Asosiy yetakchi sohalarni modernizatsiya qilish texnik va texnologik yangilash


Yoqilg‘ining quyi va yuqori yonish issiqligi



Yüklə 0,57 Mb.
səhifə3/13
tarix17.05.2023
ölçüsü0,57 Mb.
#115710
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Asosiy yetakchi sohalarni modernizatsiya qilish texnik va texnologik yangilash

2.Yoqilg‘ining quyi va yuqori yonish issiqligi


1 kg yoki 1 m3 yoqilg‘i to‘liq yonganda chiqadigan issiqlik miqdori yoqilg‘ining issiqlik ajratishi (yonish issiqligi) deyiladi (Qi, kJ/kg yoki Qi kJ/m3).
Yoqilg‘ining issiqlik ajratishi ikki xil: yuqori yonish issiqligi Qiyu va quyi yonish issiqligi Qik bo‘ladi. Yoqilg‘ining massa birligi to‘liq yonganda chiqqan issiqlik miqdori yoqilg‘ining yuqori yonish issiqligi deyiladi, bunda namlikning bug‘lanishiga sarflangan issiqlik hisobga olinmaydi. Yoqilgining birlik massasi yonganda uning tarkibidagi namlik hamda vodorodning kislorod bilan reaktsiyaga kirishish jarayonida hosil bo‘lgan namlik hisobga olingan xolatda ajralgan issiqlik miqdori quyi yonish issiqligi deyiladi. 1 kg suv bug‘ining atmosfera bosimida kondensatsiyalanish issiqligi taxminan 2500 kJ/kg ga teng. Ishchi yoqilg‘i tarkibidagi suv bug‘lari miqdori Wi/100 ga teng. 1 kg vodorod yonganda 9 kg suv bug‘i hosil bo‘ladi (H2+0,5O2=H­2O).
Demak, suv bug‘ining kondensatsiyalanish issiqligini quyidagi formuladan aniqlanadi:
2500( )=25Wi+225Hi, (2.1)
u holda
= -225Hi- 25Wi = -25(9Hi+Wi) (2.2)

ya’ni yoqilg‘ining quyi yonish issiqligi uning yuqori yonish issiqligidan bug‘ hosil bo‘lish issiqligini ayirib tashlanganiga teng. Yoqilg‘ining yonish issiqligi laboratoriya sharoitida kalorimetrik bomba yordamida aniqlanadi. Kalorimetrli bomba, bosimi 3 MPa bo‘lgan kislorod bilan to‘ldirilgan germetik idish 1 dan iboratdir. Idishda massasi 1 g bo‘lgan yoqilg‘i yondiriladi. Bombani suvli idish 2 ga joylashtiriladi va suv temperaturasini ortishi orqali yoqilg‘ining yonish issiqligi aniqlanadi. Qattiq va suyuq yoqilg‘ining yonish issiqligini D.I.Mendeleev emperik formulasidan yetarli aniqlik bilan topiladi:




(2.3)


(2.4)

Quruq gazning qo‘yi yonish issiqligi quyidagiga teng:




(2.5)

Yuqori yonish issiqligi:




(2.6)

Shartli yoqilg‘i. Issiqlik ajratish xususiyati turlicha bo‘lgan yoqilg‘ilarni taqqoslash uchun «shartli yoqilg‘i» tushunchasidan foydalaniladi. Yonish issiqligi 29300 kJ/kg yoki 30000 kJ/kg bo‘lgan yoqilg‘i shartli yoqilg‘i deyiladi. Berilgan yoqil-g‘ini shartli yoqilg‘iga aylantirib hisoblashda va aksincha shartli yoqilg‘ini berilgan yoqilg‘iga aylantirib hisoblashda yoqilg‘i ekvivalenti deyiladigan kattalikdan foydalaniladi.


(2.7)


2.1-rasm. Kalorimetrik qurilma.

Yüklə 0,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin