Asoslar Qonuniy asoslar



Yüklə 119,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/14
tarix14.12.2023
ölçüsü119,01 Kb.
#178890
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
15-mavzu Kreditlash

2.4.2 Hisobga olish asosi 
Tranzaksiya va oqimlar 2008 yilgi MHT (SNS) tavsiyalariga muvofiq keladigan hisoblash usuli 
bilan ro‘yhatga olinadi. 
2.4.3 Yalpi/sof ko‘rsatkichlarni hisoblash tartib-taomillari 
Nomoliyaviy aktivlarga investitsiyalar hajmiga iqtisodiy faoliyatning barcha turlaridagi yuridik 
shaxslar o‘zlashtirgan investitsiyalar, shuningdek, jismoniy shaxslar tomonidan turar joy va 
noturar joy ob’ektlar qurilishida, ko‘p yillik o‘simliklari va zotli yirik qoramollar o‘zlashtirilgan 
investitsiyalar kiradi.
Statistik taxlilni o‘tkazish maqsadlarida asosiy kapitalga investitsiyalar quyidagi asosiy 
kesimlarda shakllanadi: qo‘yilma turlari, texnologik, takror ishlab chiqarish tarkiblari, iqtisodiy 
faoliyat turlari, moliyalashtirish manbalari bo‘yicha 
3. Aniqlilik va ishonchlilik 
3.1 Birlamchi ma’lumotlar 
3.1.1 Birlamchi ma’lumotlarni yig‘ish asoslari 
Keng qamrovli va muntazam yangilanadigan korxonalar reyestri asosida korxonalarda statistik 
kuzatuvlari o‘tkaziladi.
Statistik faoliyatni amalga oshirish uchun Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 25 sentyabrdagi 
"Korxonalarning yagona davlat registri to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash to‘g‘risida"gi 274-son 
qaroriga muvofiq faoliyat ko‘rsatuvchi keng qamrovli va muntazam yangilanadigan korxonalar 
registri (Korxonalarning yagona davlat registri) hamda Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 9 
fevraldagi «O’zbekiston Respublikasi Prezidentining «Tadbirkorlik sub’ektlarini davlat 
ro‘yxatidan o‘tkazish va hisobga qo‘yish tizimini takomillashtirish to‘g‘risida» 2016 yil 28 
oktyabrdagi PQ-2646-son qarorini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 66-son qarori 
hisoblanadi. 
Korxonalar registrini yuritish tartibi (jumladan, yangi korxonalarni qo‘shish, faoliyatini 
to‘xtatgan korxonalarni chiqarish, mulkchilik shaklini o‘zgartirish) belgilangan talablarga mos 
keladi. Ma’lumotlar yig‘ish dasturining keng qamrovli xususiyatini ta’minlash maqsadida 
shakllangan ma’lumotlar doimiy ravishda tahlil qilinadi. Ro‘y berayotgan jarayonlarni hisobga 
olgan holda hisobot shakllari vaqti-vaqti bilan ko‘rib chiqiladi.
Davlat statistika hisobotlarining birlamchi statistik ma’lumotlari bazasida, asosiy kapitalga 
investitsiyalar shakllantiriladi. 
Nomoliyaviy aktivlarga investitsiyalarning umumiy hajmi yilda bir marta quyida keltirilgan 
davlat statistika hisobotlari va kuzatuvlari tomonidan aniqlangan ma’lumotlar asosida 
shakllantiriladi. 
2-invest qurilish (choraklik) shakli hisobotini iqtisodiy faoliyatning barcha turlarini amalga 
oshiruvchi(kichik korxonalar, mikrofirmalar, fermer xo‘jaliklari va notijorat tashkilotlardan 


tashqari), barcha mulkchilik shaklidagi yuridik shaxslar (qurilish xo‘jalik boshqaruv organlarini 
qo‘shgan holda) taqdim etadilar. Yuridik shaxs o‘zining alohida bo‘linmalari ma’lumotlarini 
qo‘shgan holda shaklni to‘ldiradi. 
1-KB shakli (yillik) “Mikrofirma va kichik korxonaning hisoboti” – barcha mulkchilik shaklidagi 
mikrofirma va kichik korxonalar taqdim qiladilar
1-FX shakli (yillik) “Fermer xo‘jaligi faoliyati to‘g‘risida hisobot” – fermer xo‘jaliklari taqdim 
etadilar; 
1-notijorat shakli (yillik) “Notijorat tashkilotining faoliyati to‘g‘risida hisobot” Notijorat 
tashkilotlari (jamoat birlashmalari, ijtimoiy fondlar, nodavlat muassasalar, fuqarolarning o‘zini 
o‘zi boshqarish organlari va xususiy uy-joy mulkdorlarining shirkatlari (XUJMSh) dan tashqari) 
taqdim qiladilar
1-NNT shakli (yillik) “Nodavlat notijorat tashkilotining faoliyati to‘g‘risida” Jamoat 
birlashmalari, ijtimoiy fondlar, nodavlat muassasalar, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish 
organlari taqdim qiladilar; 
4-qurilish shakli (yillik) “Jismoniy shaxslar tomonidan yakka tartibda qurilgan turar joylarni va 
noturar binolarni foydalanishga topshirish to‘g‘risida hisobot”- Yergeodezkadastr davlat 
qo‘mitasining shahar, tuman organlari taqdim qiladilar. 
1-DX shakli (yilda ikki marta) “Dehqon(shaxsiy yordamchi) xo‘jaliklari faoliyatlari - mahallalar 
fuqarolar yig‘inlari taqdim qiladidilar;
1-TJ so’rovnomasi (bir martalik) “Foydalanishga topshirilgan yakka tartibdagi uy-joyn tanlanma 
kuzatuv so‘rovnomasi”- statistika organlari tomonidan kuzatuv o‘tkaziladi.
1-bozor narxlari blankasi (oyda uch marta) “Dehqon bozorlarida narxlarni ro‘yxatga olish 
blankasi”- statistika organlari tomonidan kuzatuv o‘tkaziladi 
Har chorakda nomoliyaviy aktivlarga investitsiyalarning umumiy hajmi tezkor tartibda yirik 
korxonalarning hisobot ma’lumotlari asosida va boshqa yuridik shaxslar (investitsiya faoliyati 
bilan shug‘ullanuvchi kichik korxona va mikrofirmalar, fermer xo‘jaliklari, notijorat tashkilotlari) 
investitsiyalari hajmini hamda uy xo‘jaliklari faoliyatini (har bir kategoriya bo‘yicha alohida) 
baholash asosida hisoblanadi. 
Nomoliyaviy 
aktivlarga 
investitsiyalarning 
choraklik 
hajmini 
tezkor 
baholash 
investitsiyalarning alohida guruhlari va korxonalar kategoriyalari bo‘yicha amalga oshiriladi.
Foydalanishga topshirilgan yakka tartibdagi uy-joylarning qiymati O’zbekiston 
Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasining 2018 yil 26 yanvardagi 2-son qarori bilan 
tasdiqlangan “Yakka tartibdagi uy-joy va hovli hududi xo‘jaliklari qurilishlariga aholi 
xarajatlarini baholash bo‘yicha uslubiy nizom”ga asosan har chorakda hisoblanadi.
Har chorakda yakka tartibdagi noturar joy ob’ektlari quruvchilarining qurilish ishlari hajmi 
(pudrat tashkilotlarini jalb qilmasdan) Yergeodezkadastr davlat qo‘mitasining shahar va 
tumanlardagi organlari tomonidan taqdim qilinadigan hisobotlari ma’lumotlari asosida 
shakllantiriladi.
Joriy davrda sotib olingan meva ko‘chatlari, uzumzorlar va tutzorlarning qiymati har gektarda 
ekilgan xar bir ko‘chat turi va soni bo‘yicha bir ko‘chat narxida aniqlanadi.
1-DX shakldagi ma’lumotlar asosida qoramollar, qo‘ylar va echkilar, otlar, tuya va cho‘chqalar 
bosh soni bo‘yicha ko‘rsatkichlar aniqlanadi. Maxsus koeffitsiyentdan foydalanib, umr ko‘rish 
davomiyligidan kelib chiqqan holda, asosiy kapitalning jamg‘arilishi sifatida hisoblanadigan
chorvalarning soni aniqlanadi. Olingan ma’lumotlar dehqon bozorlarini o‘rganish natijalari(1-
bozor) asosida aniqlanadigan bir chorvaning narxiga ko‘paytiriladi va shu asosida uy 


xo‘jaliklarining chorvalarni sotib olish xarajatlarining umumiy hajmi shakllantiriladi. 
Tadbirkorlik faoliyati uchun yuridik shaxs tashkil etmasdan yakka tartibdagi tadbirkorlar 
tomonidan mashina, uskuna, qishloq xo‘jaligi texnikasini, transport vositalarini sotib xarajatlarini 
baholash jo‘natilgan sanoat mahsulotlari,asosiy tovar guruhlari bo‘yicha import hajmi(tashqi 
savdo statistikasi) bo‘yicha ma’lumotlar va yakuniy iste’mol uchun avtomobillarning xaridi 
bo‘yicha taxminiy ma’lumotlar asosida amalga oshiriladi.

Yüklə 119,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin