Psixologik tadqiqot bosqichlari
Xulosalarni aniq
ifoda qilish va ma'lumot-
larni interpretasiya qilish.
Ma'lumotlarni miqdoriy ishlab
chiqish tadqiqoti: o'rta katta-
liklar uzunliklarni aniqlash,
ma'lumotlarni birlashtirish,
koeffisentlarni korrelasiyalash va
boshqalar. Grafiklar tuzish
.
Faktli ma'lumotlarni yig'ish
va aniqlangan ta'minlovchi
turlari. Buning uchun
turli metodlardan
foydalaniladi va bos-
qichlarga ajratiladi.
Tayyorlovchi bosqich -
ma'lum masaladagi savollarni
o’rganish ishchi farazni o’rganish
tadqiqot metodikalarini
ishlab chiqish.
Har bir fan taraqqiyotining asosiy sharoitlaridan biri uning malum darajada mumkin qadar obektiv, aniq ishonchli uslublarga ega ekanligidir. Metod - uslubning manosi biror narsaga borish yo’li demakdir. Umuman psixologiyada inson psixikasini tadqiq qilishda metodlarning turli tasnifi mavjuddir.
Tadqiqot metodlarini ilmiy jihatdan tahlil qilgan rus psixologi B.G.Ananev mazkur metodlarni xususiyatlariga qarab klassifikasiya qilgan.
B.G.Ananev psixikani o’rganish metodlarini turli guruhga ajratib, o’rgangan:
A) tashkiliy guruhga - qiyoslash, longityud, kompleks metodlari kiradi;
B) emperik guruhga kuzatish, eksperiment, suhbat, so’rovnoma, test, faoliyat mahsulini o’rganish metodi, biografiya, sosiometriya;
V) natijalarni qayta ishlash yoki statistik metodlar;
G) sharhlash guruhiga genetik va donalash metodlari kiradi.
B.G.Ananev tomonidan ajratilgan klassifikasiyaga ko’ra, tadqiqot ishlarida
foydalaniladigan asosiy metodlar emperik guruh metodlari hisoblanadi. Shunday bo’lsada boshqa guruh metodlariga ham qisqacha to’xtalib o’tamiz.
Tadqiqot metodlarining birinchi tashkiliy guruhi o’z ichiga qiyoslash, longityud (uzluksiz), kompleks (ko’pyoqlama) deb ataladigan turlarni qamrab oladi.
Dostları ilə paylaş: |