Asr oshgan asarlar


N avoiy she ’riyati va N avoiy obrazi hamisha



Yüklə 7,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/161
tarix22.10.2023
ölçüsü7,98 Mb.
#159903
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   161
Navoiy romani. Oybek

N avoiy she ’riyati va N avoiy obrazi hamisha
kuchli bir quyosh kabi ko ‘nglimni tortar edi. 0 ‘z
asarlarim da shoir N avoiy obrazi yaratishga zo

m ayl, orzu, istagim bor edi. Lekin tarixga ko'z
tashlasam, N avoiy gigant, buyuk b ir siymo ho-
lida qarshimda turar edi. Yoshligimdan beri
N avoiyning o ‘Imas, abadiy she ’rlarini sevib o ‘qir
edim , uning jo zib a li g'aza lla ri borgan sari
ko ‘nglimga singib bordi, sh akl va mazmunlari
yuragimni m ast va maftun etdi.
Birinchi bob
I
Bahor quyoshi ko‘kning tiniq feruzasida Hirotning 
Gavharshod madrasasining haybatli gumbazi ustida 
porlar, gumbazning azamat peshtoqlarining naqshlari 
shol,lalarda jonli, havoiy bir chamanzor kabi turli- 
tuman olov ranglar chaqnatar, kabutarlar dam uchib, 
dam sirpanib qo‘nib, gumbaz tevaragida quvonch 
bilan inoq o‘ynashar edi. Bir tomoni xonaqoh, uch 
tomoni katakcha-hujralar bilan o‘ralgan madrasaning 
keng, tekis, chorburchak sahnidan kecha shovdirab 
o ‘tgan yomg‘ir ko‘zga ilinar-ilinmas bug‘ bo‘lib havo- 
ga ko‘tarilmoqda edi. Tolibi ilmlaming aksari bukun 
hovliga chiqishgan. Ular yapaloq g‘isht yotqizilgan 
yo‘lkalarga bo‘yralar solib dars tayyorlashadi. Ular- 
ning qay biri «Qofiya»'da, qay biri «Hoshiya»2da, qay 
biri «Shamsiya»3da. Mana bunda biri kitobni tizzasiga 
qo‘yib katta sallali boshini uzluksiz chayqab, ko‘zlari- 
ni chirt yumgan holda g‘o‘ng‘illab «Arabiyot»4ni yod- 
laydi. Nariroqda uch mullabachcha bir bo‘yra ustida 
o ‘tirib, mushkul bir masalani bahslashadi. Ulardan 
biri — sersoqol, rangpar va oriq — o ‘z mantiaining
11 M adrasalarda o'qitiladigan darslik kitoblar. 
"Arab tili qoidalari.
5


kuchini ko‘rsatishga va «haqiqat mezoni»ni o‘zicha 
ta’rif etishga astoydil tirishar, sheriklarining dalillarini 
rad etardi. Undan yoshroq, lekin o‘jarlikda undan aslo 
qolishmaydigan sheriklari qichqirib, yangi-yangi dalil- 
lar, mulohazalaming tilsimli qo‘rg‘onini bir zumda 
so‘z bilan yasab qo'yardilar. Ba’zan asl mavzu-bahs 
g‘oyib bo‘lar, ular bahs asnosida kelib chiqqan yangi 
nuqtalarga berilib, so‘z changalzorining tikanli mush- 
kilot bilan to ‘la sohalarida urina-urina, yana asli 
masalaga qaytishadi. Bahslashuvchilar ba’zan munoza- 
ra alangasida o‘zlarini unutib, bir-birlariga dag‘al ibo- 
ralar aytishar, ba’zan burgutday hurpayib, bir-birlariga 
chang solmoqqa tayyorlanganday qiziq bir vaziyatda 
bir zumgina qotishardi. Bu hoi madrasa dunyosida 
juda oddiy va tabiiy hodisa bo‘lgani uchun ulaming 
asabiy shovqiniga atrofdagilardan hech kim e’tibor 
qilmas edi.
Hujralar bo‘m-bo‘shdek ko‘rinsa ham, xonaqoh- 
ning pinjiga tiqilgan, quyoshga ters bir hujrada to ‘rt 
kishi g‘uj bo‘lib, odatdagicha, gurunglashib o ‘tirishar 
edi. Hujra tor, zaxkash. Eshikchaning lang ochiq 
bo‘lishiga, bahor quyoshida ko‘z qamashtirib porlagan 
kunduzga qaramay, bu yerda nim qorong‘ilik hukm 
surardi. Bu narsa yolg‘iz bu hujraga xos sifat emas, 
albatta. Madrasa hujralari — tolibi ilmlar maskanla- 
rining keng, bahavo bo‘lishi go‘yo odatga, an’anaga, 
butun zehniyatga zid bo‘lgandek, Sharqda madrasa 
hujralari bir-biridan hech farq qilmaydi deyish mum- 
kin... «Ilm igna bilan quduq qazish» degan qadimgi 
fikrga hujralaming andozasi yorqin bir misol bo‘lsin, 
deb bir zamonlar m e’moriy san’atda1 tolibi ilmlar 
uchun shu andozani qabul qilgan bo‘lsalar ehtimol...
Nim qorong‘i, zaxkash hujrada ulfati choming suh- 
bati uzilmas edi. Bulardan uchi tolibi ilm bo‘lib, 
to'rtinchisi bu hujra sohibining m ehm oni edi. 
Bulaming ilm darajalari, yoshlari, fe’l-huylari orasida 
katta tafovut, hatto ziddiyat bo‘lishiga qaramay,
G o'zal binolar qurish san’ati.
6


madrasaning eng qashshoqlari bo‘lganlaridan, aksar 
vaqt to ‘planib, «ikki yarim — bir butun», deganday 
ovqat tadorikini birga ko‘rishar edi. Bukun ham xuddi 
shu maqsadda yig‘ilishib, dekcha qaynatish g‘amida 
bosh og‘ritishardi. Yosh jihatdan eng kattasi — hujra 
sohibi Aloiddin Mashhadiy bo‘lib, chuvak yuzini 
dag‘al qora soqol bosgan, payvasta quyuq qoshli, har 
vaqt yarim yumuq xira ko‘zli, past bo‘yli, chamasi 
qirq yoshdagi kishi edi. U o‘n besh yildan buyon 
«Gavharshod» madrasasida, shu hujrada istiqomat 
qilar, bundan biron yoqqa qo‘zg‘alishi ham belgisiz 
edi. Aloiddin Mashhadiy o ‘z zamonasining eng 
peshqadam mudarrislarida o ‘n yillab dars olgan bo‘lsa 
ham, biron ilmda o ‘zini yorqin ko‘rsata olmagan. Bir 
necha yildan buyon ilmlardan ko‘ngli sovib, darslarga 
ko‘pincha qatnashmaydi ham. Lekin zamonaning bir 
ko‘p odamlariga muyassar bo‘lgan shoirlik baxti yoki 
baxtsizligi uni ham benasib qoldirmagan. U she’ming 
turli navlarida qalam yuritadi. Tunlarni uyqusiz 
kechirib, devon ham tartib qilgan; muammo'da o ‘zini 
yagona bo‘lmasa-da, har holda eng chapdastlardan 
hisoblaydi. Ammo uning bu sohadagi mahorati ham 
xuddi devoni kabi hanuz she’r olamiga tanilgan emas, 
bu ahvolga u g‘oyat qayg‘uradi, dard uni ich-ichidan 
kemiradi. Umidsizlik, o ‘ksiz ruh uni bir zum ham tark 
etmaydi. Shuhrat, iltifot qidirgan shoir shohlarga 
bo‘lmasa-da, beklarga, vazirlarga, hatto bulardan 
quyiroqdagilarga ham qasidalar yozib taqdim etadi. 
Savodsiz bekni «Jomi ul-ulum»2, «Xazinai maoniy»3, 
«Fuzalo va shuaro homiysi»4 deb yuksaltiradi. Uning 
sultonlarga, hatto beklarga navkar bo‘lib o‘tgan ota- 
bobosini oftob olamtob yaratilgandan beri davlati, 
iqboli zavol ko‘rmagan oliy nasabli «saltanat spehri- 
ning xurshidi»5 va hokazo puchak, lekin ko‘z qa-
1 K ich ik s h e ’r turi; sh o irla r m u a m m o d a kishi ism ini y ash irad ilar.
2
Ilm lar yig'indisi.
’ M a ’n o la r xazinasi.
4 S h o irla r va fozillam i h im o y a qiluvchi.
5 P o d sh o h lik o sm o n in in g quyoshi.
7


mashtirgich yaltiroq so‘zlar bilan madh etmoqqa 
mohir. Aloiddin Mashhadiy asabiy, jizzaki, sezgir 
shaxs; arzimagan narsaga kishidan ko‘ngli qoladi. U 
kimdan ranjisa, o‘sha soatda bir hajv ila o‘z «dush- 
man»ini so‘z balchig‘iga shunday bulg'aydiki, o‘qir- 
kan, eng chirkin hid burqib turadi.
Ikkinchi mullabachcha hirotlik o‘rta hol oilaga 
mansub Zayniddin, qaddi-qomati nozik, xushmuoma- 
la, xushsuhbat, havoyi tabiatli yigirma-yigirma bir 
yashar yigit edi. U to ‘rt-besh yildan buyon tahsil ko‘- 
rib, ba’zi ilmlarda ancha ilgarilagan. Arab va fors 
tillarini yaxshi egallagan. Lekin havoyi tabiatli bo‘lishi 
va hayotda ziynatni, xursandchilikni sevishi orqasida 
tahsilga uncha qunt qilmaydi. Ko‘proq vaqtini san’at- 
larga bag‘ishlaydi. Madrasa ahli orasida u o‘zining 
husnixati bilan mashhur. Bundan tashqari, yaxshi kuy- 
laydi, g‘ijjakni go‘zal chaladi: keyingi vaqtlarda otasi 
bilan orasi buzilib qolgach, faqirlikka tushdi. Bu 
madrasada va o ‘zga madrasalarda bo‘lgan asilzoda, 
sohibi davlat1 talabalaming va Hirotdagi bekzoda, 
vazirzodalaming kechki bazmlariga, yig‘inchoqlariga 
borib, kuyi, sozi bilan o‘ltirishni qizitib, qomini 
to ‘ydirar edi.
Uchinchi talaba ikki yil burun Shahrisabzdan tah­
sil uchun kelgan do‘ng peshonali, miqti gavdali, 
o ‘tkir, yirik ko‘zli o‘n sakkiz yashar Sultonmurod edi. 
Bu yigit Shahrisabzda mashhur sangtarosh ustaning 
o ‘g‘li edi. Usta Samarqandda ish vaqtida katta bir 
bino tepasidan yiqilib o ‘lganda, Sultonmurod uch 
yashar bola edi. 0 ‘qimishli, jonkash-jafokash onaning 
tarbiyasida ulg‘ayib, dastlab o ‘z shahrida, so‘ngra 
Samarqandda tahsil ko‘rib, nihoyat, qarindoshlarining 
yordami bilan Hirotga kelib, bu madrasaga joylashgan 
edi. Uning iste’dodi madrasa ahligagina emas, balki 
Hirotning aksar olimlariga m a’lum. U barcha mavjud 
ilmlami egallab, zamona olimlarining peshvosi, «saro- 
madi» bo‘lishga tirishadi. Diniy ilmlardan tashqari,
1 Boy, d av latm an d .
8


riyoziyot1, ilmi nujum2, mantiq, adabiyot va hokazo- 
larda keng, pishiq m a’lumot kasb etgan edi. U o‘n 
to ‘rt yashar vaqtida Samarqandda bir domlasi unga 
shunday degan edi: «Qadim zamonda bir olim o ‘tgan 
ekan. U, agar rub’i maskun3dagi barcha olimlarning 
xotirlaridan barcha ulum va funun4 banogoh ko‘taril- 
sa, u ilmlaming hammasini asliday tirgizishga qodir- 
man, der ekan. 0 ‘g‘lim, sizda o‘shanday zako va iste’- 
dod ko‘raman, sa’y-g‘ayratni aslo qo‘ldan bermangiz!» 
Ilmlarda ana shu afsonaviy olimning darajasiga ko‘ta- 
rilish Sultonmurodning g‘oyasi edi.
Bu yerda hammadan ajralib turgan shaxs — 
Aloiddin Mashhadiyning mehmoni samarqandlik 
T o‘g‘onbek edi. U yo‘g‘on, chorpaxil gavdali, 
dakkam-dukkam qizg‘ish mo‘ylabli; keng, qoramtir 
yuzining yonoqlari bo‘rtgan; qisiq ko‘zlari ayyorcha 
beqaror; kunlar isib ketgan bo‘lsa ham, uning egnida 
qo‘pol eski p o ‘stin, boshida qunduzi qalin katta 
bo‘rk... To‘g‘onbekning ota-bobolari Amir Temur 
davrida katta mansablar ishg‘ol etganlar. Ulaming 
orasidan mashhur askar boshliqlari, davlat xodimlari 
va dabdabali tarxon5lar chiqqan. Lekin, keyinchalik
Temur davlati parchalanib, shahzodalar orasida toj- 
taxt uchun urush, janjallar qizib ketgach, bu oilaning 
ovozasi asta so‘na boshlagan: dadasi Femzbek qaysi 
bir safarda dom-daraksiz g‘oyib bo‘ldi. Obro‘li obo- 
g‘alaris, tag‘oyillari, amakilari ham birin-sirin mavqe- 
larini yo‘qotdilar. Ba’zilari aka-uka, ota-bola sulton- 
laming o‘zaro umshlarida qirildi, ba’zilari o ‘z dush- 
manlaridan xavfsirab yoki yangi baxt qidirib, uzoq 
ellarga ko‘chib ketdi. 0 ‘n yetti yoshdan boshlab 
To‘g‘onbek Movarounnahrda, Xurosonda, Dashti 
Qipchoqda, Iroqda va, umuman, bir vaqtlar Amir 
Temuming qilichiga tobe bo‘lgan bir ko‘p mamlakat-
' M atem atik a.
2 A stronom iya.
1 D u n y o m a ’nosida.
4 F an lar.
5 P o d sh o h d a n a lo h id a h u q u q va im tiy o zlar olgan aslzoda. 
‘ Q arindoshlari.
9


larda qaynoq siyosiy kurashlarga, uzluksiz qo‘zg‘olon- 
larga, fitnalarga boshi bilan sho‘ng‘idi. Baxt, shon- 
shavkat qidirib, o‘zini o‘tga-cho‘qqa urdi. Chig‘atoy- 
o‘zbek sultonlari, turkman beklarining ostonalarini 
yaladi. Har qaysisida bir muddat xizmat qildi: aldadi, 
aldandi; taladi, talandi. Nihoyat, bundan ikki oy 
ilgari, yigirma besh yoshida Hirotga yuzlandi. 
Uchrashuvning tasodifiy bo‘lishiga qaramay, Aloiddin 
Mashhadiy bilan do‘st tutunib, bu hujraga tiqilib oldi.
To‘g‘onbek chalasavod bo‘lsa ham, ilm-fanning 
qadri-qiymatini biladi. Talabalarning suhbat va 
munozaralariga diqqat bilan quloq soladi, lekin bu 
sohani o‘zi uchun begona hisoblaydi. Ilm-tahsil — 
yuvosh, tinch, sabr-qanoatli odamlarning ishi, To‘- 
g‘onbekning xayoli esa har vaqt jahongashtalik olami- 
da parvoz etadi: u uchqur otda chaqmoqday yonib, 
janglarda qilichbozlik qilishni, o ‘q-yoy otishdagi kuchi 
va mahorati bilan barchani tong qoldirishni, qal’ alarga 
bosqin yasashni, tog‘day yuksalgan qo‘rg‘onlarga bo- 
tir yigitlar bilan birga shotular1 qo‘yib, hoy-huy, arosat 
solishni, sahroyi xalqning qishlovlariga ot qo‘yib, 
minglab qo'ylarni o ‘lja haydashni sevadi. To‘g‘onbek 
biron tumanga bek tayinlanib, atrofiga bir dastagina 
chopqinchi zabardast yigitlardan to'plab, hiyla- 
nayrang, aldash, do‘q, bosqinchilik va hokazo yorda- 
mi bilan o‘zga beklami, hokimlami biror-biror ag‘da- 
rish, nihoyat, poytaxtlardan shohlarni haydab, o‘zi toj 
kiyish yoki qang‘ib yurgan shahzodalardan bironta 
bo‘sh-bayovini taxtga o‘tqazib, butun hokimiyat jilovi- 
ni o ‘z qo‘lida tutish singad umidlaming yurakdagi 
alangasi bilan yashadi. Buning uchun kurashdi. Na 
qilsinki, bu umidlarni amalga oshira olmadi. Hatto 
bir necha d a fa bu qing‘ir yurak boshqalarga sezilib 
qolayozdi. Uning boshi bilan birlikda bu telba umid- 
lami kesmoqqa ko'tarilgan qilichdan o ‘zini zo‘r-bazo‘r 
qutqarib, Hirotda bu madrasa kavagini in qilishga 
majbur bo‘ldi. Lekin To‘g‘onbek hali bu umiddan
1 N arvonlar.
10


qaytgan emas. Unda hali ishonch zo‘r: Temuming 
evara-chevaralari ko‘p; bular ham qo‘ziqorinday 
ko‘payib turadilar. Bola otaga, ota bolaga, aka ukaga, 
tog‘a jiyanga qarshi isyon ko‘tarishi bu mamlakatda 
bir odat bo‘lib qolgan. Bundan tashqari, katta-kichik 
shaharlarda, viloyatda beklar, hokimlar bor. Mol- 
mulkka, shon-shavkatga, hokimiyatga ulaming ishta- 
halari hamisha kamay. Shu sababdan T o‘g‘onbek 
qonli g‘avg‘olarning, ur-yiqitlaming uzoq davom eta- 
jagini anglaydi-da, faqat o ‘ng‘ay fursat va sharoitni 
kutadi...
Vaqf mablag‘lari bilan kun kechiruvchi talabalar- 
ning ahvoli og‘ir. Qo‘llariga tekkan naqdlami qish 
allaqachon yutib qo‘ygan. Endi haftada bir-ikki topqir 
qozon qaynatish ham mahol. Sotish uchun qo‘lga ili- 
narli hech nima yo‘q. Ovqat to ‘g‘risida bosh qotirilar 
ekan, aksar vaqt To‘g‘onbek: «Bir ilojini topg'aymiz, 
Hirotday shahri azimda bu qanday dag‘-dag‘a!” deb 
po‘ng‘irlardi-da, lapanglab chiqib ketar, ovqat uchun 
kerakli masalliqni tezda topib kelardi. Kissasining 
ko‘pdan buyon qup-quruqligini sezsalar ham, mab- 
lag‘ni qayerdan va qanday qilib topganligini undan 
surishtirmas edilar. Lekin bukun gap shu to ‘g‘rida 
soatlab davom etsa ham, To‘g‘onbekdan sado chiq- 
madi. U fe’li ayniganday, hujraning bir burchagiga 
tiqilib, qisiq ko‘zlarini bir nuqtaga yomon tikib o ‘tirdi.
Chuchitilgan moy va qovurilgan go‘shining mazali 
hidi dimog‘larga urildi. Bir ko‘p hujralarda kunda ikki 
mahal laziz taomlar pishiriladi. U hujralaming egalari 
vaqfxo‘rlar emas. Ular yuksak oilalaming o ‘g‘illari. 
Ular kechalari shirin suhbatlar tuzadilar. D o‘st-yorlar 
yig‘ilishib, chag‘ir‘ ichib, musiqiy va raqslar bilan tong 
ottiradilar...
Uzoq kengashdan so‘ng biron ma’qul chora topil- 
magach, yog‘ochday qotgan, junsiz, taqir p o ‘stakda 
hujra to ‘rida o ‘tirgan Aloiddin Mashhadiy kichkina 
gavdasi bilan yengilgina qo‘zg‘alib, uzun pechi osilgan
1 May.
11


katta sallali boshini chayqadi. So‘ng dardli bir uh tor- 
tib, dunyoning buqalamunligi haqida shikoyatlandi, 
ingichka tovush bilan cho‘zib o'qidi:

Yüklə 7,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   161




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin