Asr oshgan asarlar


Shahzoda to‘shak ustida shamga yaqin o ‘tirib



Yüklə 7,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə98/161
tarix22.10.2023
ölçüsü7,98 Mb.
#159903
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   161
Navoiy romani. Oybek

Shahzoda to‘shak ustida shamga yaqin o ‘tirib,
Qur’on o ‘qish bilan mashg‘ul edi. Navkarlar ovqat
olib kelgan bo‘lsalar kerak, deb o ‘ylaganidanmi, shah­
zoda Qur’ondan boshini ko‘tarmadi, mungli tovush
bilan qiroat qilaverdi.
— Shahzodam Kalomulloga xo‘b berilgan ekan-
lar, — dedi To‘g‘onbek yaqin kelib.
M o‘min Mirzo birdan yalt etib qaradi. 0 ‘tkir ko‘z-
lariga ishonmaganday, taajjub bilan T o‘g‘onbekka ti-
kildi. Ingichka qoshlarini kindor chimirib, dedi:
— Ha, pahlavon, qayerdan? Nima qilasiz bu
yerda? N e xabarlar keltirdingiz?
— Shahzodamning holidan xabar olay, dedim, —
tutilib, g ‘uldirab javob berdi To‘g‘onbek.
— Sizlar qalin lashkar bilan keldinglar, — lablari
o ‘kinchli bir kulgi bilan yoyilib dedi M o‘min Mirzo.—
Mening yigitlarim yaxshi savashdi. Lekin, juda oz
edikda. Keyin men o ‘ylab qarasam, ko‘p xatolar ham
qilgan ekanmen, rostmi? Bir vaqt Jahongir barlos
otam bilan so‘zlashib o ‘tirib, oz kishi bilan ko‘p kishi-
ga shikast berish to‘g‘risida qiziq narsalar so ‘zlagan
edi. Men u bahodiming so'zlariga sira amal qilmab-
men.
— Yaxshi urush qildingiz, — yerga qarab dedi To‘-
g‘onbek.
— Y o‘q, — boshini chayqadi bola, — zafarga erish-
mog‘im kerak edi. Ozod bo‘lgandan so‘ng podshoh
bobom bilan so‘zlashib, ulardan jang ilmini o ‘rgana-
men — tajribalari zo‘r. Keyin maydonni ko‘p ko'rgan
beklarimizdan ham o ‘rganamen.
To‘g‘onbek allanechuk oqarib ketdi, qisildi. So‘z-
lashga majoli yo‘q, eshikka boqar edi, keyin pesho-
nasini siqib, dedi:
— Shahzodam, har bir banda awalo tangridan umr
tilashi kerak!
447



Yüklə 7,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   161




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin