Asoslar Qonuniy asoslar


O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi



Yüklə 119,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/14
tarix14.12.2023
ölçüsü119,01 Kb.
#178890
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14
15-mavzu Kreditlash

O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi 
Jamoatchilikka e’lon qilinayotgan bosma statistik nashrlar, axborotnomalar, ommaviy axborot 
vositalarida berilayotgan ma’lumotlarning Davlat statistika qo‘mitasi tomonidan ishlab 
chiqilganligi uning logotipi va izohlari orqali aniq belgilanadi. 


1.2.4 Uslubiyatlar, ma’lumotlar manbasi va statistik usullardagi asosiy o‘zgarishlar haqida 
oldindan xabardor qilish 
O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi 
Yangi uslubiyatga o‘tishdan, mavjud uslubiyatlar va usullarga sezilarli o‘zgartirishlar kiritishdan 
oldin Davlat statistika qo‘mitasi jamoatchilikni oldindan xabardor qiladi. Davlat statistika 
qo‘mitasi o‘z rasmiy veb-saytida foydalanuvchilarni qanday o‘zgarishlar kutayotganini 
tushuntiruvchi tegishli uslubiy ko‘rsatmalarni joylashtiradi. Maqolalar, yangiliklar va matbuot 
anjumanlarida kutilayotgan o‘zgarishlar jamoatchilikka yetkaziladi. 
1.3. Axloq me’yorlari 
1.3.1 Xodimlarning axloq me’yorlari bo‘yicha ko‘rsatmalar 
O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi 
Davlat statistika qo‘mitasi xodimlari uchun Odob-axloq qoidalari tasdiqlangan. Ular axloq 
kodeksiga, shu jumladan maxfiylik printsipiga rioya qilishlari, o‘zlarining vazifalarini bajarishda 
ularga taqdim etilgan har qanday ma’lumotlarni oshkor qilmasligi kerak. Ular lavozimga 
tayinlanayotganda ushbu majburiyatlar haqida tushuntirishlar beriladi. Davlat statistika qo‘mitasi 
xodimi individual ma’lumotlarni oshkor qilmaslik majburiyatini olgan shartnoma tuzishi shart. 
2. Uslubiyat 
2.1 Konseptsiya va tushunchalar 
2.1.1 Konseptsiya va tushunchalar 
Asosiy kapitalga investitsiyalar metodologiyasi Xalqaro valyuta jamg‘armasi (XVJ) 
tomonidan tavsiya etilgan xalqaro standartlarning talablariga javob beradi. 
Investitsiya: Asosiy kapitalga investitsiyalar hisoblash uslubiy asoslari O’zbekiston Respublikasi 
Davlat statistika qo‘mitasining O’zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasining 2018 yil 
30 aprel 10 sonli qarori bilan tasdiqlangan «Nomoliyaviy aktivlarga investitsiyalar umumiy 
hajmini shakllantirish bo‘yicha uslubiy nizom»; «Sistema natsionalnыx schetov
2008»//Yevropeyskaya 
komissiya, 
Mejdunarodnыy 
valyutnыy 
fond, 
Organizatsiya 
ekonomicheskogo sotrudnichestva i razvitiya, Organizatsiya ob’edinennыx natsiy, Vsemirnыy 
bank//Nyu-York 2012 g ; O’zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasining 2018 yil 26 
yanvardagi 2-son qarori bilan tasdiqlangan “Yakka tartibdagi uy-joy va hovli hududi xo‘jaliklari 
qurilishlariga aholi xarajatlarini baholash bo‘yicha uslubiy nizom”ga Shaharsozlik normalari va 
qoidalari (ShNQ 4.01.16-09) “Qurilish bahosini shartnomaviy joriy narxda aniqlash qoidalari”ga 
asosan hisoblanadi. 
Davlat statistika qo‘mitasi Xalqaro standartlar talablariga moslashtirilgan uslubiyatni qo‘llagan 
holda ishlab chiqarish indeksini hisoblashni 2004 yildan beri Xalqaro valyuta jamg‘armasi 
missiyasining tavsiyalariga muvofiq ravishda amalga oshiradi. 



Yüklə 119,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin