1.2.4 Uslubiyatlar, ma’lumotlar manbasi va statistik usullardagi asosiy o‘zgarishlar haqida
oldindan xabardor qilish
O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi
Yangi uslubiyatga o‘tishdan, mavjud uslubiyatlar va usullarga sezilarli o‘zgartirishlar kiritishdan
oldin Davlat statistika qo‘mitasi jamoatchilikni oldindan xabardor qiladi.
Davlat statistika
qo‘mitasi o‘z rasmiy veb-saytida foydalanuvchilarni qanday o‘zgarishlar kutayotganini
tushuntiruvchi tegishli uslubiy ko‘rsatmalarni joylashtiradi.
Maqolalar, yangiliklar va matbuot
anjumanlarida kutilayotgan o‘zgarishlar jamoatchilikka yetkaziladi.
1.3. Axloq me’yorlari
1.3.1 Xodimlarning axloq me’yorlari bo‘yicha ko‘rsatmalar
O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi
Davlat statistika qo‘mitasi xodimlari uchun Odob-axloq qoidalari tasdiqlangan.
Ular axloq
kodeksiga, shu jumladan maxfiylik printsipiga rioya qilishlari, o‘zlarining vazifalarini bajarishda
ularga taqdim etilgan har qanday ma’lumotlarni oshkor qilmasligi kerak. Ular lavozimga
tayinlanayotganda ushbu majburiyatlar haqida tushuntirishlar beriladi. Davlat statistika qo‘mitasi
xodimi individual ma’lumotlarni oshkor qilmaslik majburiyatini olgan shartnoma tuzishi shart.
2. Uslubiyat
2.1 Konseptsiya va tushunchalar
2.1.1 Konseptsiya va tushunchalar
Asosiy kapitalga investitsiyalar metodologiyasi Xalqaro valyuta jamg‘armasi (XVJ)
tomonidan tavsiya etilgan xalqaro standartlarning talablariga javob beradi.
Investitsiya: Asosiy kapitalga investitsiyalar hisoblash uslubiy asoslari O’zbekiston Respublikasi
Davlat statistika qo‘mitasining O’zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasining 2018 yil
30 aprel 10 sonli qarori bilan tasdiqlangan «Nomoliyaviy aktivlarga
investitsiyalar umumiy
hajmini shakllantirish bo‘yicha uslubiy nizom»; «Sistema natsionalnыx schetov
2008»//Yevropeyskaya
komissiya,
Mejdunarodnыy
valyutnыy
fond,
Organizatsiya
ekonomicheskogo
sotrudnichestva i razvitiya, Organizatsiya ob’edinennыx natsiy, Vsemirnыy
bank//Nyu-York 2012 g ; O’zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasining 2018 yil 26
yanvardagi 2-son qarori bilan tasdiqlangan “Yakka tartibdagi uy-joy va hovli hududi xo‘jaliklari
qurilishlariga aholi xarajatlarini baholash bo‘yicha uslubiy nizom”ga Shaharsozlik normalari va
qoidalari (ShNQ 4.01.16-09) “Qurilish bahosini shartnomaviy joriy narxda aniqlash qoidalari”ga
asosan hisoblanadi.
Davlat statistika qo‘mitasi Xalqaro standartlar talablariga moslashtirilgan uslubiyatni qo‘llagan
holda ishlab chiqarish indeksini hisoblashni 2004 yildan beri Xalqaro valyuta jamg‘armasi
missiyasining tavsiyalariga muvofiq ravishda amalga oshiradi.