Asosiy vositalar hisobi



Yüklə 1,61 Mb.
səhifə40/56
tarix27.12.2023
ölçüsü1,61 Mb.
#198704
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   56
1. Asosiy vos va nomoddiy aktivlar his

Dastlabki qiymati:

Debet: 0440 «Yer va tabiiy resurslardan foydalanish huquqi»-schyoti-500000 so‘m.
Kredit: 4610 «Ustav kapitaliga badallar bo‘yicha ta’sischilarning qarzlari»-schyoti-500000 so‘m.

  • amortizatsiya qiymati;

Debet: 4610 «Ustav kapitaliga badallar bo‘yicha ta’sischilarning qarzi»-schyoti-200000 so‘m.
Kredit: 0540 «Yer va tabiiy resurslardan foydalanish huquqlarining amortizatsiyasi»- schyoti-200000 so‘m.

  • qoldiq qiymati:

Debet: 4610 «Ustav kapitaliga badallar bo‘yicha ta’sischilar qarzi»-schyoti-300000 so‘m.
Kredit: 8510 «Aktivlar qayta baholash bo‘yicha, tuzatishlar» schyoti-300000 so‘m.
Yuqoridagi buxgalteriya yozuvlarini yana quyidagi ko‘rinishda ham aks ettirish mumkin:
Debet: 0440 «Yer va tabiiy resurslardan foydalanish huquqi» scheti-500000 so‘m.
4610 «Ustav kapitaliga badallar bo‘yicha ta’sischilarning qarzi» chyoti-200000 so‘m.
Kredit: 0540 «Yer va tabiiy resurslardan foydalanish huquqlarining amortizatsiyasi» schyoti-200000 so‘m.
Korxonalarning hisob siyosatida buxgalteriya hisobini jurnal-order shakli tanlab olingan bo‘lsa, 0400-«Nomoddiy aktivlar» va 0500-«Nomoddiy aktivlarning amortizatsiyasi» schyotlari turkumlari bo‘yicha sintetik hisobi 10 va 13-sonli jurnal-orderda olib borilishi kerak.
Nomodiy aktivlardan, jumladan, patent yoki litsenziyalar uchun royalti va «paushal-to‘lov» ko‘rinishidagi summalarni o‘tkazib beradi. Litsenziya egasi-bu nomoddiy aktivlarga egalik qiluvchi hamda Davlat Patent Idorasi (DPI)da ro‘yhatga olingan litsenziyalar shartnomasi asosida nomoddiy aktivdan foydalanish huquqini uchinchi shaxsga topshirgan yuridik yoki jismoniy shaxsdir.
Litsenziat esa, bu litsenziya shartnomasiga asosan nomoddiy aktivdan foydalanish huquqini olgan jismoniy yoki yuridik shaxsdir. Har ikkisining faoliyati uchun asos tuzilgan litsenziya shartnomasi (bitim) hisoblanadi. Bu yerda litsenziya shartnomasi patent egasi (litsenziar)ning aqliy mulkini muhofaza qiladigan ob’ektidan shartnomada ko‘zda tutilgan hajmda foydalanish huquqini topshirish to‘g‘risidagi bitimi hisoblanadi.
Bu bitimga muvofiq boshqa shaxs (litsenziat) shartnomada ko‘zda tutilgan royalti va paushal-to‘lovlari ko‘rinishida to‘lovlarni litsenziarga o‘tkazish hamda shartnomada ko‘zda tutilgan boshqa xarajatlarni bajarish majburiyatini oladi. To‘lovlarga kelsak ularni quyidagicha ifodalash mumkin.
Royalti to‘lovi litsenziat litsenziya bitimga binoan mahsulot qiymatidan vaqti-vaqti bilan ajratma sifatida yoki savdo-sotiqdan tushgan mablag‘ miqdoridan foiz tarzida yoki mahsulot birligidan yig‘im tarzida litsenziarga to‘laydigan mablag‘dir.
«Paushal-to‘lovi» esa sotiladigan litsenziyali mahsulotning amaldagi miqdori qanchaligidan qat’iy nazar litsenziya shartnomasiga binoan aqliy mulk ob’ektlaridan foydalanish huquqini berganligi uchun to‘lanadigan mablag‘ning qat’iy belgilab qo‘yilgan miqdori bo‘lib, uni to‘liq yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lashni ifodalaydi. Bu to‘lovlar operatsion faoliyatdan olingan daromadlar bo‘lib, «Pul oqimlari to‘g‘risidagi» buxgalteriya hisobi milliy standartining 11-bandi bilan tartibga solinadi.
Shunday holatlar ham bo‘lishi mumkinki, litsenziya shartnomasi-da ko‘zda tutilmagan hizmatlarga litsenziat to‘lovlarni amalga oshirish kerak bo‘ladi. Bu to‘lov turini biz «plast-kost» ya’ni qo‘shimcha xizmatlar uchun to‘lovlar deb ataladi. Litsenziya shartnomasiga ko‘ra litsenziat (patentdan foydalanish huquqiga ega bo‘lgan shaxs) litsenziarga royalti bo‘yicha to‘laydigan summalarni quyidagi buxgalteriya yozuvlarda o‘z ifodasini topadi;

  1. Royalti bo‘yicha to‘lanadigan summalarning hisoblanishi:

Debet: 9430 «Boshqa operatsion xarajatlar»schyoti-10000 s
Kredit:6930 «Royalti bo‘yicha qarzlar»schyoti-10000 s.

  1. Bankdagi hisob-kitob schyotidan o‘tkazib berish:

Debet: 6930 «Royalti bo‘yicha qarz» schyoti-10000 so‘m.
Kredit: 5110 «Hisob-kitob» schyoti-10000 so‘m.

  1. Litsenziar faoliyati bo‘yicha daromadlar quyidagicha aks ettiriladi;

Debet: 4850 “Olinadigan royalti” schyoti –40000 so‘m.
Kredit: 9510 «Royalti ko‘rinishidagi daromadlar» schyoti-40000 so‘m.
Debet:5110 «Hisob-kitob» schyoti-40000 so‘m.
Kredit: 4850 “Olinadigan royalti” schyoti –40000 so‘m.
Litsenziar «Asosiy xo‘jalik faoliyatidan tushgan daromadlar» (2-son BHMS) buxgalteriya hisobi milliy standartining 20-bandiga asosan, litsenziya uchun to‘lanadigan haqni quyidagi tartibda hisoblash mumkin: «Aktiv sifatida foydalanilgan litsenziyalar va royaltilar uchun to‘lovlar bitimning mazmuni va shartiga muvofiq ravishda odatda daromad hisoblanadi».2
«Moliyaviy hisobotni tayyorlash va taqdim etish uchun konseptual asos»ning 50-bandida xo‘jalik yurituvchi korxonalar xususiy kapitali tarkibiga ustav, qo‘shilgan, zahira kapitali va taqsimlanmagan foydadan iboratligi ko‘rsatib o‘tilgan. Zahira kapitali sub’ektlar ustaviga muvofiq sof foyda hisobidan tashkil topadi, shuningdek, u mulkni qayta baholash natijasida tashkil bo‘ladigan inflyatsiya zaxiralari, qaytarib bermaslik sharti bilan olingan mulk qiymatlarida ham hisobga olinadi.
Nomoddiy aktivlar buxgalteriya balansiga olingandan so‘ng, u qayta baholash sanasida bozor qiymati bo‘yicha qayta baholanadi, unda jamg‘arilgan amortizatsiya chiqarib tashlanadi. Demak, nomoddiy aktivlarni qayta baholashdan olingan daromadlar ham moliyaviy hisobotlarda aks ettirishi lozim. Biroq, «Korxonalarning chorakli va yillik moliyaviy hisobot shakllarini to‘lg‘azish bo‘yicha ko‘rsatma»3ga muvofiq «Xususiy kapital to‘g‘risidagi hisobot» 5-shaklda nomoddiy aktivlarning qayta baholashdan olingan qiymatning miqdori uchun alohida satr (kodi) belgilanmagan.
O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 31-moddasi 13-bandiga asosan, quyidagi yuridik shaxslarning nomoddiy aktiv ob’ektlaridan olgan daromadlari (foyda) solig‘i to‘lashdan ozod qilinadi;

        1. Patent egasi (litsenziar) o‘ziga tegishli ishlab chiqarishda nomoddiy aktivlardan foydalanishdan, shuningdek, ularga litsenziyalarni sotishdan olingan daromadlar harakat muddati doirasida foydalanish muddatlari boshlangan paytidan;

  • patent bo‘yicha ixtirolar va seleksiya yutuqlari 5 (besh) yil davomida; dastlabki patent bo‘yicha ixtirolar va guvohnoma bo‘yicha seleksiya yutuqlari, patent bo‘yicha sanoat namunalari 3 (uch) yil davomida; dastlabki patent bo‘yicha sanoat namunasi 2 (ikki) yil davomida.


        1. Yüklə 1,61 Mb.

          Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   56




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin