Asosiy vosiтalar hisobi


Asosiy vositalar haqidagi ma’lumotlarni hisobotlarda aks ettirish



Yüklə 277 Kb.
səhifə25/26
tarix16.02.2023
ölçüsü277 Kb.
#84465
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26
1353763495 40210 fazliddin kurs ishi 5

7. Asosiy vositalar haqidagi ma’lumotlarni hisobotlarda aks ettirish

Buxgalteriya hisobining xalqaro vamilliy standartlari talablariga ko’ra moliyaviy hisobotlarda uzoq muddatli aktivlarning, shu jumladan, asosiy vosita-larning har bir toifasiga nisbatan quyidagilarni ochib berish kerak:


balans qiymatini aniqlashda foydalanilayotgan hisoblash tamoyillari. Bir necha bazalardan foydalanilaetganda bu baza uchun balans qiymati har bir toifa bo’yicha yoritilishi zarur;
foydalanilayotgan amortizatsiyani hisoblash usullari;
foydali faoliyat muddatlari va qo’llanilayotgan amortizatsiya me’yorlari;
hisobot davrining boshi va oxiridagi balans qiymati va hisoblangan amortizatsiya summasi;
hisobot davrining boshi va oxirida quyidagilarni ifodalovchi asosiy vositalarning balans qiymatini solishtirish:
asosiy vositalarning o’sishi;
chiqib ketishi;
kompaniyalarning birlashishi orqali sotib olish;
kayta baholash natijasida vujudga keladigan ko’payish yoki kamayish;
balans qiymatini qoplanadigan qiymatga etguncha qisman hisobdan chiqarish va bunday hisobdan chiqarishni tuzatuv yozuvi bilan ras-miylashtirish hollari;
amortizatsiya;
chet el kompaniyalarining moliyaviy hisobotini milliy valyutaga o’t-kazishda yuzaga keladigan valyuta kurslarining sof tafovutini;
balans qiymatidagi boshqa o’zgarishlar.
Agarda aktivlar hisobot davri mobaynida qayta baholangan bo’lsa, qo’yidagi ma’lumotlarni yoritish zarur:
aktivlarni qayta baholashda foydalanilgan asos;
oxirgi baholash o’tkazilgan sana;
qayta baholashda foydalanilgan indekslarning tavsifi;
agar aktivlar baholashga jalb qilinmagan takdirda, moliyaviy hisobot-larga kiritiladigan har bir toifadagi aktivlarning balans qiymati;
hisobot davri mobaynidagi o’zgarishlarni ko’rsatuvchi qayta baholash natijalari.
Moliyaviy hisobot shu bilan birga quyidagilarni yoritishi kerak:
asosiy vositalarga hamda majburiyatlarning ta’minoti sifatida beril-gan asosiy vositalarga bo’lgan mulkiy huquq cheklanishlarining mavjud-ligi va hajmi;
qurilish jarayonida asosiy vositalarga qilingan kapital qo’yilma-larining summasi;
asosiy vositalarni xarid qilish bo’yicha shartnoma majburiyatlaridagi summasi;
Xulosa
Xo’jalik yurituvchi sub’ektlarda asosiy vositalar amortizatsiyasi hisobi
hozirgi kunda sezilarli darajada takomillashgan. Shu bilan birga, buxgalteriya
hisobida amalga oshirilgan chuo’ur islohotlar, ularning zamonaviy
ko’rinishlarining amaliyotga joriy etila boshlashi samarasi o’laroq,
respublikamizda hali ham talaygina muammolar borligi e’tibordan chetda
qolmaydi. «Asosiy vositalar» nomli 5-son BHMSning amaliyotga tadbiq etilishi,
shuningdek buxgalteriya hisobi hisobvarao’lar rejasi yangi tahririning ishlab
chio’ilishi xo’jalik yurituvchi sub’ektlar buxgalterlari oldida dastlabki yillarda
muayyan o’iyinchiliklarni keltirib chio’armoo’da.
Shuni hisobga olish kerakki, xo’jalik yurituvchi sub’ektlar asosiy vositalarga amortizatsiya hisoblashda asosan to’Yori chizio’li usuldan foydalanishi va bu o’z navbatida, asosiy vositalarga amortizatsiya hisoblashning ushbu usuli xo’jalik yurituvchi sub’ektlar uchun hisob yuritishda o’ylaylik tuYodirishi hisobga olindi. Biroq, bu usulni qo’llash ayrim tarmoo’lar uchun deyarli samarali emas. Asosiy vositalar, jumladan ularning aktiv o’ismi uchun amortizatsiya hisoblashning bosho’a usuli, ya’ni bajarilgan ish hajmiga o’arab amortizatsiya hisoblash usuli qo’llanilsa, maqsadga muvofio’dir. Bajarilgan ish hajmiga ko’ra amortizatsiya hisoblash usuli xo’jalik yurituvchi sub’ektlarda mavjud asosiy vositalardan samarali foydalanishni hamda mahsulot tannarxini odilona aniqlashga imkon yaratadi.
O’z navbatida, «Mahsulot (ish, xizmat)larni ishlab chio’arish va sotish
xarajatlarining tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi
to’g’risida»gi Nizomga muvofiq asosiy vositalarga amortizatsiya hisoblashning tezlashtirilgan usullari qo’llanishi Soliq kodeksida ko’rsatilgan me’yorlardan dastlabki yillarda ko’proo’ hisoblangan, ya’ni musbat farq qismi soliq bazasiga o’o’shiladi, lekin oxirgi yillarda kamroq hisoblangan amortizatsiya summasi, ya’ni manfiy farq soliq bazasidan chegirilmaydi.
Bizning fikrimizcha, so’nggi yillarda kamroq hisoblangan, ya’ni manfiy farq
soliq bazasidan chegirilsa, solio’larning raqobatlantirish funktsiyasi orqali xo’jalik yurituvchi sub’ekt faoliyatiga ijobiy ta’sir ko’rsatishi va bu yangi texnika-texnologiya bilan ta’minlanishiga turtki bo’lar edi.
Iqtisodiyotning erkinlashtirilishi munosabati bilan respublikamiz iqtisodiyotining jahon iqtisodiyotiga integratsiyalashayotgan hozirgi kunda
zamonaviy texnika va texnologiyalardan foydalangan tarzda, bozorlarimizni
xalqaro standartlarga to’liq javob beradigan, nisbatan arzon tovar va xizmatlar
bilan ta’minlash juda dolzarb masala bo’lib turibdi. Buning uchun tovar va
xizmatlar qiymatining asosiy qismini tashkil etuvchi tannarxni pasaytirish
zarurdir.



Yüklə 277 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin