Asr oshgan asarlar


 Navoiy dastlab muhr bosgan joy go‘yo tabarruk bo‘lib qolgan. Bundan keyin



Yüklə 7,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə24/161
tarix22.10.2023
ölçüsü7,98 Mb.
#159903
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   161
Navoiy romani. Oybek

1 Navoiy dastlab muhr bosgan joy go‘yo tabarruk bo‘lib qolgan. Bundan keyin 
amir bo'lganlar o‘z muhrlarini xuddi Navoiy bosgan joyga bosishni o'zlari uchun 
sharaf deb bilganlar.
134


o‘ltirar edi. U endi Xurosonning mashhur olimlari 
bilan uchrashadi, ilmiy munoazaralarda qatnashadi. 
0 ‘z iste’dodi, bilimlarining chuqurligi bilan kundan- 
kun kengroq taniladi. Navoiy bilan tez ko‘rishib tura- 
di. Garchi undan dars olgani bir ko‘p yosh tolibi ilm- 
lar uning etagiga yopishsalar ham, lekin biron 
madrasada mudarris sifatida dars bermoqqa boshla- 
magan edi. U mudarrislik vazifasini orzu qilsa-da
Hirotda olimlar ko‘pligidan, ularning orasida raqobat, 
hatto ochiqdan-ochiq dushmanlik bo‘lganidan, Sul- 
tonmurod orzuni amalga oshirishga oshiqmas, o‘ttiz 
yillab, qirq yillab darsgo‘ylik etib, dong chiqargan va 
qisman o‘zining muallimlari bo‘lgan ulug‘ chollar 
bilan kurashmoqqa jasorat qilmasdi. Hirotning barcha 
kambag‘al talabalariga homiylik qilgan Navoiy, unga 
alohida iltifot va yordam ko‘rsatganidan, muhtojlik- 
dan butunlay qutulgan edi.
Bukun jimjit madrasada, kichkina hujrada uning 
qayg‘usi ko‘ksiga sig‘mas edi. Uning butun vujudini to 
suyaklariga qadar Dildoming hasrati zirqiratib og‘ritar 
edi. Bir kecha, bir necha daqiqagina ko‘rgani u asira 
qizning ishqi kundan-kun kuchli, kundan-kun betoqat 
bir dard, bir olov, bir ofat kabi uning yuragida yonar- 
di. Sultonmurod u qizni abadiyan qo ldan ketganligi- 
ga ishonadi. Lekin uning ko‘ngli aql va mantiq so‘ziga 
quloq osmaydi. Ishq dardini totli may kabi simirish- 
dan go‘yo lazzatlanadi, ba’zan hasratdan bo‘g‘ilib, 
majolsizlanadi. Unutish uchun hujraga qamalib, 
kecha-kunduz kitob mutolaa qiladi. 0 ‘nlab kitobni 
hazm qilgandan so‘ng, yana o‘z ishqining alamli, 
tuganmas dostoniga beriladi...
Bukun ham ertadan buyon dilgirlikdan o‘zini 
ovutish uchun bir necha marta kitoblarga murojaat 
etdi. Sho‘x, yengil g‘azallardan boshlab, eng bosh 
qotiruvchi og‘ir masalalarga doir asarlami varaqladi. 
Lekin bir ozdan keyin yana tashladi, birdan qalam va 
qog‘oz olib, Dildorga xat yoza boshladi. Alamli so‘zlar 
qog‘ozdan qog‘ozga toshdi. Sodda qishloq qiziga 
yozilgan muhabbatnomani turli shoirlardan o‘nlab
135


go‘zal baytlar, ishqqa doir o‘nlab chuqur ma’noli 
ruboiylaming gavharlari bilan bezadi. Bir oz yengil 
tortdi. Keyin nomani o‘qidi. Ko‘zlaridan qaynoq 
yoshlar tomchiladi: «Nima foydasi bor? Bu so‘zlar 
uning qulog‘iga aslo yetishmaydi! Hukmdor gulni 
g‘ijimladi, keyin biror xushomadgo‘y mansabdoming 
yoki sodiq navkaming quchog‘iga uloqtirdi!» Bir dasta 
qog‘ozni — har bir nuqtasida qalbinnig qoni uchqun- 
langan maktubni tokchaga tashladi-da, holsizlanib, 
yostiqqa bosh qo‘ydi.
Eshikdan kuylab, shodlik bilan Zayniddin kirdi. 
Uning ko‘zlari shira kayf bilan suzilardi.
— Assalom, hazrati olim!
— Kel, jonimning gulshani! — yengillanib, boshini 
ko‘tarib o‘tirdi Sultonmurod.
Zayniddin o‘z do‘stiga diqqat bilan ko‘z tikib, 
uning qarshisiga — po‘stakka o‘tirdi. U bir haftadan 
buyon har kun goh shoirlar, goh xattotlar, goh o‘zga 
Xuroson xalqi bilan turli majlislarda vaqt kechirib, 
yor-oshnolaridan xabar olgani bukun yo‘lakay madra- 
saga kirgan edi. U endi darslari bilan juda siyrak 
mashg‘ul bo‘lib, xattotlik san’atida mahoratini 
oshirishga tirishar, musiqiy bilan ko‘proq shug‘ullanar 
edi. Lekin chiroyli yozilgan kitoblami qadrlovchi 
kishilar ko‘p bo‘lgan Hirotda yaxshi xattotlar ham oz 
emasdi. Zayniddin bu san’atda katta iste’dod ko‘rsata 
boshlagan bo‘lsa ham, lekin raqqosday sho‘x, qushday 
yengil bo‘lganidan bir necha kunda qilin bir devonni 
g‘alatsiz va go‘zal bitadigan devkor, chidamli xattotlar 
orasida obro‘ ham tanga qozonish og‘ir edi. Zaynid­
din ba’zan tanish shoirlaming devonlarini yozar, 
ba’zan kitobfurushlaming buyurtmasi bo‘yicha terma 
kitoblami yozib berardi.
— Betobmusen? — tashvishlanib so‘radi Zaynid­
din.
— Yo‘q, faqat g‘aribmen... — javob berdi zo‘raki 
kulgi bilan Sultonmurod.
— Do‘stim, sening dilingda hasrat va firoq bor, — 
dedi Zayniddin kuyunib, — ko‘pdan buyon sezamen.
136


0 ‘z tiling bilan e’tirof etishingni kutib, so‘ramagan 
edim. Ichingdagi olov bukun yuzlaringda alangalan- 
moqdadir. Yashirmoq behuda!
Sultonmurod ko‘zlarini yarim yumib, asta xo‘rsin- 
di. U dardini ochmoqqa qo‘rqqanday taraddudlanar- 
di. Zayniddin do‘stlikni o‘rtaga solib, shikoyatlanib, 
qistagach, u qaddini bir oz ko‘tarib, tokchadan haligi 
xatni olib, do'stining qo‘liga tutqazdi.
— Tuzalmas dardimning g‘oyat rangsiz ta’rifidir 
bu, — dedi u boshini quyi solib.
Zayniddin sakkiz varaq qog‘ozga yozilgan xatni 
diqqat bilan ichida o‘qiy boshladi. Asta-asta qo‘llari 
qaltiradi, yuzlariga g‘am toshdi. Xatni bitirgandan 
keyin, hayajon va achinish bilan do‘stiga qaradi. U 
go‘yo behush edi.
— Bu qanday xokisorlik!— koyinib gapirdi Zaynid­
din. — Nega bu dardni u vaqtda menga ochmading?
— Taqdiming ternir panjasini yoqamdan ajrata 
bilarmiding? — dedi bir on sukutdan keyin Sulton- 
murod.
— Mumkin edi, — qat’iyat bilan javob berdi Zay­
niddin, — men u sahro go‘zalining bo‘ynidan zulm 
domini1 uzib tashlamoqqa qodir edim. To‘g‘onbek u 
vaqtlarda og‘ir vaziyatda qolgan edi. Men u johilni har 
maqomga yo‘rg‘alata olar edim.
— Hayhot! — xitob qildi dard bilan Sultonmu­
rod. — Muhabbatimning guli o‘z rang va ziyosini il- 
dizlari bilan hasrat manbaidan olgan ekan! Qayg‘u 
kosasi butun umrga yetgulikdir!
— Bu maktub oshiqlaming muqaddas kitobchasi 
bo‘libdi, — dedi Zayniddin qog‘ozlarga tikilib, — 
Yubormoq niyatidamisen?
— Iloji yo‘q, ham befoyda! — javob berdi 
Sultonmurod.
Bu fikrni Zayniddin ham boshini qimirlatib tas- 
diqladi. Yana uni koyidi, g‘azablandi, keyin har ikki 
do‘st uzoq jim qolishdi. Bu og‘ir va hazin sukunat edi.

Yüklə 7,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   161




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin