli hollarda, boshqa BHXSlarning, masalan BHXS 2 “Aksiyaga asoslangan to‘lov” ning aniq talablariga muvofiq ushbu aktivni dastlabki tan olinishidagi qiymatdir.
Eskirish hisoblanadigan qiymat - bu aktivning tugatish qiymati chegirilgandagi tannnarxi yoki tannarx o‘rniga aks ettiriladigan boshqa qiymatdir.
Tajriba-konstruktorlik ishlab chiqish - bu tijorat maqsadlarida ishlab chiqarish yoki foydalanishni boshlashdan oldin, yangi yoki sezilarli tarzda takomillashgan materiallar, uskunalar, tovarlar, jarayonlar, tizimlar yoki xizmatlarni ishlab chiqarish rejasiga yoki dizayniga nisbatan tadqiqot topilmalarini yoki boshqa bilimlarni qo‘llashdir.
Tadbirkorlik sub’ektiga xos qiymat - bu tadbirkorlik sub’ekti tomonidan aktivdan davomiy foydalanishidan va foydali xizmat muddati oxirida balansdan chiqarishdan yoki majburiyat uchun hisob-kitob qilinganda kutiladigan pul oqimlarining keltirilgan qiymatidir.
Joriy qiymat - bu baholash sanasida bozor ishtirokchilari o‘rtasidagi odatdagi operatsiyada aktivni sotishda olinishi mumkin bo‘lgan yoki majburiyatni o‘tkazishda to‘lanishi mumkin bo‘lgan narxdir. (MHXS 13 “Haqqoniy qiymatni baholash” ga qarang)
Qadrsizlanish bo‘yicha zarar - bu aktivning balans qiymatining uning qoplanadigan qiymatidan ortiq qismidir.
Nomoddiy aktiv - bu moddiy-ashyoviy mazmunga ega bo‘lmagan aniqlanadigan nomonetar aktiv.
Monetar aktivlar - bu egalikdagi pul mablag‘lari va qat’iy belgilangan yoki aniqlanadigan pul miqdorlarida olinadigan aktivlardir.
Tadqiqot - bu yangi ilmiy yoki texnik bilimga va tushunchaga erishish istiqbolini ko‘zlab amalga oshirilgan asl va rejalashtirilgan izlanishdir.
Nomoddiy aktivning tugatish qiymati - bu aktivning chiqib ketishi bo‘yicha baholangan harajatlar chegirilgan holda, tadbirkorlik sub’ekti ayni paytda xuddi aktiv foydali xizmat muddati oxirida kutilgan muddati va holatida bo‘lganidek aktivning chiqib ketishidan oladigan baholangan qiymatidir.
Foydali xizmat muddati - bu:
(a) tadbirkorlik sub’ekti aktivdan foydalanishi uchun ushbu aktivning yaroqli bo‘lishi kutilgan davr; yoki
(b) tadbirkorlik sub’ekti tomonidan aktivdan olinishi kutilgan ishlab chiqarish hajmi (miqdori) yoki shunga o‘xshash birliklar soni.
Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarda nomoddiy aktivlarning buxgalteriya hisobini tashkil qilishda, nomoddiy aktivlarning mavjudligi va harakati to‘g‘risidagi axborotlarni umumlashtirishuchun quyidagi schyotlar yuritiladi:
0410 "Patentlar, litsenziyalar va nou-xau";
0420 "Savdo markalari, tovar belgilari va sanoat namunalari";
0430 "Dasturiy ta’minot";
0440 "Yer va tabiat resurslaridan foydalanish huquqlari";
0450 "Tashkiliy xarajatlar";
0460 "Franchayz";
0470 "Mualliflik huquqlari";
0480 "Gudvill";
0490 "Boshqa nomoddiy aktivlar".
O‘zbekiston Respublikasi Buxgalteriya hisobining milliy standarti 7-sonli BXMS "Nomoddiy aktivlar"ga asosan nomoddiy aktiv identifikatsiya qilingan hisoblanadi, agar u:
a) ajraladigan bo‘lsa, ya’ni uni korxonadan ajratish va yakka holda yoki u bilan bogliq aktiv, shartnoma yoki majburiyat bilan birga (gudvilldan tashkari) sotish, topshirish, ijaraga berish yoki ayirboshlash mumkin bo‘lsa.
Agar dasturiy ta’minot tegishli (shu jumladan o‘rnatilmagan) asosiy vositaning tarkibiy qismi bo‘lsa, u moddiy aktiv hisoblangan asosiy vosita bilan bir deb karaladi. Agar dasturiy ta’minot tegishli asosiy vositaning tarkibiy qismi bo‘lmasa, u nomoddiy aktiv hisoblanadi;
b) shartnoma xuquqlaridan va boshqa yuridik xuquqlardan - ular o‘tkaziladigan yoki korxonadan ajraladigan huquqlar ekanligidan qat’iy nazar, yoki boshqa huquqlar va majburiyatlardan kelib chiqqan bo‘lsa.
O‘zbekiston Respublikasi Buxgalteriya hisobining milliy standarti 7-sonli BXMS "Nomoddiy aktivlar"ga asosan korxona nomoddiy aktivdan kelgusida iqtisodiy naf ko‘rishi extimoli fakat quyidagi hollarda mavjud bo‘ladi:
a) agar aktiv kelgusida korxonaning iqtisodiy salohiyatini (daromadini) oshirishga qodirligi, shuningdek korxona aktivdan shu maksadda foydalanish niyatida ekanligi ayon bo‘lsa;
b) korxona kelgusida mazkur aktivdan foydalanishdan iqtisodiy naf ko‘rishi uchun yetarli resurslar mavjud bo‘lsa yoki bunday resurslardan foydalanish imkoniyati mavjud bo‘lsa.
7-sonli BXMS "Nomoddiy aktivlar" ning 6-bandida keltirilgan barcha shartlarga javob beruvchi quyidagi ob’ektlar nomoddiy aktivlarga kiritilishi mumkin:

  • patent egasining kashfiyot, sanoat namunasi, foydali modelga bo‘lgan mutloq huquqi;

  • muallif yoki boshqa huquq egasining EXM uchun mo‘ljallangan dasturlar, ma’lumotlar bazalariga bo‘lgan mutloq huquqi;

  • muallif yoki boshqa huquq egasining integral mikrosxemalar topologiyalariga bo‘lgan mutloq huquqi;

  • huquq egasining mahsulot belgisi va xizmat ko‘rsatish belgisiga bo‘lgan mutloq huquqi, shuningdek mahsulot kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqi;

  • patent egasining seleksiya sohasidagi yutuklarga bo‘lgan mutloq huquqi;

  • gudvill;

  • tabiiy resurslardan foydalanish huquqlari, ya’ni yer osti boyliklaridan, tabiiy muhitdagi boshqa resurslardan, geologiyaga oid ma’lumotlardan va tabiiy muhit haqidagi boshqa axborotdan foydalanish huquqi;

  • mol-mulkdan foydalanish huquqlari, ya’ni yer uchastkasi, binodan foydalanish huquqi, binoni ijaraga berish huquqi va sh.k.;

  • boshqa nomoddiy aktivlar (mahsulot ishlab chiqarish, ishlarni bajarish va xizmatlar ko‘rsatish, iqtisodiy va boshqa imtiyozlardan foydalanishhuquqi va sh.k.).

Ta’sis xujjatlariga muvofiq ishtirokchilar (muassislar) korxona ustav kapitaliga qo‘shgan xissaning bir qismi deb e’tirof etilgan tashkiliy xarajatlar (yuridik shaxsni tashkil etish bilan bog‘liq xarajatlar) ham nomoddiy aktivlar tarkibida hisobga olinadi. Korxona xodimlarining intellektual va ishbilarmonlik fazilatlari, ularning malakasi va mexnat kobiliyati nomoddiy aktivlar tarkibiga kiritilmaydi, chunki ular o‘z egalaridan ajratilishi va ulardan alohida ko‘llanilishi mumkin emas.



Yüklə 1,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   56




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin