Nihoyat, Sultonmurod
Hirot voqealari haqida
gapirishni so‘radi. Har xil yangi va qiziq voqealar,
fuqaro orasidami,
yuqori oqsuyaklar muhitidami,
qayerda bo‘lmasin, tezda Zayniddinning qulog‘iga
yetar edi. Bu voqealami u juda ustalik bilan hikoya
qilib berardi. Sultonmurodni ko‘pincha olimlar,
shoirlar muhitidagi yangiliklar qiziqtirishini bilsa
ham, Zayniddin uni
yupantirmoq uchun bu gal
jo‘rttaga mayda va qiziq hodisalarni aytmoqqa qaror
qildi.
— Rub’i maskunda1 Hirotdek shahri azim yo‘q,
deb behuda aytmaydilar, —
dedi u har vaqtdagidek
sho‘x uslub bilan so'zlamoqqa tirishib. — Chunki bir
hafta ichida ro‘y bergan eng nodir hodisalarni naql
etmoqqa umrim ham yetishmas... Xo‘b,
daryodan bir
qatra deganlaridek, biron nima aytmak mumkin. Shu
kunlarda shahrimizda bir eshak paydo bo‘ldi. Uning
ta’rifida ba’zi shoirlarimiz ruboyilar ham bitibdilar.
Ne balo eshak! Shamoldan tez, suvdan silliq yuguradi.
Yem-xashak o‘miga kishmish berilsa, xo‘r
ketmas
aslo, deydilar. Uning bahosi hozir ming tangaga
chiqibdi. Men hanuz ko‘rmadim, ammo guvohlar
bisyor...
— Demak, bu eshakning
sohibi Hazrat Isodan
ko‘ra xiyla baxtli ekan!2 — dedi Sultonmurod.
— Balli!— boshini qimirlatib, davom etdi Zaynid
din.— Tunov kun Badiuzzamon Mirzo o‘z chorto-
qi’da ruhafzo bir majlis tartib bermishdir.
Jahonning
nodiraiy davronlari sho‘x suhbat qurmishlarki, unday
majlis jahon yaratilgandan buyon na mag‘ribda, na
mashriqda hech bir shahzodaga muyassar bo‘lma-
gandir. Ahli nag'madan
ustod Qulmuhammad Udiy,
Shayx Noiy hozir ekan. Shayx nayda dilpazir bir
1 Dunyo m a’nosida.
2 Sultonmurod bu yerda mashhur hikmatli so'zga ishora qiladi:
Ilohi qoraysin falakning yuzi.
Dostları ilə paylaş: