2.2 Statistik qamrov 2.2.1 Statistik qamrov 2.2.1.1 Ma’lumotlarning statistik qamrovi
Ma’lumotlarning geografik qamrovi Qoraqalpog‘iston Respublikasi, 12 ta viloyat va Toshkent
shahrini o‘z ichiga oladi.
Asosiy kapitalga investitsiyalar umumiy hajmi quyidagi investitsiya faoliyatlarini o‘z ichiga
oladi:
a) yirik korxonalar;
b) kichik korxona va mikrofirmalar;
v) investitsiya faoliyatini olib boruvchi notijorat tashkilotlari hamda
g) uy xo‘jaliklarining yakka tartibdagi uy-joy qurilishi va kapital ta’mirlash qismidagi faoliyatini
baholash asosida.
2.2.1.2 Statistik qamrovdan istisnolar
Hech qanday istisnolar yo‘q.
2.2.1.3 Aniqlanmagan faoliyat
Yashirin iqtisodiyot hisobga olinmaydi.
2.3 Tasniflash/sektorlar bo‘yicha taqsimlash 2.3.1 Tasniflash/sektorlar bo‘yicha taqsimlash Faoliyat turlari bo‘yicha taqsimlash O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiy faoliyat turlari
tasniflagichi (OKYeD 2-nashr) ga muvofiq amalga oshiriladi, mazkur tasniflagich Yevropa
Ittifoqidagi iqtisodiy faoliyat tasniflagichi (KDYeS 2-nashr) ga mosdir.
Hisobning asosiy birligi bu – institutsional birlikdir.
2.4 Hisobga olish asoslari 2.4.1 Baholash Nomoliyaviy aktivlarga investitsiyalar: . Nomoliyaviy aktivlarga investitsiyalarning statistik
hisobi, qo‘shimcha qiymat solig‘ini qo‘shgan holda, hisobot davrida amaldagi narxlarda, to‘lov
amalga oshirilgan paytdan qat’iy nazar, haqiqatda o‘zlashtirilgan hajm miqdorida amalga
oshiriladi.
Investitsiyalarning taqqoslama dinamikasi o‘zgarishlarini, korxona
va tashkilotlarning investitsiya faoliyati natijalarining aks etishini tahlil qilish uchun nisbiy
ko‘rsatkichdan foydalaniladi. Bu ko‘rsatkich, inflyatsiya jarayonlarini hisobga olgan holda
taqqoslanayotgan davrlarda investitsiya hajmlari o‘zgarishini tavsiflovchi asosiy kapitalga
investitsiyalarning fizik hajm indeksi hisoblanadi.