Asosiy yetakchi sohalarni modernizatsiya qilish texnik va texnologik yangilash


-rasm. Sanoat pechining umumiy sxemasi



Yüklə 0,57 Mb.
səhifə6/13
tarix17.05.2023
ölçüsü0,57 Mb.
#115710
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Asosiy yetakchi sohalarni modernizatsiya qilish texnik va texnologik yangilash

3.1-rasm. Sanoat pechining umumiy sxemasi.

1-yoqilg‘ini uzatish; 2- yoqilg‘i qatlami; 3-panjara; 4-o‘txona (qatlamli) 5-puflash ventilyatori; 6- regenerativ havo isitkich; 7-birlamchi havo; 8-ikkilamchi havo; 9-termik ishlov berilayotgan buyum; 10-buyumni tashish qurilmasi; 11-pechning ishchi yuzasi; 12-ta’minot nasosi; 13-qaynoq issiqlik tashuvchi (suv, bug‘); 14-qozon utilizator uzatish; 15-so‘rish ventilyatori; 16-mo‘ri; 17- kul va shlakni chiqarib yuborish.






3,2-rasm. Xalqasimon pechning sxemasi.
1-yuklash; 2-tushurish; 3-yoqilg‘i; 4- havo; 5-kuydirish sohasi; 6-sovutish soxasi; 7- toblash sohasi; 8-isitish sohasi; 9-quritilish sohasi; 10-puflash.


Shaxta pechlar – bular bo‘yi cho‘zilgan, ko‘ndalang kesimi yumaloq, yassi yoki to‘g‘ri burchakli bo‘lgan inshootdir. Bunday pechlarga domna pechlari misol bo‘ladi.


Sanoat pechi tuzilishini kamerali pech misolida ko‘rib chiqaylik (3 - rasm)
Bu yerda issiqlik manbai sifatida panjarali cho‘g‘donda yondiriladigan qattiq yoqilg‘idan foydalaniladi. Lekin, bizga ma’lumki eng qulay yoqilg‘i gaz yoki suyuq yoqilg‘i hisoblanadi. Qatlamli o‘txona 4 dagi panjarali cho‘g‘don 3 ostiga puflash ventilyatori 5 orqali birlamchi havo 7 o‘tkaziladi. Ikkilamchi havo 8 ni o‘tkazish bilan pechning ishchi yuzasi 2 dagi temperatura boshqarilib turiladi. Qurilmaning F.I.K.ni oshirish maqsadida qozon utilizator 14 o‘rnatiladi. Qozonga pechda ishlab bo‘lgan qaynoq tutun gazlari keladi. Qozonga ta’minot nasosi 12 orqali ta’minot suvi uzatiladi. Olingan bug‘ yoki qaynoq suv 13 isitish va elektr energiyasi olish uchun ishlatilishi mumkin.
Sanoat pechining asosiy ko‘rsatkichlariga pechning F.I.K., p, yoqilg‘ining solishtirma sarfi Bp, issiqlikning solishtirma sarfi qp va issiqlik unumdorligi Qp lar kiradi:


,

bu yerda GP – pechning maxsuloti, kg/s; Qf – foydalanilgan issiqlik.


Sanoat pechlari uchun yuqoridagi ko‘rsatkichlarning o‘rtacha qiymati quyidagiga teng:
; ;

VP =0,0030,03m3/s; qP=100010 000 J/kg.


Yoqilg‘ining yonish jarayoni kechadigan qurilma o‘txona deyiladi. Yonish jarayonining borishini ta’minlaydigan va boshqaradigan uskunalar majmui o‘txona qurilmasi deyiladi. Har qanday o‘txonani yondirish qurilmasi bilan o‘txona bo‘shlig‘i (kamerasi) ning qo‘shilmasidan iborat deb qarash mumkin. Qattiq yoqilg‘ini yoqishda yoqilg‘i bo‘laklarini tutib turadigan panjarali cho‘g‘don yondirish qurilmasi bo‘lib xizmat qiladi. Suyuq va gaz holatidagi yoqilg‘ini yoqishda o‘txonaga to‘zitilgan yoqilg‘ini va yonish uchun zaruriy havoni purkab beradigan forsunka yoki gorelkalar yondirish qurilmasi bo‘ladi. O‘txona va uning yo‘llarida qozonni isish sirtlari joylashadi, ular o‘txonada yoqilg‘i yonganda hosil bo‘ladigan issiqlikni o‘ziga oladi. Hozirgi o‘txonalarda yoqilg‘i shunchalik yuqori temperaturada yonadiki, yoqilg‘ining yonishi natijasida hosil bo‘lgan kul suyuqlanib shlakka aylanadi. O‘txonaning yuqori temperaturasi va o‘txona devoriga o‘tirib qolgan suyuqlangan shlak ta’sirida o‘txonaning ichki qoplamasi tez yemirilishi mumkin. Bundan tashqari, tutun gazlar bilan birga chiqib ketayotgan kulning suyuq zarralari isitish sirtlariga o‘tirib, issiqlik uzatilishini yomonlashtiradi. Shu sababli o‘txona devorlari ekranlanadi, ya’ni ularning oldiga ichida suv aylanib yuradigan metall quvurlar o‘rnatiladi. Yoqilg‘ini yoqish usuliga qarab o‘txonalar qatlamli va kamerali o‘txonalarga bo‘linadi. Qatlamli o‘txonalarda qattiq yoqilg‘i qatlam usulida yoqiladi. Kamerali o‘txonalar changsimon holidagi qattiq yoqilg‘i, suyuq va gaz holidagi yoqilg‘ini yoqishga mo‘ljallangan. Kamerali o‘txonalar mash’alali va uyurmali o‘txonalarga bo‘linadi.


Qatlamli o‘txonaning asosini panjarali cho‘g‘don tashkil etadi. Panjarali cho‘g‘don ustiga ma’lum qalinlikda qattiq yoqilg‘i teng joylashtiriladi va panjara ostidan yonish uchun zarur bo‘lgan havo tabiiy ravishda yoki majburan uzatiladi.
Panjarali cho‘g‘don yoqilg‘ini tutibgina qolmasdan yoqilg‘iga havoni o‘tkazish, kul va shlakni kulxona tomonga uzluksiz o‘tkazib turish vazifalarini ham bajaradi. Cho‘g‘dondagi hamma teshik va tirqishlarni ko‘ndalang kesimlari yig‘indisi panjaraning jonli kesimi deyiladi. Panjarali cho‘g‘don o‘lchamlari yoqilg‘i turi va uning bo‘laklarining katta kichikligiga mos ravishda tanlanadi. Cho‘g‘don asosan cho‘yandan quyib ishlanadi va yuzasi katta bo‘lganda, u bir necha bo‘lakdan tashkil topadi.
Qatlamli o‘txonalarning quyidagi turlari mavjud:
Qo‘zg‘almas cho‘g‘donli va qo‘zg‘almas qatlamli o‘txonalar yoqilg‘i qatlamini aralashtirib harakatlanadigan cho‘g‘donli o‘txonalar Qo‘zg‘almas cho‘g‘don ustida harakatlanuvchi qatlamli o‘txonalar
Hozirgi paytda qo‘lda xizmat ko‘rsatiladigan o‘txonalar juda kam uchraydi. Ulardan unumdorligi kam (1-2m/soatgacha) bo‘lgan qozonlarda foydalaniladi. Faqat ba’zi jarayonlar mexanizatsiyalashgan o‘txonalar yarim mexanizatsiyalashgan deyiladi. Bunday o‘txonalarda mexanizatsiyalashgan tashlagichlar ishlatiladi, ular juda mashaqqatli ishdan - yoqilg‘ini cho‘g‘donga qo‘lda tashlashdan ozod qiladi . Bunday o‘txonalarni qo‘llash qozon unumdorligini 6,5 – 10m/soatgacha oshirish imkonini beradi. Mexanizatsiyalashgan zanjirli cho‘g‘donni qo‘llash qozonning bug‘ unumdorligini 150 m/soat gacha oshirish imkonini beradi Zanjirli cho‘g‘don yoqilg‘i qatlam – qatlam qilib yoqiladigan hozirgi zamon kuchli o‘txona uskunalarining asosiy qismi hisoblanadi. Yoqilg‘i bunker 1 dan harakatlanayotgan zanjirli cho‘g‘don 4 ga tushadi. U bir – biriga parallel joylashgan uzluksiz ikkita zanjirdan iborat bo‘lib,ularga cho‘g‘donlar mahkamlangan.




Yüklə 0,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin