Investitsiyalarning taqqoslama dinamikasi o‘zgarishlarini,
korxona va tashkilotlarning
investitsiya faoliyati natijalarining aks etishini tahlil qilish uchun nisbiy ko‘rsatkichdan
foydalaniladi. Bu ko‘rsatkich, inflyatsiya jarayonlarini hisobga olgan holda taqqoslanayotgan
davrlarda investitsiya hajmlari o‘zgarishini tavsiflovchi asosiy kapitalga investitsiyalarning fizik
hajm indeksi hisoblanadi.
Yuridik shaxslarning asosiy kapitalga investitsiyalariga indeks deflyatori qurilish-montaj ishlari,
mashina, uskuna va boshqa kapital ishlar hamda xarajatlarning
asosiy kapitalga
investitsiyalarning umumiy hajmidagi muayyan ulushlari bo‘yicha hisoblangan narx
indekslarining umumlashtirilgan ko‘rsatkichi sifatida hisoblanadi.
Asosiy kapitalga investitsiyalarning fizik hajm indeksini hisoblash
taqqoslanayotgan davrlarda
qiyosiy narxlarga keltirilgan investitsiya hajmlarini taqqoslash yo‘li bilan quyidagi formula
bo‘yicha amalga oshiriladi:
If.o. = (V1 : Vo) : Idefl *10000,
bu yerda, If.o – fizik
hajm indeksi, %;
V1, Vo – tegishli ravishda hisobot davri va o‘tgan yilning shu davriga amaldagi narxlarda
investitsiyalarning hajmi;
Idefl –
indeks-deflyator, %.
O’tgan yilning tegishli davriga nisbatan fizik hajm indeksi yig‘ma indeks-deflyator – yuridik va
jismoniy shaxslarning asosiy kapitalga investitsiyalari hajmlarining o‘rtacha umumlashtirilgan
indeksini qo‘llash orqali hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: