Asr oshgan asarlar



Yüklə 7,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/161
tarix22.10.2023
ölçüsü7,98 Mb.
#159903
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   161
Navoiy romani. Oybek

Beshinchi bob
I
Husayn Boyqaro butun lashkarlari bilan Janushon 
va Isfaroin degan mavzelar o‘rtasida chodir tikkan edi. 
Xuroson taxti uchun isyon ko‘targan Mirzo Yodgor 
ham shu atroflarda kuch to‘plagan edi.
U Temur avlodidan bo‘lgan yosh shahzoda. 
Temurning ba’zi avlodlari kabi, u atak-chechak qilish- 
dan boshlab harbiy san’atni egallashga intilgan, murti 
chiqmasdan turib, minglarcha yigitlaming tepasida 
ot surgan, siyosiy janjallarda suyagi qotgan, safarlar- 
ning zahmatidan, jang maydonlarining dahshatli 
suronidan zavqlanuvchi pishiq, puxta bir shahzoda 
emasdi. Mirzo Yodgor erka o‘sgan, ziynatli hayotning 
lazzatiga, ishq, may, musiqiy olamining yoqimli, 
orombaxsh hislariga berilgan yigitcha edi. Toju taxt 
dag‘dag‘asi uni qiynamas, uzoq, mojarolar to‘la, lekin 
shirin bir umid kabi ko‘ngliga joylashgan... Uning 
ixtiyori uning beklari, jahongashta tarbiyachilari 
qo‘lida bo‘lganidan ular mirzoning nozik, xayolchan 
ko‘nglini qonli mojaro, tantana va hokimiyat havaslari 
bilan yoqishga tirishadilar. Davlat ishlarida tadbirli 
ayol va, umuman, bilimdon, oqila hisoblangan 
ammasi Poyanda Sultonbegim ham uni Xuroson taxti 
uchun kurashga undaydi. Buning ustiga, u turkman 
sultoni Hasanbekdan katta ko‘mak oladi. G'ururlan- 
gan shahzoda Juijon hokimi amir Zohid Tarxiyning 
ustiga yurish qilib, uni qulaygina yengadi. Juijonni 
qo‘lga olib, poytaxt Hirotni bosish, toj kiyish umidi 
bilan urinadi...
0 ‘zini kordon1 hukmdor sifatida tanitishga intilgan 
Xusayn Boyqaro bir necha kundan bo‘yon qat’iy jang- 
ga tayyorgarlik ko‘rsa ham, lekin katta hujum bosh- 
lashga taraddud qilar edi. Dushmanning kutilmagan 
tungi bosqinlaridan bexavotir bo‘lish uchun u o‘z 
lashkargohining atrofida xandaq kavlatmasa ham,
Ishbilarm on.
74


tevarakni qalin shox-shabba bilan mahkamlatdi, 
qorovullami kuchaytirdi. Har kun deyarli Mirzo 
Yodgoming yigitlaridan bir guruhi kutilmagan vaqtda 
uzoqdan ko‘rinish berib, bir soat-yarim soat o ‘q uzib, 
yana bir zumda g‘oyib bo‘lardi. Ba’zan har ikki 
tomonning ilg‘or dastalari to‘satdan uchrashib, katta 
suron bilan o‘q uzishar, qilichlashardilar. Bunday 
qisqa-kichik, lekin shiddatli to‘qinishlar natijasida har 
ikki tomon bir necha kesik kallani, iliqqina qonini 
oqizib, o‘z qarorgohlariga olib qaytardilar...
Soddagina chodirda yolg‘iz yashagan Navoiy dil- 
gir, sertashvish edi. U deyarli har kuni o‘nlab kesik 
boshlami ko‘rardi. Mardlik, yigitlik nomiga uzib 
keltirilgan bu boshlar kimni-ki? Qoni, eti, tirikchiligi, 
yeri, tili, tarixi bir bo'lgan bir xalq nima uchun ikki 
dushman guruhga bo‘linib, bir-birining qonini to‘ka- 
di? Nima uchun butun bir xalqning azamat daraxti 
ildizlariga bolta uradilar? Bu yigitlik, qahramonlik, 
zafarmi, ajabo? Shoir qalbining yarasi bilan tarixni 
o‘ylaydi. Yaqin tarixning o'ziyoq uning ko‘ziga foje 
manzaralami behisob qatorlashtiradi. Temuming ko‘z- 
lari abadiy yumilib, jahongiming jasadi yer bag‘rini 
quchmasdan burunoq avlodlari orasida ro‘y bergan 
qonli talashlar, janglami yodlaydi. Toj-taxt uchun 
bo‘lgan o‘zaro urushlar soyasida mamlakatning par- 
chalanishidan, obodonlikning yemirilishidan, xalqning 
behuda qirilishidan o‘zga biron natija, biron ma’no 
ko‘rmaydi. Kesila-kesila zaiflashgan daraxtda yashash- 
ga, o‘sishga qobildek ko‘ringan yagona yirik butoqqa 
bolta ko‘taruvchi Mirzo Yodgorga g‘azablanadi.
Mirzo Yodgor isyoni to‘g‘risida Hirotda xabar oli- 
nishi bilan Navoiy Husayn Boyqaroni ildam otlanish- 
ga undagan edi. Xurosonda Husayn Boyqaro xokimi- 
yatining barqaror bo‘lishini orzu qilishi u bilan go‘dak- 
lik zamonlarda boshlangan do‘stlik xotirasi uchungina 
emasdi, albatta. Navoiy Husayn Boyqaroda shoirlik, 
ilmparvarlik sifatlarini ko‘rdi. So‘ngra Husayn Boy­
qaro harbiy san’atni durust bilar edi. Jang maydonla- 
rida bir necha dapqir ro‘y-rost urushib, bahodirlik
75


ko‘rsatgan edi. Yurtda adolatli davlat, odil va ilmpar- 
var hukmdor ko‘rmoq orzusida bo‘lgan Navoiy 
Husayn Boyqarodan ko‘p narsa umid qilar edi.
Shoir soddagina chodirda zotan tinch yashagandek 
ko‘rinsa ham, haqiqatda shovqin-suronsiz, katta 
g‘ayrat bilan qo‘shinni mahkamlashga harakat qilardi. 
0 ‘ziga yaqin yigitlar orqali dushman kuchlarining 
vaziyati haqida, Mirzo Yodgorning qay turda harakat 
qilish maqsadida ekanligi va hokazo to‘g‘risida m a’lu- 
motlar olishga tirishar edi. Bu bema’ni, behuda qon 
to‘kishlaming tezroq to‘xtatilishini sabrsizlik bilan 
kutardi. Nihoyat, qat’iy, hal qiluvchi kunlar keldi. 
Husayn Boyqaro kengash chaqirdi.
Tongga yaqin Sulton Husayn atrofi maxsus pos- 
bonlar bilan qo'riqlangan hashamatli shohi chodirdan 
chiqdi. Uzoqda, ko‘kimtir tuman ichida mudragan 
tog‘lar ustida siyrak yulduzlar xira ko‘zlarini horg‘in 
qisadi, dalaning salqin shamoli tinib, chodiming ipagi- 
ni yengil mavjlantiradi. Yigitlar va barcha qo‘shin 
uyg‘oq. Ulaming harakatlarida jiddiy ishga shoshmas- 
dan tayyorlik ko‘rish seziladi. Podshoh eng yaqin va 
ishbilarmon beklari bilan rusumoti jang1 haqida 
so‘zlashdi. Chingizning turli qit’alar, mamlakatlar 
ustida olov bo'roni va qon daryolari bilan kechgan 
davomli, dahshatli urushlarida asta-asta boyib, so‘ngra 
Temuming yana shunday qonli, azamat safarlari va 
uning harbiy iste’dodi natijasida mukammallashgan 
rusumoti jangni yaxshi biluvchi beklar o‘z muloha- 
zalarini bildira boshladilar: Mirzo Yodgorga qilinajak 
hujumni qay yo‘sinda olib borish, turli qismlarga kim- 
larni sardor tayinlash to‘g‘risida aniq takliflami o‘r- 
taga otdilar. Hozir har vaqtdagidan ko‘ra sergak bo‘l- 
gan va fikmi yiqqan Husayn Boyqaro ularning chora- 
tadbirlarini m a’qulladi. 0 ‘tirganlarga ko‘zlarini bir-bir 
tikib, qandaydir ichki shavq va yengillik bilan dedi:
— 
Endilikda so‘z Osmon kitobida qoldi! Yoki xato 
qilurmenmi?
1 Urush qoidalari, yo'llari.
76


Chorpaxil, beso‘naqay Islim barios qalpoqli boshi- 
ni og‘ir tebratdi-da, osmonni ko‘rmasa ham, qahrli 
ko‘zlarini yuqoriga — ipak chodirning ko‘rkam 
uqalari, rang-barang ipak shokilalari osilib turgan 
shipga tikdi va salmoqlanib, dedi:
— Albatta... Yulduzlar ne der ekanlar?..
— Munajjimni qoshimizga chorlaylik. Shoyad 
safarimizga tole yulduzining intizorligini bizga e’lon 
qilsa, — dedi podshoh Navoiyga qarab.
— Munajjim aksini so‘zlasa, ul chog‘ hazratlari ne 
qilurlar? — tabassum bilan so‘radi Navoiy.
Husayn Boyqaro taraddudlanmadi.
— Tole soatini kutmoqdan o‘zga ilojimiz yo‘q. 
Toleimiz o‘z yulduzini egallagan kun biz ham otlari- 
mizga minurmiz.
Beklar goh podshohga, goh Navoiyga qarab, jim 
o‘tirishardi.
— Podshoh hazratlari, — nazokat bilan murojaat 
etdi Navoiy, — bizning fikrimizcha, har bir ishda 
aqlni rahnamo qilmoq lozimdir. Zeroki, insonlar haq 
yo‘lini hamisha aqlning nuri bilan topmishlar. Har 
turli mushkilotlami ham aql bilan hal etmishlar. 
Zafaringiz uchun barcha holat muhayyo ekan, yulduz­
lar bilan mashvarat'ni zarur, deb bilmasmen. M a ’lu- 
mingizki, men harb kishisi emasmen, ammo har ikki 
tarafning kuchini, har ikki yoqdagi sharoitni uzoq 
mulohaza etdim. Taraddudga aslo hojat yo‘q. Tong 
chog‘i quyosh bayrog‘i bilan bir vaqtda zafar bay- 
roqlaringizni ko‘tarishingiz kerak.
— Janoblariga maxfiy emaski, — yana ayni jiddiy- 
at va ishonch bilan gapirdi Husayn Boyqaro, — jang- 
ning vaqti-soati tayin etilmagan taqdirda, zafar o‘z 
yuzini teskari o‘girur, har qadamda mushkilotlar kelib 
chiqur. Shu jihatdan jang arafasida munajjimlaming 
maslahati bilan ish ko‘rmoqni arbobi jang farz, deb 
bilurlar.
K engashm oq.
77


— Tarix ko‘rsaturkim,— dedi Navoiy hammani 
bir-bir ko'zdan kechirib,— munajjimlar bilan bahamji- 
hat bo‘lgan ko‘p safarlar benihoyat foje oqibatlar 
tug‘dirmushdir. Munajjimlarning mulohazasida haqi- 
qatdan ko‘ra xurofot ziyodaroqdir. Yana takror ayta- 
menki, tong bilan dushmanga shikast bermoq kerak.
O z so‘zlovchi, sodda bahodir Zulnun Arg‘unbek 
yo‘g‘on barmoqlari bilan keng, qahrli yuzidagi dag‘al 
soqolini qashib, muzokaradan zerikkanday, azamat 
gavdasini tikladi, keng ko‘kragi bilan og‘ir so‘lish oldi- 
da, odati bo‘yicha, zarda qilgan kabi, keskin gapirdi:
— Hazrat shoiming so‘zida ma’ni ko‘p... K o ‘p 
topqir sinaganmiz, yulduzlaming tilida qaror yo‘q.
K o ‘p vaqt kulgisi yig‘iga aylanadi!
Husayn Boyqaro ikkilanib, o‘ylanib turarkan, 
Navoiy munajjim qanday vaqt tayinlamasin, hujumni 
kechiktirmaslik xususida dalillami ilgari surdi. Na- 
voiyning mulohazalarini muvofiq topishga majbur 
bo‘lgan boshqa beklar ham podshohga dalda bera 
boshladilar. Olio taoloning madadiga sig‘inib, shu 
bugun dushmanga bosqin yasash kerakligini uqtirdilar. 
Majlis tarqaldi.
Mulozimlaming yordami bilan Husayn Boyqaro 
egniga sovut, boshiga dubulg‘a kiydi. Qini oltin va 
rango-rang qimmatbaho toshlar bilan ishlangan, ajo- 
yib nafis san’at namunasi bo‘lgan qilichni taqdi. Yana 
shunday chiroyli sadog‘ini, o‘q-yoyini osdi. Qadam- 
larini tetik bosib, dabdaba bilan chodirdan chiqdi. 
Tong otishga picha qolgan... Uzoqda, ko‘kimtir tu­
rnan ichida mudragan tog‘lar ustida siyrak yulduzlar 
ko‘zlarini horg‘ingina qisadilar. Dashtning salqin sha- 
moli tentirab, chodiming ipagini yengil mavjlantiradi. 
Yigitlar va barcha qo‘shin ahli uyg‘ongan. N im qoron- 
g‘ilik orasidan ulaming harakatlarida jiddiy ishga 
oshig‘ich ravishda tayyorlik ko‘rayotganlari seziladi.
Maxsus mulozimlar egar-jabduqlari oltin, la’l, 
yoqutdan ishlangan o‘ynoqi otni ehtiyot bilan yetak- 
lab keltirdilar-da, podshohni qo‘ltiqlab mindirdilar. 
Husayn Boyqaro atrofini qurshagan, tamom qurollan-
78


gan, bahaybat suvori beklari bilan qo‘shin ichiga 
shamolday yengil uchdi. Bu yerda sergaklik va g‘ayrat 
bilan qo‘shin tartibotini kuzatib turdi. Jirong‘or‘ga 
Valibekni, Mirzoyi Kichik ham Islim barlosni sardor 
belgiladi. Birong‘orga2 amir Badriddinni sardor qildi. 
Q o ‘shin ichidan eng ish ko‘rgan, qilich chopgan 
bahodirlarni saralab, hirovul3 tuzib, buni Shayx 
Temurga, Zulnun Arg‘unbekka topshirdi.
Quyosh chiqarkan, urush tartibotini oigan katta 
qo‘shinning turli qismlari keng dalani qoplab, dush- 
man bilan uchrashgali asta siljimoqda edi. Dubul- 
g‘alar, sovutlar, nayza-qalqonlar, oyboltalar quyosh 
bilan oltinlangan havoda porlaydi. Jangga o ‘rgangan 
otlar, sabrsizlanganday boshlarini silkib, kishnashib, 
yugurishga intilar edilar. Navkar va beklaming ko‘zlari 
qahrli, yuzlari sovuq, jiddiy edi.
Husayn Boyqaro, u zamonning mashhur tarix- 
chisining ta’biricha, «odam ko‘nglidagi jon yanglig4» 
qo‘shinning qalbida — g‘o‘lda^ e’timodli sarkardalar, 
bahodir yigitlar bilan qurshalgan holda borar edi.
Qorovullar o‘qday uchib kelib, Mirzo Yodgor 
oshig'ich ravishda o‘z sipohlarini tartibga solib, qarshi- 
lik ko‘rsatishga hozirlik ko‘rayotganini biidirishdi. 
Husayn Boyqaro fursatni qo‘ldan bermaslik uchun 
hujum boshlashga buyurdi. Kamay, surnay, nog‘oralar 
havoni yangratdi. Uzoqda dushman qo‘shini ko‘zga 
chalinganda, birong‘ordan Islim barios, Valibek Mir­
zo Yodgoming jirong‘origa zo‘r so‘ron bilan ot solish- 
di. Shayx Temur va Zulnun Arg‘unbek qo‘l ostidagi 
qism dushmanning orqasiga o‘tishni m o ‘ljallab, yo‘lni 
chap berib, yugurdi. Amir Badriddin o‘z birong‘ori 
bilan dushmanning birong‘ori ustiga dadil yopirildi. 
Mirzo Yodgorning amir Ahmadali barlos sardorligi 
ostida bo‘lgan qismlari Valibek va Islim barlos yigit- 
larini kuchli, muttasil o‘q uzish bilan daf etishga urin-
1 Q o 's h in n in g o 'n g to m o n i.
2 Q o 's h in n in g s o ‘1 to m o n i.
J 01dingi qism .
4 Q o 's h in n in g o 'r ta qism i.
79


di. Lekin qilichbozlikda mohir Valibek, hamisha jang- 
da o‘zini arslonsifat tutadigan Islim barios urib-surib, 
dushmanni bosib kelaverdi. Suron avjga chiqdi. Amir 
Ahmadali barios qattiq muqavimat1 ko‘rsatishga 
tirishib, yigitlariga dalda bersa ham, lekin yigitlari 
g‘uj-g‘uj siqilib, oldinga otilishga imirsilanib qoldilar. 
Oldingi qatordagilardan o‘nlab suvori o‘lib, ko‘p otlar 
yiqilgandan so‘ng buzilish, parishonlik kuchaya bosh- 
ladi. Dushman yigitlari qilichlashishdan bosh tortib, 
zarbalardan o‘zlarini olib qochishga urinib qoldilar... 
Buning ustiga, Mirzo Yodgoming qo‘shinida bo‘lgan 
m o‘g‘ullar fursatdan foydalanib, har vaqtdagi kabi, 
o‘lja olishga, talovchilikka kirishdilar. Ular, dushman- 
dan ko‘ra, ko‘proq o‘z odamlarini urib, otdan yiqib, 
kiyim-boshini, qurollarini shilib ola boshladilar.
Mirzo Yodgorning birong‘ori chang, to‘zon, kuch- 
li chuwos ichida qattiq jang olib borar edi. Lekin 
qatorasiga yetti ot ustidan sakrab o'tganligi bilan dong 
chiqargan, chittakday yengil, chaqqon, qarchig‘ayday 
olg‘ir Amir Badriddin dushmanga bo‘sh kelmas, kuch- 
li hamlalar bilan dushmanni asta-asta tebratib, hara- 
katdan mahrum qilishga tirishardi.
Nogihon, Mirzo Yodgoming g‘o‘lidan turkman 
otliqlari bo‘ron dahshati va sur’ati bilan to‘ppa-to‘g‘ri 
Husayn Boyqaro ustiga otilishdi. Bu tomondan qalin 
o‘q yog‘dirildi. Biroq g‘izillab uchgan minglarcha o‘q 
galalari turkman botirlarini to‘xtatishdan ojiz qoldi. 
Turkmanlar qilich o‘ynatib, o‘q uzib, ustma-ust ham­
lalar bilan oldingi qismlarni bosa-bosa siljib kelar edi- 
lar. Bir to‘da turkmanlar kutilmagan yoqdan Husayn 
Boyqaroga yaqinlashib qolgan edi. Podshoh atrofini 
qurshagan bahodir yigitlar goh qilich, goh nayza ish- 
latib, dushmanni uloqtirishga astoydil g‘ayrat ko‘r- 
satdilar. Odamlar yiqildi, qilichlar sindi, egasiz ot­
lar, egariari qiyshaygan, jilovlari oyoqlariga o‘rash- 
gan holda, ko‘zlarini chaqchaytirib, parokanda ke- 
zardilar.
M adad (muh.).
80


Husayn Boyqaro urushning oqibatidan tashvishla- 
nar, g‘azab bilan har yoqqa qarar, chang, to‘zon ichi- 
da jangning ketishini kuzatishdan ham ojiz edi. Ni- 
hoyat, g‘azabiga chidolmadi. Qilichini sug‘urdi. Bosh- 
dan-oyoq sovut kiygan shoh o‘zining xos botirlari 
bilan dushmanga hujumga otildi. Uning zo‘r, haybatli 
oti qirg‘in ichiga yorib kirdi. Husayn Boyqaro jang qi- 
lishni bilar edi. Jangda zarbaning shiddati bilan tad- 
bimi juda mos ishlatar edi. Toj-taxtdag‘ dag‘asida yil- 
larcha olib borgan to‘xtovsiz, davomli, katta-kichik 
urushlarda, to‘qinishlarda, qilichbozlikdagi mahorati- 
ni ko‘p dafa ochiq namoyon qilgan edi. Hozir ham 
xavf-xatami unutib, yaxshi, zabardast qilichlasha bosh- 
ladi. Botirlar ham o‘lgan-yitganiga qaramay, podshoh 
atrofida qattiq jonbozlik ko‘rsatdilar. Bular dushman- 
ni orqaga tebratishga muvaffaq bo‘lsalar ham, lekin 
butun holda, jangning oqibati bu yerda hal bo‘lmadi. 
Mirzo Yodgoming o‘ng va so‘l qanotlari qattiq shikast 
yeb, butunlay bebosh-betartib qochishga yuz tutgan 
edi. Bu hodisa turkmanlaming ruhini tushirdi. Ular 
endi dushmanga yopishish emas, o‘zlarini qirg‘in ichi- 
dan mumkin qadar tez olib qochishga tirisha bosh- 
ladilar. Boyqaroning zafar g‘ururi bilan ruhlangan 
yigitlari dushmanni yanchib, dahshatli suron bilan uni 
ta’qib etdilar. Nafasni bo‘g‘adigan, ko‘zlarni ko‘r 
qiladigan chang-to‘zon buluti havoni tutdi.
Husayn Boyqaro lashkari Mirzo Yodgorning 
parokanda yigitlarini bir necha farsang masofagacha 
shiddatli quvib, kechga tobo har xil o‘ljalar, asirlar 
bilan qaytdi. Bir to‘p asir, ko‘proq askar boshliqlari, 
shu topdayoq o‘ldirildi va kamay-sumaylar yangrab, 
g‘alaba shodiyonasi jang qizg‘ini hali so‘nmagan 
to‘zonli ko‘kni titratdi.
II
Shoir tevaragini Shirim qorovul boshliq maxsus 
posbonlar qo‘riqlagan hashamatli ipak chodirga kirdi. 
Zarrin to‘shakda o'tirgan Husayn Boyqaroga ko‘zi 
tushishi bilan uning vaziyatini allanechuk boshqacha
81


sezib, hayratlandi-da, rasmiy ta’zimdan so‘ng, pod- 
shohning ishorati bilan unga yaqin o‘tirdi. E ’timodli 
beklar, vaziriar yo‘q. Muqovasi ajoyib go‘zal yangi bir 
kitobni tizzasiga qo‘yib, shoir Hasanali Jaloyir o‘tirar- 
di. Har xil bahona bilan podshoh qoshiga kirishga, u 
bilan suhbatlashishga tirishgan Majididdin M uham ­
mad undan quyiroqda gerdayib, tiz cho‘kkan. Bular- 
dan tashqari, vazifasi har vaqt podshoh huzurida hozir 
bo‘lish ham uni zeriktirmaslik uchun har nav latifa va 
hikoyalar to‘qishdan iborat bo‘lgan ikki-uch hamsuh- 
bat endi podshohning g‘azabli ko‘zlarini uchratmas- 
likka tirishar edi. Navoiy bunda anglashilmas bir sir 
ko‘rmadi. Chunki vaziyatning og‘irligini bilar edi. 
Mirzo Yodgor jangda qattiq mag‘lub bo‘lgan esa-da, 
Husayn Boyqaroning g‘alaba shodliklari uzoq cho‘zil- 
madi. Keyingi vaqtlarda har kun bir-biridan sovuq 
xabarlar eshitila boshlandi: «Mirzo Yodgor ko‘p 
lashkar to‘plagan emish, Amir Hasanbek unga mun- 
cha ming navkarni ko‘makka yuborgan emish, Xu- 
rosonga hujum uchun Sulton Mahm ud qo‘shin bilan 
A m u yoqasida turgan emish...» Bundan tashqari, pocL- 
shohga gina saqlaganidanmi yoki Mirzo Yodgor bilan 
zimdan til biriktirganidanmi, bir ko‘p beklar va yigit- 
lar o‘rdugohdan' qocha boshlagan edi.
Navoiy g‘amgin va g‘azabli podshohga dadil qarab, 
hol-ahvol so‘radi. Husayn Boyqaro Hirotdan chopar 
kelganini aytib, jig‘ali boshini allaqanday m a’nodor 
silkib, ahvolning og‘irligini ifodaladi. So‘ng zarrin 
to‘shak ostidan bir maktub chiqarib, shoirga uzatdi. 
Navoiy diqqat bilan qog‘ozga ko‘z yugurtib, keyin 
maktubni sekingina tizzasiga qo‘ydi. Boshini quyi 
soldi, ikki qosh o‘rtasi tugunchak bo‘lib, yana 
qog‘ozga tikildi. Voqeani butun ildizi bilan tasawur 
etgach, maktubni bukib, yoniga, atlas ko‘rpachaga 
qo‘ydi-da, podshohga qaradi. Uning qarashida tahlika, 
sarosima yoki «ajab bo‘libdi!» degan bir m a’no, bir his 
yo‘q edi. Uning ko‘zlari har vaqtki ishonch va fikr-
Q o 's h in q o 'n g a n joy.
82


chanlikni saqlar edi. Podshoh o‘z hayajonini yashirol- 
may, achchiq shikoyat bilan dedi:
— Dorilsaltanatda1 bir guruh razil avboshlar2ning 
fitnasini daf etmoq uchun ne chora buyursak ekan? 
Bu xususda umaro3mizning ra’yilarini bildik. M a ’qul 
va maqbul tadbimi shoyad siz janobdan eshitgaymiz...
Navoiy o‘ziga xos ulug‘vorlik, nazokat, muloyimlik 
bilan dedi:
— Podshoh hazratlari, mulki Xurosonning taqdiri 
va hayoti sizning qo‘lingizdadir. Sizning muborak 
xotiringiz bu alamangiz hodisa xususida ne fikr bayon 
qilur?
— Bu toju davlatni qilich bilan olibmiz,— bir nafas 
sukutdan so‘ng keskin gapirdi Husayn Boyqaro, — uni 
yana ayni qilich bilan poydor qilmoqqa harakat 
qilg‘umizdir.
Bu so‘zlar shoimi cho‘chitmadi. Dunyoning yarmi 
ustida qilich o‘ynatgan oqsoq jahongirning bu avlodi 
qilich tutishni yaxshi bilsa, qilich bilan faxrlanishni 
sevsa ham, lekin qilichdan ko‘ra mayga, jang may- 
donlaridan ko‘ra chaman bog‘larda tuzilgan sho‘x 
bazmlarga ko‘proq moyil edi. Shoir aqlli kengash 
bilan uni to‘g‘ri yo‘lga solib yuborish mumkinligiga 
ishonardi ham. Lekin arzimagan bir bahona goho 
uning g‘azabiga, olovni birdan gurillatgan shamol- 
day ta’sir qilar edi. Navoiy vazminlik bilan murojaat 
etdi:
— Xoqon, yaralik ko‘ngillaming shifosi uchun siz 
hakimi hoziq4 bo‘lmoqlig‘ingiz kerak. Kaminaning 
fikricha, bu yerda qilichning aslo hojati yo‘qdir!
Husayn Boyqaro, xayol surganday, chodir shipiga 
qarab qoldi. Hamsuhbatlar, yelkalaridan bir nima 
bosganday, past cho‘kib o‘tirdilar.
0 ‘rtadagi og‘ir jimjitlikni Majididdin Muhammad 
buzdi:
1 Poyxtaxt m a ’nosida.
; Bezorilar.
'A m irla r, beklar.
‘ B ilim don, usta tabib.
83


— Darhaqiqat, — dedi u, gerdaygan bir turda 
Navoiyga qarab, — podshohi olam hazratlarining fikr- 
lari aqli salim1 mevasidir. Johil olomonni tarbiyala- 
moq uchun tig‘, loaqal tayoq lozimdir. Olomon shaf- 
qat va marhamatning qadriga yetmas.
Navoiy titrab, kinoyali kuldi.
— Masala adolat va haqiqat masalasidir, — javob 
berdi Navoiy o‘zini tutishga tirishib. — Haqiqat 
olomon tarafidadir. Haq so‘zni aytgan og‘izlami tosh 
bilan qonatmoq emas, haqiqat tamalini qulatmoqqa 
ko‘tarilgan qo‘llarni kesmoq zarur. Zakot yig‘moq 
davlat ishidir, lekin bir necha badnafs, chirkin max- 
luqlar uchun boylik manbai emas! Bundan so‘ng 
butun Xurosonda jamiki fuqaro tirikchiligini nazarda 
tutib, zakotni isloh etmoq kerak. Bu idorani shiraga 
o‘ch chirkin pashshalardan tozalamoq zarur! Takror 
aytamanki, elning qahri, g‘azabi asoslidir. Uning 
ovoziga quloq solmoq, shikoyatlarini sabr-toqat bilan 
tinglamoq vazifamizdir.
Majiddiddinning rangi quv o‘chib, tili kesildi. 
Hamsuhbatlar yer ostidan bir-birlariga m a’nodor 
qarab olishdi.
— Ish siz degan haddan o‘tibdir! — keskin e’tiroz 
qildi Husayn Boyqaro.— Bizning xizmatimizda bo‘l- 
gan zotlami sangbo‘ronga tutmoqni saltanat tojiga 
otilgan haqorat, deb bilgumizdir. Ariza bilan shikoyat 
qilsinlar, nainki, poytaxtda g‘alva ko‘tarmoq!..
— Bizga qolsa, aslo! — yashirin bir kinoya bilan 
kulimsirab gapirdi Navoiy. — Saltanat tojini, quyosh 
yanglig‘, samovot doirasida biling. Nainki X o ‘ja Ab- 
dullo Xatibdek bir xomtama, ajdarnafsning boshiga 
tushgan toshni saltanatga nisbat berursiz. Bir zolim- 
ning boshi shikast topgani uchun el ustida tig‘ o‘ynat- 
moq faqirning xotiriga andog‘ keladirkim, davlatingiz- 
da har nav darranda va gazandalaming quyrug‘ini 
ko‘tarur... Modomiki, xaloyiq qo‘lga tosh olibdir, 
uning ko‘nglida dardi bordir. Bu dardni tahqiqlamoq, 
adl suvi bilan yuvmoq, davolamoq lozimdir.
1 S o g 'lo m aql.
84


Husayn Boyqaro sukut qildi. U taraddudda edi. 
So‘ng qiyiq, tez o‘ynaydigan ko‘zlarini shoirga tikib, 
g‘amgin holda dedi:
— X o ‘ja Abdullodek ko‘rnamakni jazoga tortg‘u- 
mizdir, bunga zarra shubha qilmangiz. A m m o poytaxt 
osoyishtaligini buzgan ahli fitna va fasod ham jazodan 
xoli qolmasligi lozim... Loaqal siyosat yuzasidan bir 
nima jarimaga tortilsalar, istiqbolda bu kabi g‘alayon- 
lar takror bosh ko‘tarmagay...
Navoiy yashirin, ichdan xo‘rsindi. Podshohning 
bema’ni o‘jarligini sindirish uchun jasur bir ohang 
bilan dedi:
— Shoho, xalqning molini, jonini bo‘rilar ixtiyori- 
ga topshirilsa, ular bu qonxo‘r maxluqlar dastidan 
fig‘on ko‘tarsa, ularga quloq solmaslik adl-insofdan 
emas. Tahdid va siyosat emas, mehribonlik darkor. 
Xalq bilan bo‘lg‘usi muomalada qilichga emas, adl 
kuchiga suyanmoq, xalqni jabr-zulmdan qutqarmoq 
lozim. Zero, xalq shundog“ bir daryoyi azimki, u tosh- 
sa, aning mavjidan na shohning qasri, na darveshning 
kulbasi qolur, u shundog' bir o‘tki, uning bir uchquni 
tutashsa, na xashakni qo‘yar, na falakni... Bas, yaxshi- 
lik qilmoq kerak: elning, yurtning baxti barqaror bol­
sa, saltanat ham bexatar bo‘lur.
Shoiming mantiqi qarshisida podshoh har qanday 
e’tirozdan ozod qolgan edi. Lekin ba’zi beklar va ken- 
gashchilarning ra’yiga ters bolgan bir qarorni chiqa- 
rishga botinqiramas edi. Ikkinchi tomondan, Mirzo 
Yodgor kabi dushman bartaraf qilinmagan va uning 
tarafdorlari ko‘payib turgan bir sharoitda davlatning 
yuragi bolgan Hirotdagi g‘alayonni ildamlik bilan 
tugatish zamr edi. Husayn Boyqaro yana bir qancha 
vaqt masalani muzokara qildi. Shoir o‘z fikrida mus- 
tahkam ekaniga qanoat hosil qilgach, nihoyat, qat’i- 
yat bilan dedi:
— Mulohazalaringizni batamom qabul qildik. Bu 
nozik vazifaning uhdasini sizga havola etmoqchimiz. 
Inshoollo, siz kabi kordon va sohibi tadbir bir zot poy- 
taxtimizda sukut va osoyishtalikni tez kunda barpo
85


qilur. Hozirdan safarga otlanmoqqa sizga ijozat 
berdik.
Navoiy el foydasi va davlat manfaati uchun 
bo'lgan bu vazifaga, o‘z odati bo‘yicha, e’tiroz qilma- 
di. Yengil ta’zim bilan o‘z roziligini bildirib, tabassum 
qildi-da, sekingina dedi:
— Poytaxtdagi alamdiyda xaloyiq uchun bu faqir 
na sovg‘a bilan borur? Elning jarohatlarini ne malham 
bilan davolar?
— Jumla olamga m a’lumki, men podshohmen, 
tabib emasmen! — hazil yo‘sin javob berdi Husayn 
Boyqaro.
Navoiy hazil-mutoyibani sevguvchi, zavq bilan 
tinglab, chechanlik bilan chuqur javob berishga mohir 
bo‘lsa ham, hozir kulibgina qo‘ydi ham so'zini jiddiy 
davom ettirdi:
— K o ‘ngilga shunday muqarrar bo‘ldikim, doril- 
xalofat1 fuqarosi qoshiga yetgach, faqir ulami hech 
narsa bilan quvontirmoqdan ojiz qolgaymen. Maq- 
sadimizni ravshan qilib aytsak, bizni farmoni humo- 
yun2 bilan sarafroz qilsangiz ekan.
— Mazmuni qanday bo‘lmog‘i kerak? — qiziqib 
so‘radi podshoh.
— Shul mazmundakim, — dedi Navoiy, — far­
moni oliyning har bir so‘zi ko‘ngillarga quyoshdek 
hayot bag‘ishlagay. Har bir nuqtasida, qatorida, daryo 
pinhon bo‘lgani kabi, sizning daryoyi adolatingiz jil- 
valangay. Yana ul farmonda shunday so‘zlar bo‘lmog‘i 
kerakkim, ular zolim, munofiq amaldorlar, ulus molni 
g‘asb etuvchilar3 boshiga sangbo‘ron bo‘lib yog‘ilgay.
Husayn Boyqaro indamasdan, ayyorcha kulib 
qo‘ydi. Keyin yengillanib, Hirotda bajarilishi kerak 
bo‘lgan boshqa ishlar to‘g‘risida so‘zladi. Nihoyat, 
shoir ruxsat tilab, o‘midan qo‘zg‘alar ekan, u dedi:
— Y o ‘l tadorikiga kirishing. Farmonni tezda 
muhayyo qilib, sizga topshirurmiz.
' Poytaxt m a ’nosida.
: Pod sh o h farm oni.
'B o sib , z o ‘rlab oluvchi.
86


Navoiy asta-asta yurib, o‘z chodiriga keldi. T o ‘nini 
yechib, bir nafas istirohat qilmoqchi bo‘ldi. Lekin u 
butun borlig‘i bilan hozir Hirotda edi. Uning boshini 
turli fikrlar, rejalar qopladi.
Xizmatchi hammaga qaynatilgan yalpi qozondan 
taom keltirdi. Shoir ozgina et yeb, kosani chetga 
surdi. Sharbat o'rniga bir kosa sovuq ayron talab qildi. 
Keyin qip-qizil turkman gilami ustida sochilib yotgan 
shatranj donalarini yig‘ishtirib, atrofdagi chodirlarda 
bo‘lgan shatranj ustodlaridan birini chaqirishni istasa 
ham, lekin, odatdagicha, o‘yinning zavqiga berilib
yo‘lga kechikishdan qo'rqdi. Kitoblar taxlangan pastak 
kursida yotgan va kitoblar ichiga suqib qo‘yilgan 
shaldiroq, oqsimon va rangli qog‘ozlami to‘plab, tar- 
tibga solib, kichkina, har yoni o'ymakor tasvirlar bilan 
muzayyan fil tishi qutiga soldi. Bular safarda bitilgan, 
hali oqqa ko‘chirilmagan g‘azallar, muammolar, 
tuyuqlar edi.
Y o ‘l jabdug‘i tayyor bo‘ldi. Farmonni shoir ko‘z- 
dan kechirib, uning mazmunidan rozi bo‘ldi. So‘ng, 
uni naychaday buklab, ustini muhrlatib, sallasining bir 
chekkasiga qistirdi. Mulozimlar uning yuvosh, lekin 
jussasi juda kelishgan yo‘rg‘a qora bayir otini 
ko‘ndalang qilishdi. Shoir bilan birga borishi tegish 
bo‘lgan hamrohlar ham tayyor bo‘ldi. Bularning orasi- 
da shoirning sadoqatli navkari Boboali — barvasta 
qomat, aqlli, boadab yigit ham bor edi. Navoiy duxo- 
ba ko‘rpacha tashlangan egarga o‘tirishi bilan ot 
boshini chiroyli silkib yurib ketdi. Uning orqasidan 
Boboali va bir necha saroy mulozimlari, mansabdorlar 
yo‘lga tushdilar.
Shoir otda yurishni, sokin dala manzaralarini 
tomosha qilishni sevar, hatto ba’zan ot ustida ilhom- 
ga berilib, g‘azallar to‘qir edi. Uzoqdan, mayin, 
ko‘kimtir tuman pardasida sokin jilvalangan tog‘lar, 
havoda bir to‘p ko‘lanka kabi g‘ira-shira ko‘ringan 
daraxtzorlar, qumliklaming qizg‘inidan oyog‘i kuygan 
kabi zir yugurgan shamollar, mayda toshliqlar orasi- 
dan mildir-mildir qaynab chiqqan tiniq suvlar —
87


hamma narsa shoiming ko‘nglini to‘lqinlantirar, u 
hamma narsada ulug‘, lekin yashirin bir kuchning 
go‘zal va azamat ohangini tuyganday bo‘lar edi.
Navoiy obod joylardagi ekinlarga, mevazor bog‘-
chalarga diqqat qildi. Adirlardagi podalarga, dahshatli 
qoyalar va cho‘qqilar ustida sakrab, toshlar orasida o‘t 
chimtib yurgan echkilarga suqlanib qaradi. K o ‘ch- 
manchi afg‘on va boshqa qabilalaming chodirlariga, 
sahroyi, sodda hayotning xususiyatlariga razm soldi. 
Bu qabilalaming tillari, maishatlari, odatlari haqida 
hamrohlari bilan so‘zlashdi.
Suv yoqasida gerdayib yotgan katta toshga tikilib, 
unda qandaydir tasvir izini fahmlab, otdan tushdi. 
Toshga boshdan-oyoq diqqat bilan boqib, zamonlar- 
ning nafasi bilan ancha o‘chgan bu tasviming qurolli 
jangchi ekanini aniqladi; hamrohlarini to‘plab, bu 
tasvir Iskandar Zulqamayn davridan qolgan bo‘lishi 
ehtimol, degan mulohazani aytdi. Bu munosabatla ta- 
rixning va tarixiy asarlar, obidalaming ahamiyatini 
so‘zladi. Zamonlaming abadiy jarayoni, unga nisbatan 
odam umrining chaqmoq singari bir on yonib 
o‘chishi, hayotning m a’nosi va siri haqida bu tosh 
Navoiyning boshida fikrlar bo‘ronini qo‘zg‘agan edi. 
Shoir bu yerdan ko‘zlarida qandaydir g‘am ko‘lkasi 
bilan jo‘nadi va ancha vaqtgacha hech nima so‘zla- 
masdan, fikr ham kechinmalarining sehriga berilib 
bordi. Otlarga xashak berish, bir qadar hordiq chiqa- 
rish uchun rabotlardan1 biriga qo‘nilgan vaqtdagina 
uning ko‘ngli yana ochildi. Hamrohlar bilan davra 
qurib o‘tirar ekan, yo‘llarning yomonligidan, rabot- 
laming xarobligidan shikoyat qildi. Y o ‘llami yaxshi- 
lash, yangi rabotlar barpo qilish kerakligi haqida o‘z 
orzularini bayon etdi. Ovqatdan keyin, ermak uchun, 
o‘zining ham o‘zga shoirlarning muammolaridan bir 
nechasini o‘qib, yashirilgan ismlarni topishni so‘radi. 
Biron soat kulgi yo‘sun gaplar ham bo‘ldi.
Navoiy Hirotga kirishi bilan uning maxsus farmon
1 Y o 'lo v ch ilam in g q o 'n ish i u c h u n q u rilgan m axsus karvonsaroylar.


olib kelganligi butun shaharga yashindek tarqaldi. 
Ham m a uni tezroq eshitish orzusi bilan yondi. Hirot, 
tishdan qaraganda, awalgiday tinch, hamma o‘z 
tirikchiligi bilan mashg‘ul bo‘lganday ko‘rinsa ham, 
lekin kosib-hunarmandlar, dehqonlar hali g‘azabdan 
tushmagan edilar. G ‘alayon awalgidanda dahshat- 
liroq va keskinroq bir miqyos va shiddat bilan har 
lahza mavjlanishga tayyor edi.
Shoir devonga kelib tushdi. Voqeaning qanday ro‘y 
berganligini mufassal o'rgandi. X o ‘ja Abdullo ham 
boshqa ma’murlar tomonidan xalqqa solingan zakotni 
bekor qildi. Bu ishda aybdor mansabdorlami man- 
sabdan bo‘shatdi. Keyin arz-dod qilg‘ali eshikda 
to‘plangan kambag‘al aholini qabul qilishga kirishdi. 
Yoshmi, keksami, ayolmi, tojik, o‘zbek — har kim- 
ning shikoyatini sabot-matonat bilan tingladi. Shi- 
koyatchilaming hol-ahvollariga doir savollar berdi, 
ulami yupantirdi, da’volarini hal qildi. Shoiming 
qoshiga yig‘lab kirganlar tabassum bilan, bukchaygan- 
lar adolat kuchi bilan mhlanib, qadlarini rostlab 
chiqdilar.
Hirotning ulug‘ masjidi jomi’ning xonaqosi, qu- 
lochga sig‘mas yo‘g‘on ustunli naqshkor ayvonlari, 
katta, tekis hovli sahni, jomi’ning uch tomonini 
o‘ragan qator hujralaming tomlari, minoralar xalq 
bilan liq to‘la edi. Muhtasib'laming qattiq tergovlariga 
qaramay, namozga beparvo bo‘lgan Hirot chapanilari, 
yetim-avboshlari ham bugun dastomi boshlariga nari- 
beri chulg‘ab, jomi’ga kelgan edilar.
Juma namozidan so‘ng shoir asta, ulug‘vor yurib, 
minbarga chiqdi. H am m a birdan «guv» etib o‘midan 
turdi. Tiq etgan tovush yo‘q. Ham m a ko‘zlar chuqur 
hayajon bilan bir nuqtaga tikilgan. Navoiy minbarda 
turib, bir tuyg‘u, bir hayajon bilan jim qotgan xalqqa 
darddosh ko‘zlarini yugurtirib chiqdi. Shoir bu qarash- 
da o‘ziga xos chuqur anglash qobiliyati bilan xalq 
dardlarining, ehtiyojlarining eng yashirin tomirlariga
Diniy ishlar m a’nuiri.
89


qadar yetganday bo‘ldi. Yuragining to qa’rida 
uyg‘ongan hislaming ta’siri bilan ko‘ksi qabarib, 
chuqur xo‘rsindi. Farmonni ochdi, sezilar-sezilmas 
titragan qo‘lida tutib, kuchanmasdan, ovozini odat- 
dagidan balandroq qo‘yib, asta-vazmin o‘qidi. Birdan 
yalpi g‘ovur-g‘uvur ko‘tarildi. Xalq o‘z taassurotini, 
ko'ksida siqilgan his va fikrlarini ifoda etishga kirish- 
di: «Yo, adolat!» «Inshoollo», «Zolimlarga la’nat!», 
«Ofarin!» sadolari hamma yoqni tutdi.
Farmonning mazmuni bir zumda og‘izdan-og‘izga 
o‘tib, orqadagilarga, hatto jomi’ tomidagilarga ham 
yetgan edi. Shoir to‘lqinlanib, o‘z nomidan qisqa, 
m a’nodor, samimiy nutqini bitirgan hamon minglar- 
cha qo‘llar — dehqonlaming g‘adir-budur baquwat 
qo‘llari, bo‘yoqchilaming ko‘m-ko‘k panjalari, bo‘z- 
chilar va boshqa hunarmandlaming ingichka suyakli 
barmoqlari havoga ko‘tarildi. Navoiy haqiga aytilgan 
duo va tilaklar gumburlab, jomi’ning azamat peshtoq- 
larini yangratdi...
Odamlar quvonch bilan ko‘chaga oqdi. Elning 
umumiy xursandchiligi bilan adolat so‘zining kuchiga 
chuqurroq ishongan shoir hammadan keyin qolib, 
madrasalar va mullabachchalarning ahvoli to‘g‘risida 
shahaming ulug‘ olimlari, mudarrislari bilan suhbat- 
lashdi-da, har qanday namoyishkorona harakatdan 
qochib, yolg‘iz o‘zi devonga qaytdi. Xalqqa jabr-sitam 
yetkazgan bir ko‘p mansabdorlarni ro‘yxatga olib, har 
birini o‘z gunohi va jinoyatiga yarasha jazo va jarima- 
ga tortmoqqa tayyorlandi.
Butun Hirot shoiming haqiqati bilan yashar edi.
Navoiy Husayn Boyqaro qarorgohiga qaytib, 
Hirotda tinchlik-osoyishtalik barpo qilganini bildir- 
gach, podshoh oshig‘ich ravishda poytaxtga otlandi. 
Lekin birinchi mag‘lubiyatdan keyin yana ko‘p quwat 
to‘plab, hatto Astrobodni ishg‘ol etgan Mirzo Yodgor 
endi ko‘zlarini Hirotga tikkan edi. Uning odamlaridan 
bir qismi Hirot tevaragida yashirin harakat qila bosh- 
lagan edi. Husayn Boyqaro tashvishda edi. Navoiy 
mumkin qadar ildam Hirotga yetishni, unda yangi
90


kuchlar yig‘ib, dushmanning butun kirdikorlarini be- 
huda qilishni maslahat bergach, Husayn Boyqaro 
lashkari bilan poytaxtga oshiqdi.
Voqealar barq sur’ati1 bilan davom etdi.
Husayn Boyqaro tun-kun yo‘l bosdi. Poytaxtga 
ikki-uch rabotlik masofa qolganda to'xtadi. U , odat 
bo‘yicha, Hirot ulug‘larining istiqbolga chiqishlarini, 
tantana bilan shaharga kirishni orzu qilar edi. Lekin 
poytaxt go‘yo uning kelishidan butunlay xabarsizdek 
ko'rindi. Hirot kar va sovuq. Husayn Boyqaroning 
rangi o‘chdi. Lashkar orasida duv-duv gap ketdi. 
Voqeani o ‘rganmoq uchun yuborilgan odamlar 
shumshayib qaytishdi; ular poytaxtga yo‘l berk ekani- 
ni, qal’aning beklari Mirzo Yodgor tarafiga o‘tganlik- 
larini bildirishdi. Lashkarda hayajon va sarosima yana 
kuchaydi.
Navoiy podshohning chodiriga kirdi. Rangsiz, 
g‘amgin, bo'shashgan podshohga dalda berishga ti- 
rishdi.
— Bu qanday xiyonat! — boshini dard bilan chay- 
qab dedi Husayn Boyqaro. — Bevafo nonko‘r maxluq- 
lar mening yuzimga qal’ani yopdilar!
— Xiyonatkorlar o‘z chuqurlariga o‘zlari yiqilur- 
lar, — dedi Navoiy ishonch bilan. — Jasoratni qo‘ldan 
bermaslik kerak. T o ‘g‘ri, ish g‘oyat mushkuÛashdi. 
Lekin umid, g‘ayrat va imon bilan qadam qo‘yilsa, 
maqsad yo‘lidagi har qanday mushkilotni bartaraf qil- 
moq mumkin. Endi lashkarga yaxshi qaramoq kerak. 
Hozir mavjud navkarlardan ayrilmaslikka harakat 
qilingiz. Hamisha ular bilan birga bo‘lingiz, lashkar- 
dan uzilgan hukmdoming holiga voy!
— Bundan so‘nggi harakatlarimizni nechik tasav- 
vur qilursiz? — so‘radi Husayn Boyqaro o‘ychan 
boqib.
— Hozir bu yerdan chekilmoq lozim, — javob 
berdi Navoiy ikkilanmasdan. — Poytaxtda sadoqatli 
odamlar ko‘p. Ulaming ko‘magi bilan butun ahvolni
' C h aq m o q d ay lez.
91


o'rganursiz. Qulay fursat kelganda, qat’iy bir harakat 
bilan bu falokatlami daf etmoq mumkin...
Husayn Boyqaro ko‘zlarini bir oz yumib, xomush 
o‘yga botdi. Dastro‘moli bilan peshonasini artdi — bu 
dahshatli haqiqatning sovuq teri edi. Keyin xo‘rsinib 
o'rnidan turdi-da, titroq ovoz bilan beklariga ildam 
otlanishga buyruq berdi. Butun lashkar bilan kecha- 
lab, kunduzlab yo‘l bosib, Sartoq o‘langi degan mav- 
zega borib tushdi.
Bu asnoda Balx atrofida Sulton Mahm ud Mirzo 
harakatining kengayib borganligi haqida xabarlar 
keldi. Husayn Boyqaro endi o‘z mulkida ikki ofat — 
ikki yong‘in o‘rtasida qoldi. Endi u o‘z tojiga chovut 
solgan ikki ofatning qo‘llarini kesib tashlamog‘i kerak! 
Lekin unda kuch, g‘alabaga ishonch yo‘q. U endi 
dushman bilan ochiq maydonda uchrashishdan 
qo‘rqadi. Bir yerda qaror topishdan xavflanib, uyasiz 
qushday, sargardon kezmoqqa majbur. Sartoq o‘langi- 
dan Soqilmon dashtiga o‘tdi. Bu yerda bir guruh 
sipohlardan ayrilib, toôqqiz rabotlik yo‘lni ildam 
bosib, Naratog‘ga keldi. Mustahkam 0 ‘g‘ruq qal’asini 
har ehtimolga qarshi o‘z qo‘lida saqlashni m o‘ljalladi. 
Lekin, sal o ‘tmasdan, bu qal’aga ham e’timodi qol- 
madi. Nihoyat, Maymana qasabasi'ga o‘zini urdi.

Yüklə 7,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   161




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin