Asoslar Qonuniy asoslar



Yüklə 119,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/14
tarix14.12.2023
ölçüsü119,01 Kb.
#178890
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
15-mavzu Kreditlash

0.2 Resurslar 
0.2.1 Kadrlar, moddiy-texnika bazasi, kompyuter vositalari va moliyalashtirish 
Asosiy kapitalga investitsiyalarni shakllantirish bilan Markaziy apparatda 8 nafar xodim va 
hududiy statistika boshqarmalarining investitsiya va qurilish bo‘limlarida 2-3 nafar xodim 
shug‘ullanadi. 
Xodimlar soni investitsiya statistikasi bo‘yicha statistik ma’lumotlarni shakllantirish uchun 
qo‘yilgan vazifalarni bajarish uchun yetarli. 
Barcha xodimlar iqtisodiy va investitsiya sohasida oliy ma’lumotga ega va har ikki yilda kamida 
bir marta Davlat statistika qo‘mitasining Kadrlarni qayta tayyorlash va statistika tadqiqotlari 
markazida malakasi oshiriladi.
Har bir ish o‘rni shaxsiy kompyuter bilan ta’minlangan, dasturiy ta’minot muntazam yangilanib 
turiladi. 


Taqdim etilayotgan moliyaviy resurslar qurilish statistikasi bo‘yicha Davlat statistika ishlari 
dasturida belgilangan ishlarni bajarish uchun yetarli. 
1. Beg‘arazlik 
1.1 Kasbiy mahorat 
1.1.1 Statistikaning xolisligi 
O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi 
“Rasmiy statistika to‘g‘risida”gi Qonunining 6-moddasiga asosan, rasmiy statistikasining asosiy 
printsiplari, jumladan beg‘arazlik va xolislik hisoblanadi. 
“Rasmiy statistika to‘g‘risida”gi Qonunining 13-moddasiga asosan, Davlat organlari, boshqa 
tashkilotlar va ularning mansabdor shaxslari davlat statistika organlarining ushbu Qonunga 
muvofiq amalga oshirilayotgan faoliyatiga aralashishga haqli emas. 
Hududiy statistika boshqarmalari, tumanlarning (shaharlarning) statistika bo‘limlari mahalliy 
davlat hokimiyati organlaridan mustaqil bo‘lib, bevosita vakolatli davlat organiga bo‘ysunadi. 
Mazkur statistik ma’lumotni ishlab chiqishda boshqa davlat organlarining aralashishiga yo‘l 
qo‘yilmagan va kasbiy mustaqillik to‘liq ta’minlangan. 
Kadrlarni tanlab olish va ularni yuqori lavozimlarga tayinlashda, ularning statistika sohasida 
tajribasi va kasbiy malakasi e’tiborga olinadi. Boshqarma xodimlari malakasini oshirish Davlat 
statistika qo‘mitasi huzuridagi Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti 
tomonidan tashkil etiladigan o‘quv kurslarida hamda xalqaro tashkilotlar tomonidan tashkil 
etiladigan o‘quv kurslari, o‘quv-amaliy seminarlarda ishtirokini ta’minlash orqali ta’minlanadi. 
Boshqarma xodimlari Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar institutida tashkil 
etilgan o‘quv kurslarida ma’ruzalar bilan ishtirok etadi. Ommaviy axborot vositalarida 
Boshqarma xodimlarining ilmiy maqolalarini e’lon qilib borish tashkil etilgan. 

Yüklə 119,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin