Asr oshgan asarlar



Yüklə 7,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/161
tarix22.10.2023
ölçüsü7,98 Mb.
#159903
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   161
Navoiy romani. Oybek

Chashm agar in astu abro ‘ inu nozu ishva in,
Alvido, ey aqlu donish, alvido, ey ilmu din'.
Yettinchi bob
Maymananing Chahor bog‘ida Husayn Boyqaro 
dilgir yashaydi. Shohona ziyofatlar, dabdabali, suron- 
li bazmlar qayoqda? Bog‘ning bir chetida naqshlari 
eskirgan, kattagina chorxari uyda ko‘pincha yolg‘iz 
o‘tiradi, g‘azallar ham yozmaydi. Butun boshli 
saltanatdan ayrilgan hukmdor allaqanday go'zalning 
qalam qoshlari, ohu ko‘zlari haqida oh chekadimi?! 
Toju taxt dag‘dag‘asi uning qoniga ona suti bilan kir- 
gan. Uning kuchini, dardini bu kunlarda Husayn 
Boyqaro, hamma vaqtdagidan ko‘ra, chuqurroq, o‘t- 
kirroq sezadi.
1 M a ’ n o s i: A g a r k o ‘z va qosh sh u n d ay b o 'lsa , n o zu ishva sh u n d av b o ls a , u 
v aq t aql-hush bilan , ilm va d in bilan x ayrlashm oq k erak (K a m o l X o ‘jan d iy ).
99


Sargardon podshohning orqasidan sudrala-sudrala 
intizomi buzilgan va kurash tushib, bir-birlari bilan 
yoqalashib, ermak qidirgan yigitlar va navkarlarning 
shovqinlari uzoqdan, bog‘ning narigi burchagidan 
eshitilar edi. Husayn Boyqaro ichidan xo‘rsinib, 
kimnidir sabrsizlik bilan kutar edi. Eshik og‘osi kirdi.
— Keldilar. Kirishlariga ijozat berursizmi? — 
so‘radi u bukilib.
Husayn Boyqaro boshini qimirlatib, tasdiqladi. 
Navoiy kirib, odatdagi ta’zimni bajo qilgach, podshoh 
shoshib-pishib o‘rin ko‘rsatdi-da, so‘zlay boshladi:
— Xotirga bir fikr kelgan edi. Eng awal bu xilvat- 
da sizning ra’yingizni ko‘ngil orzu qildi. Bilamenki, 
bu dardisar voqealar sizni ko‘proq tashvishga solmoq- 
dadir.
— Iltifotingizdan ko‘p mamnunmen. Hazratlari- 
dan xushxabar eshitgali keldim, — dedi Navoiy.
Husayn Boyqaro, bu yerda o‘zga kishi bo‘lmasa 
ham, ovozini pasaytirib, o‘zining voqeanavislari orqali 
deyarli har kun olib turgan m a’lumotlarini so‘zladi. 
Mirzo Yodgorning shavkati mustahkam emasligini 
tasvirladi. Hirotdagi vaziyat to‘g‘risida Navoiy ham 
o‘z eshitganlarini gapirib, so‘radi:
— N e qarorga keldingiz?
— Asli mushkilot shu qarorda... Bu xususni yaxshi 
mulohaza qilmoq darkor. — Boyqaro bir zum to‘xtab, 
davom etdi. — Agar biz bu mavjud lashkarimiz bilan 
dorilxalofat ustiga yursak va hech kutilmagan onda 
barq sur’ati bilan Yodgorbekni bossak... Sizningcha, 
maqsudga yetgaymizmi?
Shoir javob berishga oshiqmadi. K o ‘zlarini m a’no- 
dor suzdi, ingichka hislarini ifodalagan bir tabassum 
birdan uning yuziga yoyildi. So‘ng g‘oyat jiddiy ohang 
bilan dedi:
— Bu andishani menga aytmasangiz yaxshiroq 
bo‘lur edi!
Husayn Boyqaro fikrim m a’qul tushmadi shekilli, 
deb o‘yladi-da, shosha-pisha so‘radi:
— Nechun?
100


Navoiy birdan kulib yubordi.
— Y o ‘q, bu fikmi sir tutmoq kerak, sir... — ta’kid- 
lab dedi u.
Husayn Boyqaro ham iljaydi, lekin boshini 
chayqab, e’tiroz yo‘sunli gapirdi:
— Arbobi jang bilan kengashmaslikka choramiz 
yo‘q-ku!
— Albatta. Ulardan bemashvarat ish qilinma- 
gay, — dedi Navoiy. — Am m o bir xavfdan saqlanmoq 
zarur: sipohlaringiz orasidan qochib borg‘uvchilar bu 
harakatdan dushmanga xabar berurlar. Mirzo Yodgor 
ham uning umarosi, beklari g‘aflat uyqusidan ko‘z 
ochurlar. Bu yo‘lda g‘ayrat va himmatingiz aslo ozil- 
masun. A m m o barcha tadbirni pinhon tutmoq 
ma’qul. Hirotda Miroxo‘r yashaydi. U bizga bu ish 
uchun muqarrar bir kunni tayin qilsin. Keyin, o‘z fur- 
satida, arbobi jangni bir sirdan voqif qilursiz.
— Mulohazangizga zarracha gumonimiz yo‘q- 
dir. M a ’lum boldikim, siz janob bu xususda biz 
bilan hamfikrsiz?— Navoiyga tikildi Husayn Boyqaro.
— Zafaringiz uchun kamina qo‘ldan kelgani qadar 
jahdu jadal ko'rsatgusidir. Tangrim yurtga, ulusga 
osoyishtalik va farog‘at baxsh etgay! — dedi Navoiy.
— Omin! — soqolini siladi Husayn Boyqaro.
Bu rejani amalga oshirish uchun bir necha vaqt 
yashirin tayyorliklar ko‘rildi. So‘ng, kutilmagan payt- 
da, Maymanadan Murg‘ob daryosi tomoniga otlanil- 
di. Tog‘kun degan mavzeda Husayn Boyqaro eski 
shon-shavkatini 
eslatadigan katta majlis tuzdi. 
Beklarga navozishlar' ko‘rsatib, so‘ngra o‘z niyatini 
o‘rtaga tashladi. Ayrim kishilar qat’iy bir fikr bayon 
qilishga botinmay sukut qilsalar ham, lekin navkarlar 
orasida so‘zi o ‘tkir, ishbilarmon ba’zi beklar mam- 
nuniyat bilan muzokara qildilar. Ziyofatdan keyin 
Husayn Boyqaro o ‘z yigitlarining boshida ko‘rilmagan 
bir sur’at bilan yo‘lga tushdi. Pilpoyon degan mavze­
da unga Muham m ad Arlot, Amir Sarbon va boshqa
'N o zik muomala, go'zal iltifot.
101


bir necha e’tiborli kishilar qo‘shildi. Boyqaro Murg‘ob 
suvi bo‘ylab, o'zining sakkiz yuz ellik suvorisi bilan 
kechalab ham yurib ketdi. U zamonning mashhur ta- 
rixchisining mubolag‘akor ta’riflga ko‘ra, u otliqlar- 
ning har biri «Xoroshikof nayzasi uchi bilan oyning 
yuzidagi pardani ko‘tarur edi!» Tongga yaqin bir 
manzilga qo'nilib, ozgina istirohatdan so‘ng yana 
otlanib, Bobo Xokiy yo‘li bilan harakat qilindi.
Bobo Xokiy degan mashhur darvesh shu atrofda 
bir tog‘ning g‘ori ichida yashar edi. U yoshligidan 
boshlab dunyodan etak silkib odamlardan uzoqda, 
vahshiy tosh maskanida ibodat bilan mashg'ul edi. 
Husayn Boyqaro uning avliyoligiga ishonganidan bun- 
day og‘ir kunlarda darveshga sig'inib, undan duo 
olishni lozim bildi. Faqat, Bobo Xokiy, o‘z odati 
bo‘yicha, qabul qilmasligi mumkin, degan shubha 
bilan kelar edi. Am m o bu shubha tamom o‘rinsiz 
bo‘lib chiqdi. Podshohning daragini eshitib, umuman, 
odamlardan qochgan bu darvesh o‘z xohishi bilan 
podshohni yo'lda qarshiladi.
Husayn Boyqaro otdan tushib, ta’zim qildi va 
yaqin kelib, uning etsiz, ingichka qo‘lini o‘pdi. 
Darvesh o‘z maskaniga taklif qildi. Husayn Boyqaro 
har bir daqiqani o‘ziga g‘animat bilsa ham, lekin 
darveshning ra’yini qaytarishga botinmay, mamnuni- 
yat bilan taklifni qabul etdi. Chamasi, sakson yosh- 
larga yetgan, chillakday oriq, ingichka va yelkasi tur- 
tib chiqqan Bobo Xokiy hali juda tetik edi. U atrofga 
cho‘kib yotgan cho‘ng, qo‘pol, qirrali katta toshlar 
orasida, xuddi echkiday, soqolini selkillatib, ajoyib bir 
chaqqonlik bilan baland g‘orga yo‘l boshladi.
G ‘oming ustidan naq bosib tushayotganday vahi- 
mali qoyalar osilib turar edi. G ‘or ichi uch-to‘rt bo‘yra 
sahnga ega; g‘adir-budur tosh devorlar isdan qop-qora 
edi. Yerda poxol ustiga solingan eski bir sholcha, 
buzoq terisidan taqir po‘stak, bir chekkada paxtasi 
oqqan ko‘rpa taxlog‘li turardi.
Bu yer juda bahavo. G ‘irillab esgan salqin shamol 
g‘or ichiga kirib, soqollami hilpillatib o‘tadi, katta
102


qoya orasidan ingichka kumush uqa kabi otilgan suvni 
mayda durlar singari sochib to‘zg‘itadi. Toshliqlar, 
qurib yotgan soylar, past-baland to‘lqinlanib cho‘zil- 
gan tepalar, adirlar, mayin zangón parda ichida xira 
miltillagan uzoqliklar ko‘zlarni beixtiyor tortar, 
allaqanday mubham va uyqudek shirin elituvchi his- 
lar, kechinmalami uyg‘otar edi.
Podshoh darveshning ko‘nglini olishga tirishdi. 
Uning taqir po‘stagiga ixlos bilan o‘tirdi. Butun borli- 
gi toju taxt g‘avg‘osi bilan kemirilgan, dunyoning son- 
siz lazzatlari, ne’matlarining daryosini butun umr 
qamrashga intilgan Husayn Boyqaro shu topda o‘zini 
darveshlikka soldi. Uzlat'da kechirilgan faqir hayot- 
ning pokligi, dunyo qayg‘u-mashaqqatining shaytoniy 
bir manbadan tug‘ilganligi, bu g‘oming shoirona 
go‘zalligi haqida gapirdi. Chol darvesh podshohning 
unga chindan ixlos qo‘yganligini sezdi. Ulug‘ zot2ning 
yuksakligi to‘g‘risida o‘zining beparvo harakati va 
kimga aytgani m a’lum bo‘lmagan so‘zlari bilan ta’kid- 
lashga tirishdi. So‘ngra bir parcha kir bo‘zni podshoh 
oldiga yozib, bitta qattiqroq nonni ushatdi. Sirti ola- 
pes qovoq idishdan bir sopol tovoqqa quyuq qatiqni 
lim-lim quyib uzatdi. Podshohning orqasidan chiqqan 
va g‘or ichiga kirmasdan chetroqda, toshga suyanib 
turgan ikkita xos mulozimga ham bir sopol piyolada 
galma-gal qatiq tutdi. Husayn Boyqaro tovoqni ko‘-
tarib, qatiqni chinakam ishtaha, to‘g‘risi, samimiy 
niyat bilan «xo‘r-xo‘r» ichar ekan, darvesh g‘or og‘ziga 
cho‘qqayib, javray boshladi:
— 
Bu maskanning ichi men gunohkor bandaning 
ko‘ngli yanglig1 qora bo‘lsa ham, uni shahanshohlar- 
ning oltin qasrlaridan afzal ko‘ramen. Bu yerda qush- 
lar bilan hamrohmen, toshlar bilan dardkashmen. Yo, 
olio! Jamoling tug‘yoni bo‘lgan bahor sellari sening 
shafqat daryoyingga meni sudramadi. Qishning 
bo‘ronlari vujudimdagi zang bosgan zanjirlami uzib, 
meni sening aslingga qaytarmadi... Yohu!
1 Odamlardan uzoqda.
1 Xudo.
103


Husayn Boyqaro qatiqni ichib bo‘lib, soqol, mi- 
yiqlarini artdi. Darvesh so‘zdan to‘xtagach, ta’zim 
bilan ketishga ijozat so‘radi ham o‘zi haqida dúo qi- 
lishni o‘tindi. Chol o‘midan turib, qo‘Uarini yoyib, 
qiblaga yuz o‘girdi. Podshoh ham o‘midan sapchib 
turdi-da, darveshning orqasidan qo‘l qovushtirib, 
boshini quyi soldi.
Duodan so‘ng darvesh podshohga andak to‘xta- 
lishga ishorat qildi, g‘oming bir burchagiga qalangan 
shox-shabba orqasidan eski, uchi zanglagan bir 
nayzani olib, g‘ordan tashqari chiqdi va uni nayzaboz, 
jangchilarday tutib, ko'zlarida g‘azab yongan holda 
Hirot tomonga o‘qtaldi, dushmanni sanchganday, uch 
marta havoni sanchdi-da, Husayn Boyqaro qo‘liga 
tutqizdi. Podshoh juda mutaassir bo‘ldi. K o ‘zlariga 
quyilib kelgan yoshni bazo‘r to‘xtatib, cholning in- 
gichka, suyak qo‘llarini ko‘zlariga surtdi.
Husayn Boyqaro mulozimlari bilan otini qattiq 
haydab, lashkarga yetdi. Ba’zi beklarga o‘z taassuroti- 
ni quvonch bilan so‘zladi. Darveshning nayzasini, 
dunyoda eng muqaddas narsa kabi, qo‘lida mahkam 
tutgani holda Hirotga yo‘l soldi. Q o ‘nimsiz yurish 
bilan yarim kechada Hirotga yaqin Juzduq chash- 
masiga yetib, shunda to‘xtadi. Bir parcha kemtikli oy, 
jimjit mudragan xaroba qishloq uylarining qashshoq- 
ligini ko‘rsatmoqchiday, xiragina nurlanadi. Goho 
uzoqlarda itlarning uvillashi eshitiladi.
Kun qoraygandan beri podshohning ko‘ngli g‘ash 
edi. Hozir esa o‘z tojining dushman qo‘liga o‘tgan eng 
yirik duri — Hirot qarshisida, eng mas’ul paytda, 
unda shubha va taraddud kuchaydi: «Nima bo‘ladi? 
Dushman g‘aflatda bo'lmay, suron ko‘tarib qarshilasa, 
yana sharmanda bo‘lib qoladimi?!» Shuning singari 
qo‘rqinch, ezuvchi fikrlar, bir zum bo‘lsin, boshidan 
uchib yo‘qolmadi. U hayajonlandi. Sipohilar bu yerda 
sovutlarini kiyib, jangga tayyor bo‘la boshladilar.
Navoiy otda podshohga yaqin keldi. U juda ehti- 
yot bilan harakat qilish, oldindan ba’zi tadbirlar 
ko‘rish, masalan, «til» tutmoq1 uchun kishilar yubo-
104


rish kerakligini uqtirdi. U charchagan ko‘rinardi. Le- 
kin ovozi ishonchli jaranglardi. Husayn Boyqaro shu 
onda Shirim qorovulni chaqirdi. Shirim ziyrak qoro- 
vul edi. Chaqqonlik va hiylada o ‘zini Mehtarbod 
Yaldo2dan aslo tuban hisoblamas edi. U yoniga ikki- 
uch chapdast yigitlami olib, bir zumda ko‘zdan g‘oyib 
bo‘ldi. Sipohilar jangga tayyorlanib, yurishga amr 
kutar edilar. G o ‘yo vaqt tez o‘tib, tong otib qoladi- 
ganday tuyulardi. Otlar charchoq, odamiar bezovta 
edi. Shirim qorovul chala mast bir kishini oldiga solib 
keldi. Bu — Mirzo Yodgoming odamlaridan bo‘lib 
chiqdi. Beklar sarosimada o‘zini yo‘qotayozgan bu 
odamdan ba’zi muhim m a’lumot olishga tirishishdi. 
Shirim qorovul: «Hirotda g‘aflatdan o ‘zga bir xabar 
ola bilmadim» degach, Husayn Boyqaro yuz kishini 
ajratib, Muzaffar barios, Ibrohim barios, darvesh 
Arlotlaming qo‘l ostida Bog‘i Zog‘onning katta dar- 
vozasini ochishga yubordi. Yana til tutmoq uchun 
kishilar belgiladi. Hirot tomonidan hech qanday 
shovqin ko‘tarilmaganiga ishongach, o‘zi qolgan 
navkarlar bilan harakat etdi. Hiyobon ko‘chasini 
bosib, Imom Faxriy mozoriga yetganda, Sulton X o ‘ja 
0 ‘zbekni, uning o‘ziga qarashli jamoa yigitlari bilan 
Bog‘i Zog‘onning Gavharshodbegim madrasasiga 
yopishgan darvozasini o‘rashga yubordi. Boshqa dar- 
vozalarga ham dasta-dasta navkarlarni tayinladi. 
Uning yonida saksonga yaqin kishi qoldi. U Muzaffar 
barios ish ko‘rayotgan darvozaga qarab yurdi. Y o ‘Ida 
uning dushman ichidagi sodiq kishisi Miroxo‘rdan 
darvoza buzilib, ichkari kirilganini eshitdi. Husayn 
Boyqaro yengillanib, ildam ot surdi, to‘ppa-to‘g‘ri 
Bog‘i Zog‘onga kirdi. Nim qorong‘ilikda daraxtlar, 
xiyobonlar orasida Husayn Boyqaro yigitlari tovush 
chiqarmasdan, dushman kuchlarini axtarishdi. Hech 
bir tomonda Mirzo Yodgor sipohilari, navkarlarining 
izi ko‘rinmas edi. Bu yerdan Husayn Boyqaro Bog‘i
' D ushm anning vaziyati haqida m a ’lumot olmoq uchun dushman odamlarini 
qo'lga tushirmoq.

’ Eski jangnomalaming qahramonlaridan; afsonaviy josus.
105


Shimolga — Mirzo Yodgoming xobgohi1 bo‘lgan boq- 
qa o‘tdi. Bu yerda to‘satdan uyg'ongan ayrim navkar- 
lar kutilmagan bosqindan es-hushlarini yo‘qotib, 
qarshilik ko‘rsatish, o‘zlarini mudofaa etish emas, ish 
qo‘ldan ketganiga tan berib, hatto «churq» etib ovoz 
ham chiqarmadilar.
Yigitlar soddadil shahzodani qidirar edilar. Mana, 
qo‘rg‘onday baland muazzam qasr. Uning yonida xir- 
goh2. Xirgoh bo‘m-bo‘sh... Husayn Boyqaro baland 
tepalikning ustidagi ko‘shkning atrofini uzoqdan 
o‘radi. Buning orqasidagi ko‘shkda Mirzo Yodgor 
bo‘lishini chamalar edi. Faqat u ko‘shkka kirish 
uchun tepalikni oshib o‘tish kerak edi. Ham m a shun- 
day qilish kerakligini anglaydi. Ehtimol, kutilmagan 
vaqtda yoqalangan dushman tepa panasida so‘nggi 
qat’iy jangga tayyorlanib, katta kuch bilan pisib yot- 
gandir! N im qorong‘ilikda qasrning, xo‘mraygan 
tepaning mash’um jimjitligi yurakni titratardi...
Husayn Boyqaro sabrsizlanib, boshdan-oyoq sovut 
kiygan ba’zi sipohilarga tepaga ko‘tarilib, ko‘shkni 
bosishga farmon berdi. Lekin ularda na harakat, na 
sado! Keyin ular, go‘yo farmonni tushunmagandek, 
bir-birlariga qarashib, imirsilandilar. Shu onda shoir 
otdan askarday keskin, chaqqon harakat bilan tushdi- 
da, jilovni o‘z navkari Boboaliga tutqizdi. Podshohga 
yaqin kelib, dadil so‘zladi: «Bizga ijozat beringiz!» 
Hech bir bek, hech bir navkar Navoiydan buni kut- 
magan edi. 
K o ‘plar uyatdan boshlarini 
egib, 
bo‘shashib, titray boshladilar. Lekin endi vaqt o‘tgan, 
har kim qancha orzumand bo‘lmasin, shu topda o‘z 
mardonaligini ko‘rsatishdan ojiz edi...
Husayn Boyqaro bir daqiqa taradduddan so‘ng 
atrofdagi yigitlarga o‘qraygan ko‘zlarini yuritdi-da, 
shoirga ijozat berdi. Navoiy qilichini qinidan sug‘urdi 
(qilichning birinchi va so‘nggi marta sug‘urilishi edi!), 
dadillik bilan odim otib ketdi. Lekin, u tepaga ko‘plar
1 Yotoq uy.
2 Chodir.
106


mo'ljallagan yo‘ldan emas, boshqa yo‘ldan chiqa 
boshladi. Shu vaqtda kimdir bir dasta shamni yoqib, 
baland ko'tardi. Hammaning ko‘zi qilichini hassa kabi 
yerga qadab, tepaga ko'tarilayotgan shoirda edi. 
Uning ko‘lankasi ko‘zdan g‘oyib bo‘lar-bo‘lmas, 
navkari Boboali orqadan qilich yalang‘ochlab yugurdi. 
D a m o'tmay, o‘nlab yigitlar qo‘rg‘onga hujum qilgan- 
day, shijoat va ildamlik bilan shoir chiqqan yo‘ldan 
tepaga otilishdi.
Navoiy qilichni hassa kabi tutib, yotiq tepadan 
ildam pastga tushdi. To‘ppa-to‘g‘ri ko‘shkka qarab 
yugurdi. Shu onda ko‘shk orqasidan bir necha qurolli 
navkar shoshqin va sarosima holda yugurib chiqdi, 
oldindagisi qahr bilan qichqirdi: «Kim? Hozir bo‘l!» 
va bir necha odam narida hamla uchun qilich 
ko‘tardi. Navoiy qilichni ko‘tarmasdan, lekin zarbaga 
tayyor holda sovuqqonlik bilan to‘xtadi-da, buyuruv- 
chi keskin tusda so‘zladi: «Qilichlarni qinga joylangiz, 
shu lahzada taslim bo‘lingiz!» Ikkinchi navkar yaqin 
kelib, bo‘ynini cho‘zib tikildi: «Siz kimsiz? Nega 
taslim bo'lamiz?» — so'radi u. Shoir zarda bilan: 
«Men — Alisher Navoiy!» deyishi bilan navkarlaming 
nafaslari ichlariga tushib qoldi. Navoiy keskin ravish- 
da ularga orqa o‘girib, ko‘shkka otildi. Dahlizda, 
qorong‘ida yo‘l axtarib, katta xonaning eshigiga yet- 
ganda, orqadan Boboali hayajon bilan yetib keldi. 
Eshikni asta ochib, oldin-ketin ichkari kirishdi. 
Darichalar ochiq, katta xona o‘rtasida yumshoq gi- 
lamlar, baxmal-kimxob ko‘rpachalarda to‘rt kishi turli 
tomonga qarab, turli vaziyatda dong qotib yotardi. 
Bulaming ichida, naq daricha ostida, oppoq yostiqqa 
parishon sochlarini to‘zg‘itib, yosh ayol jimgina uxlar- 
di. Navoiy engashib, yotganlarga qaradi-da, past tovush 
bilan buyurdi: «Tuting buni!» Boboalining oyoqlari osti­
da qadahlar, ko‘zachalar sindi, u shahzodaning qo‘l- 
laridan siltab tortib turg'izarkan, boshlarini bir-birlari- 
ga tegizib, qarshi yoqqa oyoq uzatib yotgan ikki sipoh 
birdan cho‘chib o‘rinlaridan turishdi va uy ichi haya- 
jonli, sarosimali shovqinga to‘ldi. Yosh ayol «voy!»
107


deb sakrab, o‘zini darichadan pastga otdi. Boboalining 
ternir panjasida Mirzo Yodgor garang edi, hansirab, 
tuturuqsiz nimalardir so‘zladi. Uyni, dahlizni yigitlar 
to‘ldirdi. Navoiy Mirzo Yodgorga zaharxanda qildi va 
asimi olib chiqishga buyurdi-da, orqadan dedi:
Shoh mastu jahon xarobu dushman pasu pesh1!
Navoiy boshliq Boboali va bir dasta yigitlar Mirzo 
Yodgomi sudrashib, tepadan tushishdi-da, Husayn 
Boyqaroning oti oyog‘i ostiga tashladilar. Shohona 
kiyimlari bilan tungi bazmda uchib qolgan shahzoda 
bazo‘r ko‘zini suzib, atrofga xushsiz jovdirab qaradi. 
Keyin boshiga yetgan baloni anglab, kalavlanib 
o‘midan turdi, qo‘llarini ko‘ksiga qo‘yib, qaltirab, o‘z 
dushmaniga tikildi. Uning ko‘zlarida m a’nosiz bir 
qo‘rquv, ojiz bir yolvorish ifodalanar edi. Husayn 
Boyqaro otda turib, asiriga bir necha achchiq, tikanli 
so‘zlar otdi-da, qo‘li bilan navkarlarga «olib jo‘nang- 
lar», degan ishorat qildi.
Hirot qal’alardan, arklardan yangragan kamay, 
nog‘ora sadolari bilan uyg‘ondi. Mirzo Yodgoming 
boshi kesildi. Uning tarafdorlari jonlarini hovuchlab, 
in-iniga kirdi...

Yüklə 7,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   161




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin