Asr oshgan asarlar



Yüklə 7,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/161
tarix22.10.2023
ölçüsü7,98 Mb.
#159903
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   161
Navoiy romani. Oybek

Sakkizinchi bob
Bir haftadan buyon ko‘chaga m o‘ralashga yuragi 
dov bermagan va podshoh bilan safardan qaytgan 
xo‘jasiga ko‘rinib, xatosini iqror qilishga g‘ururi yo‘l 
qo‘ymagan, yuzi shuvit T o ‘g‘onbek o‘zining yasoqliq 
xonasida dilgir bo‘lib o‘tirar edi. Mirzo Yodgorning 
yarqiragan kunini birdan bulut bosishini xayolga 
keltirgan bo‘lsa edi! « 0 ‘sma-surmali beaql satang!» 
deb u Poyanda Sultonbegimni so‘kadi, voqealarga 
ko‘z-quloq bo‘lmagan turkman beklarini la’natlaydi. 
Bir kechada turkman sardorlarining boshlarini kesti- 
rib, Mirzo Yodgorga do‘q qilib, o‘zini bosh vazir
1M a ’ n o s i: Podshoh mast bo'lsa, dunyo xarob bo'ladi, orqa-o‘ngni dushman 
qoplaydi.
108


etmoq to‘g‘risidagi rejani ildam amalga oshirolmagani 
uchun xunob bo‘ladi. T o ‘polon kuni, iliq-issig‘ida 
T o ‘qli mergan bilan Hirotdan qochmagani uchun 
qayg'uradi. Uzoq o‘lkalarga bosh olib ketish ustida 
turli rejalar qursa ham, lekin Hirotdagi hayotdan 
ko‘nglini uzolmaganidan, hamma rejalarda biron nuq- 
son yoki mushkilot topishga tirishadi.
T o ‘g‘onbek dimiqqandek og‘ir nafas olib, daricha- 
ning ikki tabaqasini ham keskin itarib yubordi. Xona 
ichiga quyoshning iliq, yorqin ipagi jimgina oqdi. 
T o ‘g‘onbek daricha orqali tashqariga «chirt» etib 
tupurdi-da soyaga razm solib, Dildordan xabar olish 
uchun qo‘zg‘oldi. Faqat shu onda eshik qiya ochildi. 
Nurboboning oppoq soqoli muloyim, har vaqtdagiday 
ma’yus yuzi ko‘rindi. T o ‘g‘onbek boshi bilan «nima?» 
deb ishorat qildi. Choi yumshoq tovush bilan xo‘ja- 
ning chaqirayotganini so‘zlab, g‘oyib bo‘ldi. T o ‘g‘on- 
bek bir muddat xo‘mrayib o‘ylab qoldi. Keyin shuur- 
siz ravishda lapanglab yurib ketdi.
Majididdin mehmonxonasida qabul qildi. T o ‘g‘on- 
bek ehtirom bilan xo‘jasining qo‘lini siqib o‘tirgan 
hamon Majididdin uning noma’qul harakatlarini yuzi- 
ga sola boshladi. T o ‘g‘onbek ko‘zlarini bir nuqtaga 
qattiq tikib, hurpayib tingladi. X o ‘jasi uzukli barrnoq- 
larini shiqirlatib, jim bo‘lgach, T o ‘g‘onbek salmoq- 
lanib dedi:
— Tilga olg‘uliq bir nima qilganimiz ham yo‘q edi. 
Hirotda xalq mubolag‘aga chechan ekan-da!
— X o ‘sh, Alisher qo‘lidan qalay qutuldingiz? 
Avom sizdan ham shikoyat qilibdi. Ba’zi zotlar bu 
to‘g‘rida menga xabar yetkazdilar.
— M en janobingizning xizmatlarini chin ko‘ngil 
bilan bajarishga g‘ayrat ko‘rsatdim. Odatim shu — ish- 
ning chalasini yomon ko‘raman. Mablag‘ni so‘zsiz 
berganlarga, o‘g‘onim guvoh, tilimni qimirlatmadim. 
Am m o tixirlik ko‘rsatuvchilami, so‘z kor qilmasa, 
qamchi bilan so‘qdim. 0 ‘zingizga m a’lumki, xalq 
bilan bo‘ladigan ishda busiz mumkin emas. Am m o, 
janoblarining xotirlari jam bo‘lsinki, sizning nomin-
109


gizga dog‘ tushirganim yo‘q. M en Abdulziyoning 
odami bo‘lib ish qildim! Navoiy deganingiz olomon 
ne desa, shuni quloqqa ilib, bu yerda katta mash- 
masha ko‘tardi. Voy-bo‘y, shoir degan ham bundayin 
g‘ayratli, zabardast bo‘lar ekan! M en taajjub qilamen 
u odamga! Lekin bunday ishlarda men ham bo‘sh 
kelmaymen. Eski po‘stinimga o'ralib, kecha-kun- 
duz sharobxonada yotaverdim. To‘g‘onbekni topsin- 
lar-chi!
Shoirga berilgan baho takabbur Majididdinga 
yoqib tushmadi. U yuzini sal teskari burib, noxush 
tovush bilan dedi:
— Navoiy xalq oldida o'z obro‘-e’tiborini baland 
poyaga chiqarmoq niyatida bo‘lgan. Bu bir siyosatki, 
uning asli mazmuni bizga belgilidir.
— Xalqparvarlikning tagida boshqa m a’ni bor, 
demoqchisiz-da. Har holda, bejiz emas,— dedi T o ‘-
g‘onbek o‘z xo‘jasiga ayyorcha boqib.
— To‘g‘onbek, ulug‘likka intilsangiz, har qadamni 
ehtiyot bilan bosing, — o‘ylanib, ohista dedi Maji- 
diddin. — Sizdek bahodir yigitdan ayrilmoq ko‘ngilni 
dog‘da qoldiradi. Etagimni mahkam ushlasangiz, sizni 
Pulisirot'dan ham eson o‘tkazishga qodirmen. Lekin 
voqealar eskiguncha, ko‘p emas, bir-ikki oy viloyatlar- 
da yurursiz. Suhbatlarda tilingizga ehtiyot bo‘lsangiz, 
bas.
T o ‘g‘onbek yengillanib, tashakkur bildirdi. Lekin 
bu iltifot uni to‘la qanoatlantirmagan edi. Chunki u 
faqat Navoiy «zulmi»dan najotga va’da berdi. So‘ngra, 
bu voqea keyingi to‘polonlar manzarasida ancha eski- 
di. Am m o bunday gunohlar uchun jarima to‘lab qutu- 
lish mumkin edi. Lekin Mirzo Yodgor fitnasida 
ishtiroki boshqa narsa-da! T o ‘g‘onbek bir necha kun- 
gina yarqiragani uchun boshdan ayrilsin yoki yillab, 
ko‘rsichqondek, zindonning chirkin kavaklarida 
chirisin! Lekin bu andishani Majididdinga ochishga
1 Dindorlaming e ’tiqodicha, qiyomat bo'lganda do'zax ustiga quriladigan qil 
ko'prik.
110


botinmadi. «Bu odam Husayn Boyqaroning sodiq 
bandasi,— o‘yladi ichida u,— o‘z sadoqatini bildir- 
moq niyatida qo‘limdan tutib, jallodga topshirishi 
ham mumkin. Yoki katta marhamat qilsa, bir zum 
o‘tmay, meni ko‘chaga uloqtiradi: usta bo‘lsang, ofat 
daryosida suzib, sohilga salomat yetarsen, bo‘lmasa, 
qa’riga botarsen!..»
To ‘g‘onbek shu daqiqada bir ot, bir qamchi qilib, 
Iroqqami, Ozarbayjongami, yo uzoq Dashti Qipchoq- 
qami, Xitoygami jo‘nab qolishni yana xotirdan kechir- 
di. Lekin u Hirot havosining mazasiga tushunib qol- 
ganligidan biron katta ish chorlamasa, bu yerdan 
siljishni istamas edi. Qulog‘iga chatilgan bo‘lsa, balki 
o ‘zi so‘z ochar, degan umid bilan sukut qildi. Am m o 
Majididdin zakotlar haqida surishtirib ketdi. To‘-
g‘onbek qancha mablag‘ tushganligi, qaysi tumanlarda 
qancha mablag“ qolganligi va undirilgan tangalami, 
uning buyrug'iga muvofiq, Abdulziyoga topshirganli- 
gini shoshmasdan, uqdirib gapirdi. Majididdin kaftla- 
rini ishqalab: «Ofarin! Sizday yetti yigitim bo‘lsa, yetti 
iqlimni zabt eta olardim! Inshoollo, kelgusida siz bilan 
bahamjihat yaxshi ishlar qilurmiz», degach, T o ‘g‘on- 
bekning ko‘zlari charaqlab ketdi:
— Taqsir, — dedi u ko'zlarini ayyorcha qisib, — 
bu beadab qulingizdan bir ayb sodir bo‘ldiki, aytmoq- 
qa til ham bormaydi...
— Tunsiz kun yo‘q, dog‘siz lola yo‘q. N e ekan? — 
dedi Majididdin.
— Odamlaming og‘zida shunday xabarlar tarqaldi- 
ki, go‘yo Sulton Husayn barcha lashkarlaridan 
mahrum bo‘lib, qo‘lga tushmaslik uchun bir dasta 
yigit bilan Hindiston tarafga qochibdi, butun umarosi, 
beklari Mirzo Yodgorga sadoqat bildiribdi... Men, 
soddadil, bunday guft-go‘larga ishonib, Mirzo Yodgor 
xizmatiga kirdim. Besh-o‘n kun ot chopib, hayyo-huy 
qildik. Oqibati chatoqroq bo‘lib chiqdi-da, — 
T o ‘g‘onbek yer ostidan Majididdinga ko‘z qirini tash- 
ladi. Uning ko‘zlarida g‘azab emas, chuqur tashvish 
sezdi.
1 1 1


— Yigit, bundan ortiq sharmandalik bo‘lurmi?! — 
dedi to‘nglik bilan titrab Majididdin.
— Taqsir, xato qildim. Lekin inoning, o‘g‘onim 
guvoh, bir lahza bo‘lsin sizni unutmadim... Ba’zi 
mulohazalarim bor edi, tole yor bo‘lmadi, ne qilay?
Majididdin bu so‘zning ma’nosini tez payqadi. 
Lekin qovog‘ini solib, jahl bilan gapirdi:
— Bu ne demak? Butun olam biladiki, men xoqon- 
ning sodiq bir iti! U janobi oliyga va uning ulug‘ xo- 
nadoniga o‘lgunimcha xizmat qilmoqni orzu qilamen. 
Siz bu so‘zni ikkinchi dafa zinhor-bazinhor og‘zin- 
gizdan chiqarmang!
T o ‘g‘onbekning umidi kesildi. U bu kun yo erta 
qo‘sqi po'stinni kiyib, uzoqlarga qochishdan boshqa 
iloj qolmadi, deb o‘yladi. Bir oz sukut qilib, m o ‘ylabi- 
ni yulib o ‘tirdi. Keyin o ‘rnidan qo‘zg‘alarkan, 
Majididdinning dilidagini qat’iy bilish uchun, o‘z- 
o‘ziga deganday, po‘ng‘illab qo‘ydi:
— Xurosondan non-nasibamiz uzilibdi-da!
— 0 ‘tiring, qochmoqchisizmi? — kinoyali kulgi 
bilan tikildi Majididdin.
T o ‘g‘onbek yana og‘ir cho‘kdi.
— Otimning tuyog‘iga o‘g‘onim quwat bersa, 
qo‘nimlik tinch joy toparmen.
— Bunday besaranjomlikka balki o‘rin yo‘qdir, — 
dedi Majididdin. — Shaharda Mirzo Yodgorni 
qo ‘ llab-qo ‘ ltiqlagan ulug‘ zotlar bor. U bilan ham- 
bazm, hamtabaq bo‘lganlar bor... M en sizga dedim- 
ku, hozircha el ko‘zidan chetroqda yuring. Har yerda 
podshohga sadoqatingizni mubolag‘a bilan bildiring. 
Keyinroq sizni bir mansabga tayin qilurmiz. 
Vazifangizni ixlos bilan bajarursiz. Yana nima ke- 
rak?!
T o ‘g‘onbek qulluq qildi. So‘ng o‘midan turib:
— Sizga kichkina sovg‘am bor edi, — dedi.
Majididdin uning qo‘yniga tikilib, dedi:
— Qani, chiqaring! Ha, xabaringiz borrni, Yodgor 
Mirzo vaqtida Bog‘i Zog‘ondan ko‘p nodir buyum- 
lami talab ketibdilar...
112


T o ‘g‘onbek iljayib: «Sovg‘am o‘zi yurib keladi!» 
dedi-da, tashqari chiqdi. Otxona oldidagi hujra eshigi 
yonida to‘xtadi.
— Ha, qaydasen, cho‘loq qarg‘a? Kalitni ber! — 
qichqirdi u Nurboboga.
Nurbobo otxonadan chiqib, T o ‘g‘onbekka shub- 
hali nazar tashlab, belbog‘i orasidan kalitni olib berdi. 
T o ‘g‘onbek shoshib eshikni ochdi. Burchakda Dil- 
doming ko‘zlari g‘azab bilan chaqnadi.
— Suluv qiz, tur endi, yarashamiz, — kulib, mu- 
loyim gapirdi T o ‘g‘onbek.
— Qoch, kelma yonimga, baloga yo‘luqqur! — 
qichqirdi qiz o‘midan sakrab turib.
— Achchig‘lanma, jonim! — yalindi T o ‘g‘onbek.— 
M e n senga qo‘limni tekkizmadim. Har bir shirin 
so‘zimga minglab qarg'ish eshitdim. Meni ko‘rsang, 
ukkiday sapchiysan, pista-bodom berib kirgizsam
qo‘yning qumolog‘iday otib tashlaysen. Yur, endi bu 
zindondan qutqarayin seni...
T o ‘g‘onbek qizning qo‘liga chovut soldi, sudradi. 
Turtib, eshikka chiqararkan, eshikda sham tutib tur- 
gan Nurboboning rahmi kelib, lekin yordam ko‘rsa- 
tishga ilojsizligidan b o ‘g‘ilib, qichqirdi:
— Qizning qo‘lini sindirasan, bas-ey... Insof bilan- 
da! — Keyin qizning yelkasiga qoqib, dedi: — 
Q o ‘rqma, qizim, hech qanday xavf-xatar yo‘q.
— Otajon, ayting, — yig‘lab yolvordi Dildor, — bu 
zolim meni qayga sudraydi? Sizdan ayrilmaymen. 
Otajon qo‘rqamen.
— So'zimga inon, qizim! Inshoollo, senga hech 
qanday yomonlik qilinmas.
— Chiq! Men seni bu qorong‘i qabrdan to‘ppa- 
to‘g‘ri jannatga olib boramen, — T o ‘g‘onbek dam 
yalinib, dam do‘q qilib, Dildomi yetaklab ketdi. 
Mehmonxona eshigida uning qulog‘iga shivirladi:
— Hozir katta vazirga ko'rinasen. Yig‘i-sig‘ini qo‘y! 
U janobning ko‘ngli zarracha ranjidimi, boshing kesi- 
ladi, uqdingmi? Odob bilan salom ber!
113


Dildoming yuragi urishdan to‘xtagan kabi, jim 
qotdi. T o ‘g‘onbek eshikni ochib, qizni, agar yurmasa, 
ostonaga ko‘tarib olib qo‘ygunday vaziyatda edi. 
Dildor g‘ayrishuuriy ravishda ichkariga otilib, uch- 
to‘rt qadam bosib, yumshoq gilam ustida cho‘qqaydi. 
T o ‘g‘onbek endi uning bilagini yumshoq ushlab 
turg‘izdi-da, shamga yetakladi. Dildor butun borlig‘ini 
bosgan titroqdan, qo'rquv va uyatdan mukka tushib 
yiqilishga hozir bo'lsa ham, «katta vazir»dan qo‘rq- 
qanligidan, o ‘zini tutishga tirishdi.
Majididdin yostiqdan boshini ko‘tarib, qaddini 
rostladi. Shamni balandroq ko‘tarib, chiroyli bir 
lavhani tomosha qilgan kabi yoki nodir bir gavhami 
diqqat bilan ko‘rgandek, ko‘zlarini suzib, boshini dam 
ko‘tarib, dam egib, qizning latif qomatiga razm soldi. 
So‘ng T o ‘g‘onbekni imlab, shivirladi:
— Parilar gulshanining nodir guli ekan... Bahosi 
ham nodir bo‘lsa kerak?
To‘g‘onbek kulib boshini chayqadi:
— Bahosi? — dedi shivirlab. — Qulingiz tangani 
qaydan olsin? Mirzo Yodgor bizning qo‘limizni shun- 
day uzun qilgan ediki, yurtning bir qizini emas, 
osmondan xudoning oyi, yulduzini uzib olishga ham 
yetar edi. — G ‘ururlanib dam qizga, dam Majidid- 
dinga boqardi T o ‘g‘onbek.
— Bu nav ishlami bas qilmoq kerak, yigit! — dedi 
ko‘zini qisib, soxta tanbehlovchi ovoz bilan Majididdin.
Dildor yalt etib Majididdinga qaradi. Uning 
ko‘ksida qutulish umidi uyg‘ondi. K o ‘zlarida allaqan- 
day ma’sum ishonch o‘ti yonib ketdi. Samimiy yolvo- 
rish, hatto bola o‘z otasiga qilgani kabi, shirin erkala- 
nish bilan gapirdi Dildor:
— Siz ulusning ulkan odamisiz. Biz hammamiz 
sizning farzandlaringizmiz. Tangri sizni ikki dunyoda 
yorlaqasin. Meni o‘z elimga yuboring. Yaxshiligin- 
gizni ko‘nglimdan bir umr chiqarmaymen.
Dildoming ko‘zlaridan yosh quyilib ketdi.
— Ixtiyoring bizda emas,— homuza tortib, mulo- 
yimlik bilan dedi Majididdin.— Sen mana bu yigitga
114


qaramsen. X o ‘sh, o‘z elingda nima rohat ko‘rding? 
Bizning oilada yashasang, baxtli bo‘lursen. Har bir ku- 
ning yangi-yangi gullar bilan ziynatlanur. Aslo yig‘lama.
Dildor piq-piq yig‘lab, boshini quyi soldi. Majidid- 
din qizni bekaga tortiq qilmoq uchun Nurboboga top- 
shirishni buyurdi. To‘g‘onbek qizning bilagidan ushla- 
gach, Dildor sapchib o‘midan turdi. Bo‘shashgan, 
jonsizlashgan oyoqlari bilan T o ‘g‘onbekning orqasi- 
dan chiqdi. Xursand, jonli Majididdin shoshib qo‘z- 
g‘aldi. Zarvaraq uzun to‘nni kiydi, boshiga katta sal- 
lani o‘radida, saroyga jo‘nadi.
Bog‘i Zog‘on har kungiday shohona dabdabasi 
bilan yashaydi. Xizmatkor ahli bu oliy dargohning 
tuzuki'ni buzmaslik uchun, shoshmasdan, ulug‘vor jid- 
diyat bilan o‘z ishlarini qiladi. Qilich, o‘q-yoy taqqan, 
sadoqlariga o‘q to‘ldirgan yigitlar og‘ir odim otib, u 
yoq-bu yoqqa yurib turadilar. Oq soqoli ko‘ksini 
qoplagan keksa darvozabon nayzasiga suyalib, o‘zi- 
ning yosh sherigiga eski janglar haqida tamshanib 
ertak so‘zlaydi.
Majididdin Hindistondan kelgan yangi fillami 
uzoqdan bir muddat tomosha etib, qirq ustunli qasrga 
tomon ketdi. Atrofi daraxtlar, gulzorlar bilan o‘ralgan 
yengil ko‘shkda Xurosonning mashhur bir olimi yosh 
shahzodalarga dars bermoqda. U boshdan-oyoq nafis 
xitoyi shohiga chulg‘angan go‘daklami zeriktirmaslik- 
ka, ko‘ngillarini siqmaslikka astoydil tirishsa ham
juda salmoqlanib so‘zlagani uchunmi yoki m a’nosi 
anglashilmagan Qur’on so‘zlarini qiroat bilan, qoi- 
daga muvofiq uzoq takrorlatganidanmi, shahzoda- 
lar darsning tugashini sabrsizlik bilan kutadilar, da­
raxtlar orasida o‘zlari kabi yasangan, xilma-xil mayin 
ranglar bilan yorqin tovlangan tovuslarga ham uzoq- 
da, quyosh nurida toza qor ko‘mmasi kabi ko‘ringan 
oppoq g‘ozlarga dam-badam qarab qo‘ya-dilar.
Majididdin qirq ustunli qasrga yaqin kelib, pod- 
shohning va o‘zga ulug‘laming yo‘qligini bildida, xiyo-
Qonun-qoidasi (muh.).
115


bonlarda aylanib yurib, asta tepalikka ko‘tarildi. 
Tepalikning orqasida, katta, kaftday tekis maydonda, 
qirq-ellik chog'li yosh-yosh yigitchalar — bekzodalar, 
Hirotning dongdor oilalarining erkalari bilan birga toj- 
taxtning valiahdi, Husayn Boyqaroning ilk xotini 
Века Sultonbegimdan tug‘ilgan to‘ng‘ich farzand 
Badiuzzamon o‘q-yoy otishib, yarim o‘yin, yarim jid- 
diy harbiy mashqlar bilan mashg‘ul edi. Badiuzzamon 
o‘n ikki-o‘n uch yoshli, nozik gavdali, xushbichim, 
chiroyli bola edi. Uning egnida yarqiroq, oltin, 
kumush gulli shohi to‘n, belida qimmatli toshlar yon- 
gan kamar; kamarga osilgan m o‘’jaz xanjarning qini 
rang-barang olov bilan ko'zni qamashtiradi. Shah- 
zodaning boshidagi oq shohi sallaning uchida oltin 
bandli jig‘a hilpiraydi. Peshonasi ustida sallaga mohi- 
rona qadalgan yirik gavhar. Oyoqlarida ixcham guldor 
etik... Badiuzzamon ko‘pincha rasmiy o‘ltirishlarda 
otasi bilan muloqot qiladi. Uning o‘z viloyati, xazi- 
nasi, beklari, yigitlari, shoirlari, hamsuhbatlari bor. U
she’mi, musiqiyni sevadi, o‘zi ham goh-goh biron par­
cha yozib qo‘yadi. Tantanali ziyofatlar, bazmlar tuza- 
di. Mayning totini, zavqini ingichka anglaydi. Yoshli- 
giga qaramasdan, shohona tantanalami juda mohir 
tashkil qiladi. Chavgon o‘yinini sevadi, ovga hirs bilan 
kirishadi. Betashvish, shohona hayotda, kayf-safo den- 
gizida u o ‘z umrining ulug‘ kunini, bobo-ajdodlaming 
rasmiga muvofiq, oq namat ustida o‘tirib, toj kiyish 
kunini xayol etadi!
Majididdin iljayib, zavq bilan o‘yinni tomosha 
qildi. Shahzodaning tevaragida aylanadigan ulug‘lar- 
ni — tarbiyachilami esladi. Um um an, shahzodalar 
bilan aloqani mustahkamlash to‘g‘risida ancha o‘yladi- 
da, tepalikdan pastga tushdi. Uzoqda, gulzor atrofida, 
har vaqtdagi hamsuhbatlari, yaqinlari va ba’zi beklar 
bilan kezib yurgan Husayn Boyqaroni ko‘rish bilanoq 
hayajonlanib, rangi bir oz oqardi. Tez-tez yurib borib, 
o‘n besh-yigirma qadam joyda ixlos bilan bukilib, ta’-
zim qildi. Keyin yana ta’zim bilan yaqin borib, 
Mirzoyi Kichikning unga go‘yo salom aytganini bildir-
116


di. Kayfi chog‘ Husayn Boyqaro kulib: «Biz bilan 
birga bo‘ling!» deb iltifot etdi. Majididdin boshqalar- 
ning istehzoli qarashlarini sezsa ham, yer o‘pguday 
engashib, qulluq qildi.
Husayn Boyqaroning kayfi chog‘ edi. Shuning 
uchunmi beparvo yozilib yurdi. May ta’siri bilan 
allaqanday o‘tkir yongan ko‘zlarini atrofga tez yugur- 
tib, odatdagicha, arzimagan biron narsadan ranjigani- 
ni bildirmadi. Soyada quyoshning oltin halqalari jim- 
jim o‘ynagan xiyobon oralab, podshoh kabutarxona 
tomonga burildi. Raiyatning har bin podshohga xud- 
di shu topda yoqadigan biron gap topishga tirishar 
edi. Nuktali so'zlar, porloq, kutilmagan, ko‘z qamash- 
tiruvchi o‘tkir tashbihlarga butunlay qobiliyatsizligi- 
ni sezgan Majididdin boshqalarga haybarakallachi 
bo‘lishga urinar, butun harakati, muomalasi bilan 
podshohga samimiyat va sadoqatini ifodalashga intilar 
edi.
Kabutarxonaga yopishgan hujradan ko‘knori ba- 
shara, ko‘zlariga surma qo‘ygan, nozik chol chiqib, 
podshohga ikki bukilib, ta’zim qildi. Husayn Boyqaro 
mevali daraxtlar ostidagi supaning chetiga, kichkina 
ipak gilamga o‘ltirdi. Chol katta zarang toboqda lim 
to‘la tariq olib chiqib toza supurilgan keng sahnga 
sochdi. So‘ng, kabutarxonaning uchta eshikchasini 
ochish bilan, yuzlarcha parranda «gurr» etib, o‘zini 
donga urdi. Kabutarlaming ko‘plarining oyoqlarida 
kumush halqachalar bor edi. Oq, chipor, ko‘kimtir va 
hokazo tusli kabutarlar ochko‘zlik bilan shoshib-pishib 
don terar ekan, Husayn Boyqaro bolalarday quvonib 
ketdi. Atrofdagilaming xushomad gaplariga endi quloq 
osmay, kabutarlari haqida yolg‘iz o‘zi so‘zlamakka 
tirishdi. Ba’zan eski kabutarboz cholning qushlarning 
qiliqlariga doir so‘zlariga quloq soldi. Bu chol unga 
qadrdon edi. Husayn Boyqaro bolalik chog‘larida 
ataylab uning uyiga borib, kabutar sotib olardi.
Yerda don qolmagach, chol uzun yog‘ochni havo- 
da yengil silkib, g‘alati ovoz bilan nimadir qiyqirib 
qo‘ydi. Qushlar «parr» etib, osmonga ko‘tarildi. Hu-
117


sayn Boyqaro endi beixtiyor o‘midan turib ketdi. 
Yerda don qidirgan bir necha qushni chapak chalib 
uchirdi. Ikki qo‘li orqasida, osmonga tikilgan, keng 
ko‘kragini qabartib, har tomonga aylandi. Hirotning 
tiniq, qizg'in samosida rang-barang tovlanib, sho‘x 
uchishgan kabutarlaming ajoyib havoyi raqsidan ko‘z 
uzmadi. Yarim hazil, yarim jiddiy ravishda o‘zini 
«dorug‘ai kabutarxonai humoyun»1 degan unvon bilan 
ulug‘lab yuruvchi ko'knori bashara nozik cholning 
yoniga borib, uning izohlarini tingladi. Ko‘zi osmon­
ga qadalgan, lekin lablari qimirladi: «Bu qushlar 
ko‘nglimni o‘z parvozlari yanglig1 ko‘tardilar!» Shu 
vaqtda atrofdagilardan kimdir baland ovoz bilan 
Farididdin Attorning «Mantiq ut-tayr»idan kabutarlar 
haqidagi bir baytni o‘qidi. Bayt Husayn Boyqaroga 
juda ma’qul tushdi, boshini tebratib, baytni bir-ikki 
marta sekingina takrorladi. Qanotli raqqoslar osmon 
sahnasidan qaytib, o‘z maskani atrofiga qo‘narkan, 
podshoh, og‘rigan bo‘ynini uqalab, bu yemi tark etdi.
Ichkilar2 ziyofat asbobi muhayyo ekanini bildirish- 
di. 0 ‘ltirish har kungi kabi, Bog‘i Zog‘onning eng 
katta, havodor va ziynatli binosida bo‘ldi.
To‘rda, qat-qat zarrin to‘shaklar ustida Husayn 
Boyqaro chordona qurdi. Uning atrofida hammasi bir 
xil kiyingan, yoshlari ham deyarlik teng, chiroyli yosh 
yigitchalar yarim doira tashkil etib o‘tirdilar. Bular 
podshohning dabdabasi va majlisning ko‘rki uchun 
xizmat qilardi. Husayn Boyqaroning o‘ng va so‘l 
tomonida xonadonga mansub bo‘lgan ulug‘lar va turli 
yoqlardan qochib kelib, bu dargohga sig‘ingan ba’zi 
omadsiz shahzodalar, keyin beklar, ulug‘ mansabdor- 
lar, hamsuhbatlar va hokazo — har kim o‘z rutbasiga 
munosib o'rinni ishg‘ol etdi. Mehmonlar orasida 
Hirotning olimlari, shoirlari va mashhur cholg‘uchi- 
lari, hofizlari ham ko‘pgina edi. Bundagi odamlaming 
deyarlik hammasi shunday majlislarda ko‘p qatnashib,

Yüklə 7,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   161




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin