yoqilg‘i sifatida foydalanish mumkin. Elektr, mexanik va issiqlik energiyasini olishni asosiy manbai organik yoqilg‘i hisoblanadi. Hozirgi vaqtda yer yuzida ishlab chiqarilayotgan va iste’mol qilinayotgan energiyaning 70% ni organik yoqilg‘ining kimyoviy energiyasi hisobidan va faqat 30% gina suv, shamol, quyosh va atom energiyasidan foydalanish hisobidan olinadi. Mamlakatimiz yoqilg‘i sanoati qariyb bir asrlik tarixga ega. Bu sanoat yer qa’rida topilgan va qazib olinayotgan ko‘mir, Neft, tabiiy gaz konlari negizida shakllandi va rivojlanib bormoqda. Respublikamizda 159 (zaxirasi sanoat darajasida hisoblangan) neft-gaz koni ochilgan, ularning 115 tasi Buxoro - Xiva geologik provintsiyasida, 27 tasi Farg‘ona vodiysi, 10 tasi Surxondaryo, 7 tasi Ustyurtda joylashgan. Konlarning gaz, gaz-kondensatli, gaz-neft’, neft, gaz-neft kondensatli turlari mavjud.
Yoqilg‘i sanoati respublika yoqilg‘i-energetika kompleksining asosiy turlarini tashkil etadi va barcha turdagi yoqilg‘ini qazib olish, tabiiy gazni tozalash va yetkazib berish, Neft maxsulotlari ishlab chiqarish korxonalaridan iborat.
Mustaqillik yillarida ko‘rilgan keskin tadbirlar natijasida neft qazib olish xajmi yuqori sur’atlarda o‘sdi. Respublikaning neft mustaqilligi ta’minlandi.
Agregat holiga ko‘ra yoqilg‘i qattiq, suyuq va gaz yoqilg‘isiga, kelib chiqishiga yoki olinish usuliga ko‘ra tabiiy va sun’iy yoqilg‘iga bo‘linadi. (1.1-jadval).
Organik yoqilg‘ilarning tasnifi.
1.1-jadval
Yoqilg‘i
|
Agregat xolati
|
Qattiq
|
Suyuq
|
Gaz
|
Tabiiy
|
Yog‘och,torf, qo‘ng‘ir va toshko‘mirlar, antratsit, slanetslar
|
Neft’
|
Tabiiy gaz
|
Sun’iy
|
Koks,
briketlar,
yog‘och ko‘miri,
|
Mazut,
kerosin,
benzin,
solyar moyi, gazoil
|
Koks gazi, domna gazi,
generator gazi, Neft gazi, propan, atsetilen
|
Organik yoqilg‘i energiya manbai bo‘lishi bilan bir qatorda, u kimyo sanoati uchun muhim xom-ashyo hisoblanadi. Organik yoqilg‘ilarni qayta ishlash natijasida ko‘plab muhim kimyoviy maxsulotlar olinadi. Qazib olingan joyi va ishlatilishiga ko‘ra maxalliy yoqilg‘i (torf va slanets) va tashib keltiriladigan yoqilg‘ilar bo‘ladi.
Yoqilg‘i tarkibi organik va mineral moddalardan iborat bo‘ladi. Organik moddalarga uglerod (C), vodorod (H2), kislorod (O2), azot (N2) va oltingugurt (S) kiradi. Bu kimyoviy elementlar va ular birikmalarining miqdori turli xil yoqilg‘ida turlicha bo‘ladi. Masalan, neft’ va uning maxsulotlari tarkibi asosan uglerod va vodoroddan tashkil topgan. Yoqilg‘i tarkibiga yonuvchan elementlar, namlik va yoqilganda kulga o‘tadigan minerallar kiradi. Yoqilg‘ining tarkibi kimyoviy elementlarning massaviy foiz miqdori, namligi va kul miqdori bilan tavsiflanadi.
Qattiq va suyuq yoqilg‘ining elementar tarkibini quyidagicha yozish mumkin:
C+H+S+O+N+A+W=100% (1.1)
Yoqilg‘ining yonuvchan qismiga uglerod, vodorod va oltingugurt kiradi. Yoqilg‘ining yonmaydigan qismiga eca, azot, kislorod, namlik W va yoqilg‘i yonganda kulga aylanadigan mineral moddalar A kiradi. Yoqilg‘ining tarkibi ishchi, quruq, yonuvchan va organik massalarga ajratiladi. Xar bir massa tarkibiga mos ravishda quyidagidek indekslar beriladi: ishchi – i; quruq – q; yonuvchan – yo; va organik – o;
Yoqilg‘i iste’molchiga qaysi holda berilsa va yondirilsa, shu holdagi yoqilg‘iga ishchi yoqilg‘i, massasi va elementar tarkibi esa, mos ravishda ishchi massa va ish tarkibi deyiladi. Ishchi massaning elementar tarkibini quyidagicha yozish mumkin.
(1.2)
Yoqilg‘ini yonmaydigan elementlari uning ballastini tashkil etadi. Kislorod va azot yoqilg‘ining ichki ballasti, kul va namlik esa tashqi ballasti hisoblanadi. Yoqilg‘ining quruq massasi tarkibida namlik bo‘lmaydi:
(1.3)
Ishchi massadan quruq massani qayta hisoblash formulasi quyidagi ko‘rinishga ega:
(1.4)
Yoqilg‘ining yonuvchan massasi tarkibida tashqi ballast, ya’ni namlik va kul bo‘lmaydi:
(1.5)
Bunday tarkibni “yonuvchan massa” deb aytishimiz shartli albatta, chunki uning tarkibidagi faqat C, H va S largina yonuvchan elementlar hisoblanadi.
Yoqilg‘ining yonuvchan massasining tarkibi uning o‘zgarmas tavsifi bo‘lib, xajmi va kul miqdori o‘zgarganda ham bu tavsifi o‘zgarmaydi.Qattiq yoqilg‘idagi uglerod miqdori uning geologik yoshi ortishi bilan ko‘payadi. Masalan, torfdagi uglerod miqdori Cyo=5060%, qo‘ng‘ir ko‘mirda Cyo=6075%, toshko‘mirda Cyo=7590% ni tashkil etadi. Quruq va ishchi massadan yonuvchan massani qayta hisoblash quyidagi formula bo‘yicha amalga oshiriladi.
(1.6)
Yoqilg‘ining organik massasi tarkibini quyidagicha yozish mumkin:
C+H+S +N =100% (1.7)
Barcha issiqlik texnikasi hisoblarida yoqilg‘ining tarkibi uning ishchi massasi bo‘yicha olinadi. Gaz yoqilg‘isi tarkibini quyidagi formula orqali ifodalash mumkin:
CH4+CmHn+CO+H2+H2S+CO2+O2+N2=100% (1.8)
Qattiq va suyuq yoqilg‘ining va yonuvchan gazning asosiy tavsiflari (1.1) va (1.2)-jadvalda keltirilgan.
Qattiq va suyuq yoqilg‘ining asosiy xossalari
(1.2)-jadval
Yoqilg‘i turi
|
Yoqilg‘ining yonuvchan massasi %
|
Cyo
|
Hyo
|
Oyo
|
Syo
|
Q , kJ/kg
|
Yog‘och
|
50
|
6
|
43
|
0
|
1,05-1,47
|
Torf
|
53-62
|
52,62
|
32,37
|
0,1-03
|
0,84-1,05
|
Qo‘ng‘ir ko‘mir
|
62-72
|
4,4-6,2
|
18-27
|
0,5-6,0
|
0,62-1,09
|
Toshko‘mir
|
75-90
|
4,5-5,5
|
4-15
|
0,6,-6,0
|
2,10—3,00
|
Antratsit
|
90,96
|
1,02,0
|
1-2
|
0,5-7,0
|
2,70-3,10
|
Neft
|
83-86
|
11-13
|
1-3
|
0,2-4,0
|
4,30-4,60
|
Slanets
|
72-76
|
8-10
|
10-12
|
-
|
0,73-1,50
|
Mazut
|
84-87
|
9-11
|
1
|
3-3,5
|
4,00-4,55
|
Tabiiy gazlarning xossalari
(1.3)-jadval
Gaz magistrali
|
Gazning tarkibi, xajmga nisbatan, %
|
CH4
|
C2H2
|
C3H8
|
C4H10
|
C5H12
|
N2
|
CO2
|
kJ/kg
|
Gazli – Kogon
|
95,4
|
2,6
|
0,3
|
0,2
|
0,2
|
1,1
|
0,2
|
3,66
|
Jarkax-Toshkent
|
95,5
|
2,7
|
0,4
|
0,2
|
0,1
|
1,0
|
1,0
|
3,67
|
Buxoro-Ural
|
94,9
|
3,2
|
0,4
|
0,1
|
0,1
|
0,9
|
0,4
|
3,67
|
Saratov-Moskva
|
91,9
|
2,1
|
1,3
|
0,4
|
0,1
|
3,0
|
1,2
|
3,61
|
Uglerod yoqilg‘ining asosiy tarkibiy qismidir. 1 kg sof uglerod to‘la yonganda 33900 kJ issiqlik chiqadi. 1 kg vodorod yonganda 125600 kJ issiqlik chiqadi. Yoqilg‘i tarkibiga kiruvchi vodorodning bir qismi yoqilg‘idagi kislorod bilan birikkan bo‘ladi va yonishda ishtirok etmaydi. Yoqilg‘i yonganda oltingugurt sulpfid angidrid SO2 ga aylanadi va suv bug‘lari bilan birikib sulpfid kislota H2SO3 hosil qiladi. Oltingugurtning yonishidan hosil bo‘lgan suyuq va gaz maxsulotlar ichki yonuv dvigatelllari hamda qozon agregatlari metall qismlarining zanglashiga sabab bo‘ladi, havoni va o‘simliklarni zaharlaydi va ularni nobud qiladi, qurilish inshootlarini yemirilishini tezlashtiradi. Oltingugurtning zararli xossalarini eptiborga olib, uni ballast qatoriga kiritish mumkin. Kislorod va azot shartli ravishda yonuvchan massa tarkibiga kiritilgan. Ular ichki ballast hisoblanadi, chunki yonuvchan massaning foiz miqdorini kamaytiradi va yonish sohasini sovitadi. Bundan tashqari yoqilg‘ida kislorod miqdori ko‘p bo‘lsa, u yonish sohasida vodorod bilan birikib, suv hosil qiladi.
Yoqilg‘i namligi. Yoqilg‘ini qazib olish, tashish, saqlash va shu kabilarga bog‘liq ravishda yoqilg‘i namligi o‘zgarib turadi. Masalan, torf uchun 50%, slanetslar uchun 13-17%, tosh-ko‘mir uchun 5-14%, va antratsit uchun 5-8%. Yoqilg‘idagi namlik yoqilg‘i foydali qismini xajmini kamaytirishi jihatidangina emas, balki yonish sohasida bug‘ga aylanishi jihatidan ham zararlidir. Issiqlikning anchagina miqdori bug‘ hosil bo‘lishiga sarflanmagani holda, chiqib ketayotgan gazlar bilan birga chiqadi. Namlik qattiq yoqilg‘i saqlanganda uning o‘z-o‘zidan yonib va uvalanib ketishiga sabab bo‘ladi.
Yoqilg‘i kuli. Yoqilg‘i tarkibida kulning bo‘lishi yonish vaqtida ajralib chiqayotgan issiqlik miqdorini kamaytiradi, uskunalarning metall qismlarini yemiradi, o‘txonalarning ishlashini qiyinlashtiradi. Kul tarkibiga asosan ishqoriy metallar tuzlari, temir va alyuminiy oksidlari hamda oltingugurt sulpfati kiradi. Bundan tashqari kulda CaCO3, MgCO3 bo‘lishi mumkin. Yoqilg‘ilar tarkibida kulning miqdori xar-xil bo‘ladi. Masalan quruq yoqilg‘ilar uchun Aq ning qiymati quyidagicha bo‘ladi, %: yog‘och uchun 1, torf uchun 10, toshko‘mir uchun 10-20, qo‘ng‘ir ko‘mir uchun 30, slanetslar uchun 60. Suyuq yoqilg‘i (mazut) tarkibida ham oz miqdorda (0,2-1%) mineral aralashma bo‘ldi.
Uchuvchan moddalar va koks. Qattiq yoqilg‘i havosiz fazoda 870-1070 K temperaturagacha qizdirilganda undan uchuvchan moddalar ajralib chiqadi. Uchuvchan moddalar tarkibiga azot N2, vodorod H2, kislorod O2, uglerod oksidi CO, uglevodorod gazlari CH4, C2 H4 va shu kabilar hamda namlikdan hosil bo‘lgan suv bug‘lari kiradi. Uchuvchan moddalar tarkibi yoqilg‘ini qizdirish jarayoniga bog‘liq bo‘ladi. Uchuvchan moddalar yig‘indisi VU xarfi bilan belgilanadi va faqat yonuvchan massaga taaluqli bo‘ladi. Uchuvchan moddalar slanetsda (VU=90%) va torfda (VU=75%) eng ko‘p bo‘ladi. Qo‘ng‘ir ko‘mirda 40-50%, antratsitda esa 4-6% bo‘ladi.
Chala kokslash jarayoni maxsus pechlarda (havosiz muhitda) amalga oshiriladi, bunda qayta ishlanadigan yoqilg‘i 770-830 K temperaturaga qodir bir me’yorda qizdiriladi. Yuqori temperatura ta’sirida yoqilg‘ining organik qismi parchalanadi, parchalanish mahsulotlari esa, o‘zaro yana kimyoviy reaktsiyaga kirishadi. 770-830 K temperaturada yoqilg‘ining parchalanishi to‘xtaydi va pechda uglerodga aylangan qattiq qoldiq – chala kokslanishning asosiy maxsuloti bo‘lgan chala koks qoladi. Chala koksda ko‘pgina uchuvchan moddalar qoladi. Undan turmushda va energetika maqsadlarida ishlatiladigan yoqilg‘i sifatida foydalaniladi. Chala kokslanishda hosil bo‘ladigan gazlar – qimmatli yoqilg‘i va keyingi kimyoviy qayta ishlash uchun xom-ashyodir. Masalan, yog‘och va torfni quruq xaydashda olingan suv yana kimyoviy qayta ishlansa, atseton, sirka kislota, metil spirti, formalin va boshqa kimmatli maxsulotlar hosil bo‘ladi. Yoqilg‘ini havosiz muhitda 1275-1375 K temperaturada qizdirib, qayta ishlash jarayoni kokslash deyiladi. Kokslash natijasida 70-80% metallurgiya koksi olinadi, qolgani esa koks gazi, smola va suv bo‘ladi. Koks gazi qayta ishlanib, undan ammiak va boshqa kimyoviy maxsulotlar olinadi. Kokslashda hosil bo‘lgan smola va suv yana qayta kimyoviy ishlanadi.
Dostları ilə paylaş: |