1 Dasturxonchilar, ziyofatni boshqaruvchilar.
! Temurning davlat tashkiloti, idora va yo‘l-yo‘riqlari haqida asari.
119
larigacha charm qo‘lqop kiygan tavonchilar shunda,
hammaning ko‘zi oldida, chapdastlik bilan otlami par-
chalab, mehmonlarga ulashar edi. Har kim o‘z ulu-
shidan bir qismini uyiga olib ketishga ham majbur edi.
Suyaklami talashib-tortishib chaynamoq ham odat
hisoblanar edi. Yana har bir ziyofatda chog'ir ichila-
vermas, chog‘ir bazmi siyrak bo‘lardi. Lekin bir ichish-
ga kirishildimi, xuddi yaylovda yoz chog‘i qimizxo‘rlik
qilinganday, katta kosalarda hadsiz ichilar edi. Aksari
mo‘g‘ulcha kiyingan qo‘pol-so‘pol, bahaybat gavdali,
qahrli, sodda bahodirlar chog'irda mardlik, chidam va
o'ktamlik talab qilardilar. Kimning kosasida bir tom-
chi qolsa, u to‘qqiz kosani ustma-ust, dam olmasdan
ichar edi. Bordi-yu, oxirgi kosadan bir tomchini
jildirish mumkin bo‘ldi — yana to‘qqiz kosa!
Husayn Boyqaro saroyidagi o‘ltirishlarda ham bir
qatra qoldirmay sipqorish qattiq qoida hisoblansa-da,
aksar vaqt bunga rioya qilinmaydi. Jazo esa ayrim
kishilarga va majlisni ko‘proq qizitish uchungina
qo‘llanadi...
Chog‘ir tillarga va harakatlarga sarbastlik berdi.
Ba’zi shoirlar o‘rinlaridan turib, podshoh sharafiga
hozir mastlikda to‘qilgan yoki ataylab bu fursat uchun
ilgari to‘qib qo‘ygan she’rlarini o‘qib, qadahlarini tan-
tanali ravishda ko‘tara boshladilar. G ‘ijjak, tanbur,
nay, ud, daf va hokazodan iborat musiqiy arab, fors,
turk, o‘zbek maqomlarini yangratdi. Hofizlar kuyladi.
Raqqoslar ajoyib kiyimlarda keng davralarda ucha
boshladilar.
Kech kirishi bilan oltin shamdonlarga qirq chi-
rog‘day shamlar o‘tqazilib yoqildi. Gilamlar, qadah-
lardagi la’li may, devorlardagi nozik naqshlar rang-
barang
tovlanib yondi. Majlisning shavqi oshdi.
Qattiq ichuvchilar soqiylarga bir lahza tinim bermay
qo‘ydilar. Husayn Boyqaro ko‘p ichsa ham, hali xiyla
tetik edi. Majlis kayfini avjga indirish uchun chog‘irga
ko‘proq undasa-da, lekin zimdan har kimning haraka-
tini, ro‘y-ravishini ta’qib qilib o‘tirar edi.
U, odati bo‘yicha, shovqinsiz, toza havoda bir
120
nafas tinim olish uchun o‘rnidan qo‘zg‘aldi va
orqadagi eshikdan shunday tez chiqdiki, dastlab ko‘p
kishilar sezmay ham qoldilar. Majididdin xuddi shu
fursatni kutib turganday, quyidagi eshikdan lip etib
tashqariga otildi. Daraxtlar orasidan tushgan ola
chalpoq oydinlikda to‘rt tomonga alanglab kezdi-da,
birdan Husayn Boyqaroga yo‘liqdi. Majididdin xoki-
soriik bilan unga yaqin kelib, qulluq qildi-da, bir
lahza unga vaqt berishni o‘tindi. Husayn Boyqaro
beparvolik bilan: «Yuring, arzingizni tinglaymiz!»
dedi-da, kichkina bir xonaga tomon boshladi. Shu
vaqtda o‘n qadamcha narida, qayrag‘och orqasidan
ikki bahaybat ko‘lanka chiqib keldi. Majididdin
seskanib, yurishini ham, to'xtashini ham bilmay qoldi.
Ular podshohning qo'riqchisi, ikki omonsiz quli —
Bo‘dana, Do‘lana edi. Ular podshoh qaerda bo‘lma-
sin, hamisha uning atrofida, kechalari ayniqsa yaqin-
da hozir turishar, lekin bahaybat gavdalarini qanday-
dir chaqqonlik bilan odamlar ko‘zidan yashira bilishar
edi. «Bo‘dana bilan Do‘lananing yetti bobosi jallod,
yetti enasi yalmog‘iz o‘tgan», deb ta’rif qiluvchilar
haqli edilar. Ular vahshiy kuchning jonli timsoli-
mujassami bo‘lib, yolg‘iz ismlarini eshitishgina kishi-
lami zir titratardi. Podshoh sirli, qonli ishlami ular
orqali bajarardi.
Husayn Boyqaro Majididdinga qarab, kinoyali
kulib qo‘ydi. Bo‘dana va Do‘lana, ko‘lankaday, bir
zumda ko‘zdan g‘oyib bo‘ldilar. Podshoh havolanib,
asta yurib, kichkina, bezakli xonaga kirdi. Oyoqlari
hali ham qaltiragan Majididdin podshohdan ruxsat ti-
lamasdanoq uning qarshisiga tiz cho‘kdi. Hozir Hu
sayn Boyqaroning kayfi ancha kuchaygan edi. U
ko‘zlarini mastcha suzib, parishonlik bilan gapira
boshladi. Dam davlat ishlaridan, dam shaxsiy orzula-
ridan so'zladi. Ba’zi yaqinlaridan pardali shikoyat qil-
di. Ba’zi beklami asossiz maqtadi. Podshohning, gar-
chi mastlik vaqtida bo‘lsa-da, u bilan ochiq suhbat qi-
lishi Majididdinni tetikladi. «Temimi qizig‘ida bos»,
degan maqolga amal qilib, unga madh-sano o‘qishga
121
boshladi. U qo‘lini ko‘ksiga qo‘yib: «Oliy ostonangiz-
ning eng vafodor itimen!» degan gaplami ko‘p tak-
rorladi. Husayn Boyqaro: «Vafodor insonlar mendan
hamisha yaxshilik ko‘rurlar. Nonko‘rlaming holiga
voy!» dedi. Majididdin, go‘yo mehr-muhabbati ko‘k-
sida toshganday, o‘midan turib, qulluq bilan murojaat
etdi:
— Ulug‘ xohon, bu xokisor qulingizning bir tortig‘i
bor... Umid qilamenki, qabul etib, bandangnizning
ko‘nglini yerdan samovotga ko‘tarursiz...
— Sovg‘a bermoq ham, sovg‘a qabul etmoq ham
bag‘oyat savob ish, — kulib dedi Husayn Boyqaro.
— Husn bog‘ining bir toza gulini, — deb boshladi
sirli ovoz bilan Majididdin,— taqdir shamoli bizga
keltirgan edi. Uning ta’rifidan bu qulingiz ojiz. U pari-
vashga ko‘zim tushishi bilan xoqonimga munosib ko‘r-
dim.
— Menga bir mamlakat baxsh etilgandan ortig‘roq
mamnunmen, — mast ko‘zlaridagi xursandlik, orzu
bilan dedi Husayn Boyqaro.
— Qulingizning kichik sovg‘asi... — kamtarinlik
bilan bo‘yin egdi Majididdin.
— Men hech mubolag‘a qilmadim. Hofiz
Sheroziyning g‘azali mashhuri xotiringizda emasmi?
— Yo‘q, podshohi olam!
Husayn Boyqaro boshini asta tebratib o‘qidi:
Agar on turki sherziy ba dast orad dili moro,
Ba xoli hinduyash baxsham Samarqandu Buxororo1.
— Ha, yodimga tushdi, — dedi quvonib Majidid
din, — bu xususda shoir bilan ulug‘ jaddingiz2 xoqon
Temur sohibqiron hazratlari oralarida bo‘lgan hi-
koyani ham eshitganmen.
— Bu voqea el orasida mashhur-ku.
Husayn Boyqaro «sovg‘a»ni haramga qay yo‘sinda
yuborish to‘g‘risida bir necha og‘iz gapirib, o‘midan
Dostları ilə paylaş: |