Asqarov doniyorning tayyorlagan mustaqil ishi


Daromat samarasi va almashtirish samarasi



Yüklə 98,14 Kb.
səhifə2/6
tarix07.01.2024
ölçüsü98,14 Kb.
#204946
1   2   3   4   5   6
DAROMAD SAMARASI VA ALMASHTIRISH SAMARASI

Daromat samarasi va almashtirish samarasi.

Daromad samarasi - bu ne′mat narxi o`zgarishi (almashish samarasi
hisobga olinmaganda) natijasida real daromad o`zgarishining iste′molchi
talabiga ta′siridir. Daromad samarasi iste′molchining sotib olish
imkoniyatini oshganligini ko`rsatadi va u bir byudjet chizig`idan boshqa
byudjet chizig`iga iste′molchining optimal tovarlar majmuasiga o`tishini
aks ettiradi.
Almashish samarasi - bu naflik darajasi o`zgarmaganda, tovarlar
narxi o`zgarishi munosabati bilan iste′mol tovarlariga talab tarkibining
o`zgarishidir. Almashish samarasi biror X ne′mat narxini o`zgarishi
natijasida biror Y ne′matni qo`shimcha X ne′mat bilan almashtirilishini
ifodalaydi. Bu almashtirish befarqlik egri chizig`i bo`yicha bo`ladi. Bozor
sharoitida daromad samarasi va almashtirish samarasini ajratilishi,
tovarlarga narx belgilashdagi qonuniyatlarni yaxshiroq tushunishga yordam
beradi Past kategoriyali tovarlar uchun daromad va almashtirish samaralari
o`z xususiyatlariga ega
DAROMAD – ISTE’MOL CHIZIG’I. Engel chiziqlari.
Daromadning o‘zgarishi byudjet chizig‘ini o‘ziga parallel ravishda siljishiga olib keladi, nima uchun deganda, narxlar nisbati o‘zgarmaydi. Daromad oshganda, byudjet chizig‘i o‘ngga - yuqoriga siljiydi, kamayganda pastga – chapga siljiydi. Xuddi shunday siljishlar ne'matlar narxi bir xil o‘zgarganda ham sodir bo‘ladi. Narxlarning pasayishi real daromadni oshiradi, natijada byudjet chizig‘i o‘ngga - yuqoriga siljiydi. Xuddi shunday narxlarning o‘sishi, real daromadni kamaytiradi - byudjet chizig‘i pastga-chapga siljiydi. Real daromadning o‘sishi natijasida byudjet chizig‘i A1, A2, A3,... An holatlarga ketma - ket siljiydi.
Normal va past sifatli tovar uchun daromad – iste’mol chizig’i
Daromadlarning o‘zgarishiga mos ravishda iste'molchining yangi holatdagi muvozanat E1, E2,E3,…En nuqtalari o‘rnatiladi. Ushbu muvozanat nuqtalarini tutashtiruvchi chiziqni amerikalik olim J.Xiks «daromad-iste'mol» chizig‘i deb atadi va bu chiziq ilmiy adabiyotlarda «turmush darajasi» chizig‘i deb ham ataladi.
Chizmaning ordinata o’qiga past sifatli tovar, absissa o’qiga normal sifatli tovar joylashtirilgan. Ko’rinib turganidek, daromad minimal vaqtida past sifatli tovar ko’proq, normal tovar nisbatan kamroq miqdorda sotib olinyapti. Daromad ortishi bilan normal tovarning miqdori ko’payib, past tovarning miqdori esa kamayib boraveradi.
Endi absissa o’qiga past sifatli tovarni, ordinata o’qiga normal tovarni joylashtiraylik
Past va normal sifatli tovarlar uchun daromad – iste’mol chizig’i
Ko’rinib turganidek, daromad ortib borishi bilan past sifatli tovar iste’moli avval ortib boradi, daromad ma’lum miqdorga yetgach kamayishni boshlaydi. Normal tovar iste’moli esa doim ortib boruvchanlik xususiyatini namoyon qiladi.
Endi absissa o’qiga ham, ordinata o’qiga ham normal sifatli tovar qo’yib tahlil qilamiz.

Normal sifatli tovarlar uchun daromad – iste’mol chizig’i


Chizmadan ko’rinib turganidek, daromad ortib borishi bilan ikkala tovarning iste’moli ham bir xilda ortib boradi. Daromad – iste’mol chizig’i absissa o’qi bilan ham, ordinata o’qi bilan ham bir xil 45° li burchak tashkil qiladi.
Demak, daromad iste’mol chiziqlari tovarlarning narxi o’zgarmaganda, daromad o’zgarishi bilan iste’molchining tovar tanlovi holatining bir holatdan ikkinchisiga o’tishini aks ettiradi.

Nemis olimi Ernst Engel iste’molchi daromadi o’zgarishining iste’mol tarkibiga qanday ta’sir qilishini o’rganib chiqqan. Buning uchun u iste’molchi daromadi o’zgarganda oziq – ovqat mahsulotlariga, standard sifatli sanoat mahsulotlariga va oliy sifatli tovar va xizmatlarga bo’lgan talabining o’zgarishini tadqiq qilgan. Engel o’z tadqiqotlari yakunida izlanishlari natijalarini grafik shaklida tasvirlagan va bu grafik fanga “Engel chiziqlari” nomi bilan kirgan.

Engel chiziqlari
Absissa o’qiga R – iste’molchi daromadi joylashtirilgan. Ordinata o’qida esa Q – sotib olinadigan tovarlar miqdori berilgan. Bu grafikda Q1oziq – ovqat mahsulotlariga bo’lgan talab miqdorini, Q2 standard sifatli sanoat mahsulotlariga bo’lgan talab miqdorini, Q3 esa oliy sifatli tovar va xizmatlarga bo’lgan talab miqdorini bildiradi.
Grafikdan ko’rinib turibdiki, oziq – ovqat mahsulotlariga bo’lgan talab daromadning har qanday holatida mavjud. Chunki, inson yashashi uchun oziq – ovqat mahsulotlarini albatta iste’mol qilishi kerak. Iste’molchining daromadi ortib borishi bilan oziq – ovqat mahsulotlariga talab ortib boradi, lekin juda katta sur’at bilan emas. Bizning grafikda Q1 R ortishi bilan asta – sekin ortib bormoqda, lekin iste’molchi daromadi 9 ga yetgandan so’ng iste’mol tovarlariga talab deyarli o’zgarishsiz holatga kelib qoladi. Chunki insonning oziq – ovqat mahsulotlariga bo’lgan talabi cheksiz o’suvchi emas, boshqacha qilib aytganda inson nochor bo’lsa ham, milliarder bo’lsa ham bir kosa ovqatga qorni to’yadi. Iste’molchilarning standard sifatli sanoat mahsulotlariga talabi daromadi ma’lum darajaga bizning grafikda 3 ga yetgandan so’ng boshlanadi. Chunki, standard sifatli tovarlarga bo’lgan talab shakllanishi uchun iste’molchi avvalo oziq – ovqat mahsulotlari bilan ta’minlangan bo’lishi kerak. Negaki, hech kim qorni och holda televizor ko’rmaydi yokiyegani hech narsasi bo’lmasa, xolodilnik sotib olmaydi.
Iste’molchilarning daromadi oziq – ovqat mahsulotlaridan ortib qolishni boshlasa, ular jamg’arma tashkil qilihni boshlashadi, chunki standard sifatli tovarlarning narxi unchalik ham arzon emas va jamg’armasiz ham oziq – ovqat mahsulotlarini, ham normal sifatli tovarlarni sotib olish ancha mushkul hisoblanadi.
Grafikdan ko’rinib turganidek, iste’molchi daromadi 4 ga yetgandan so’ng, standard sifatli tovarlarga bo’lgan talab deyarli o’zgarishsiz qolib, bir xillikni namoyon qilyapti. Bu shuni anglatadiki, iste’molchi normal sifatli tovarlarga bo’lgan ehtiyojini qondirib bo’lmoqda va endi unda oliy sifatli tovarlar – zeb-ziynat buyumlari, avtomashina, qo’shimcha uchastka kabi ko’p mablag’ talab etuvchi tovarlarga talab paydo bo’la boshlaydi.
Iste’molchi daromadi 5 ga yetgach, u oliy sifatli tovarlarni sotib ola boshlaydi, uning oliy sifatli tovarlarga bo’lgan talabi o’suvchi bo’ladi, daromad 7 ga yetgach esa, talab miqdori birmuncha barqarorlashadi, chunki bu davrga kelib, oliy sifatli tovarlarga bo’lgan ehtiyoj ancha to’yingan bo’ladi va talab miqdorining ortishi emas bir miqdorda bo’lishi ham iste’molchini qanoatlantiradi.
Lekin, iste’molchining daromadi ortib boraveradi va u ortiqcha pulga standard sifatli tovarlardan ko’proq sotib oladi. 1ta televizorni ikkitaga aylantiradi yoki oddiy televizorni plazmalisiga almashtiradi.
Demak, daromad – iste’mol chiziqlari iste’molchining daromadi ortishi bilan normal yoki past sifatli tovarlarga bo’lgan talabining qay tarzda o’zgarishini ifodalaydi.
Engel chiziqlari bilan insonlarning oziq – ovqat mahsulotlari, standard sifatli sanoat mahsulotlari va oliy sifatli tovarlarga bo’lgan talabning qay tarzda o’zgarishini o’rganish mumkin.



Yüklə 98,14 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin