16.2. Nomoddiy aktivlarni turkumlash va baholash. Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning nomoddiy aktivlari tarkibida 0400-son schyotida quyidagilar aks ettiriladi: patentlar, litsenziyalar, aqliy mulk, savdo markalari (bunga firma markalari va nashr etiladigan nomlar ham kiradi), mutlaq huquqlar, kompyuterlarning dasturiy ta’minoti, mualliflik huquklari, mijozlarning ro‘yxatlari, litsenziyalar, marketing huquqlari, import kvotalari, tashkiliy xarajatlar (yangi xo‘jalik yurituvchi sub’ektni tashkil qilish xarajatlari, yani "boshlang‘ich xarajatlar"), nou-xau, bozor to‘g‘risidagi bilimlar, gudvill (firma bahosi), texnikaga oid ko‘nikmalar va h.k.
Nomoddiy aktiv aktivko‘rinishida faqatgina, agar u:
aniq (ya’ni, undan u ishlatiladigan ishlab chiqarishdan alohida ajratilgan holda foydalanilishi mumkin) bo‘lganidagina tan olinadi.
Aktiv, agar xo‘jalik yurituvchi sub’ekt undan kelgusida olinadigan alohida sotish, almashtirish yoki taqsimlash imkoniga ega bo‘lsagina, bo‘linishi mumkin.
Quyidagilar nomoddiy aktivlarning buxgalteriya hisobini yuritishning asosiy qoidalari bo‘lib hisoblanadi:
-xarid qilish, vaqtidagi tannarx qoidasi;
-ko‘rilgan zararlar va mazkur xarajatlarning qilinishi natijasida olinadigan daromadning bir vaqtning o‘zida aks ettirilishini talab qiluvchi foydalanish davridagi muvofiqlik qoidasi;
-hisobdan chiqarish vaqtida, yani chiqib ketishlardan ko‘rilgan foyda yoki zarar hisobdan chiqarish vaqtida aktivning olingan to‘lov va balans qiymati o‘rtasidagi farqqa teng deb tan olinganidagi daromadni tan olish qoidasi.
O‘zbekiston Respublikasi Buxgalteriya hisobining milliy standarti 7-sonli BXMS "Nomoddiy aktivlar"ga asosan nomoddiy aktivlarning quyidagicha turkumlanadi:
Patent -bu yuridik jihatdan tan olingan va ro‘yxatga olingan mutloq huqukdir. Patentga tegishli huquq uning egasiga tashqaridan boshqa shaxslar aralashmasligi sharti bilan buyumdan yoki g‘oyadan foydalanish, ularni ishlab chiqarish, sotish va nazorat qilish imkonini beradi.
Patentning tegishli organlar tomonidan ro‘yxatdan o‘tkazilishi uning himoyalanishiga kafolat bermaydi. Ushbu huqukdar sudda muvaffaqiyat bilan himoyalanmaguniga qadar raqobatbardosh bo‘la olmaydi. Shuningdek, sudda huquq himoya qilinishi bilan bog‘liq barcha xarajatlarni patent bahosining bir qismi sifatida kapitallashtirish lozimligi to‘g‘risida umumiy kelishuv mavjud.
Mabodo sud jarayonida yutqazilsa, u bilan bog‘liq xarajatlar ham amortizatsiya qilinmagan patent qiymati ham hisobdan chiqariladi