Mehnat psixologiyasi - turli mehnat faoliyatining psixologik xususiyatlarini o’rganadi.
Modellashtirish - bilim ob'ektlarini modellar asosida qarama - qarshi qilish qandaydir hodisa va jarayonlarning o’rnini bosuvchi, taqdim etuvchi bajaruvchi sifatidagi modellarni tadqiq qilish va yaratish.
Musiqiy psixologiya - san'at psixologiyasining sohasi bo’lib, odamga va uning faol musiqa faoliyatiga ta'sirini o’rganadi.
Muhandislik psixologiyasi - psixologiyaning tarmog’i, odam mehnatining psixologik xususiyatlarini, faoliyat jarayonida texnika vositasi bilan munosabatda bo’lishini o’rganadi.
Neyropsixologiya - muayyan psixik jarayonlar sodir bo’lishini ta'minlaydigan neyron tarmoqlarini o’rganuvchi fan.
Ong va faoliyat birligi - psixologiyaning ong bilan faoliyatning birligi, uning o’zaro bog’liqligini e'tirof etuvchi g’oya
Proektiv metod (lot. Prjektus - oldinga tashlangan, yunon. methodos - tadqiqot) - shaxsni tadqiq qilish metodlaridan biri. Bu metoddanmas., tajriba vaziyatlarida rasmlar idrok qilinib, uning talqini beriladi.
Prinsip (yunon. principium boshlanqich asos) - biror bir narsaning ta'lim nazariyasi yoki fan, dunyoqarashning kelib chiqish asoslari, u odamning ichki e'tiqodi bo’lib, o’ziga, borliqda, boshqalarga bo’lgan munosabatida namoyon bo’ladi.
Statistik metod (lot. status - holat, yunon. methodos - tadqiqot) - o’tkazilgan tadqiqot natijalarini miqdoriy hisoblab chiqish usuli.
Suhbat - psixologiya metodlaridan biri, nutq muloqoti yordamida bevosita yoki bavosiga ma'lumot olinadi.
Tabiiy eksperiment (lotin. experimenum - sinov, tajriba) - tekshiriluvchini o’ziga bildirmagan holda uni o’yin, o’qish yoki mehnat faoliyatida o’rganishdan iborat psixologik tajriba.
Test (ing. test - tekshirmoq) standartlashtirilgan psixologik sinov. Buning natijasida u yoki bu holdagi psixik jarayon baholanadi, shaxs bir butunligicha yoki uning ayrim xususiyatlari o’rganiladi.