Asr oshgan asarlar


Jafo birla juftu, vafo birla toq



Yüklə 7,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə26/161
tarix22.10.2023
ölçüsü7,98 Mb.
#159903
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   161
Navoiy romani. Oybek

Jafo birla juftu, vafo birla toq,
Isodek kishiga berib bir eshak,
Eshakdek kishiga berur ming buroq!
!
 Bino, ko'shk.
138


maqomni g‘oyat go‘zal chalibdi. Ustod Qulmuham- 
mad bu maqomni g‘ijjakda chalmoqqa harakat qilibdi. 
Ammo silliq chiqmabdi. Qulmuhammad debdiki, 
g‘i]jak buzuqdir. Shayx Noiy darhol g‘i]jakni ustod 
qo‘lidan olib, u maqomni shunday mahorat bilan 
chalibdiki, majlis ahli zavqdan faryod ko‘taribdi.
— Shayxning nayidan osmondagi yulduzlar erib, 
qatra-qatra to‘kulur, nainki odamzod bolasi! — dedi 
yengillanib Sultonmurod.— Ammo ustod Qulmuham- 
madning ham mahorati balanddir. U musiqiyda ijod- 
chidir. Axir g‘ijjakka uch qilni kim taqdi? Navoiy 
janoblarining zavqlari, musiqiydagi bilimlari soyasida 
ular hali ko‘p ajoyib narsalar ixtiro qilurlar...
— Bu to‘g‘rida bahsga hojat yo‘q, — dedi Zaynid- 
din.
— So‘zlay ber, so‘zlaring saboday ko‘nglim 
g‘unchalarini ochmoqda!
— Taniysenmi Mirzo Pirimni? — so‘radi Zaynid- 
din.
— Husnda yagona derlar, ammo ko‘rmadim, — 
javob berdi Sultonmurod.
— Husndan tashqari, uning yana ko‘p fazilatlari 
bor. Qonun1 chalmoqda hech ustod uning yovug‘iga 
yo‘lolmas. Mirzo Pirim shul darajada xushsuhbat yi- 
gitki, bir dafa suhbatida bo‘lgan odam o‘zga bilan 
suhbatni orzu qilmas. Qara, bu yigitni marhum pod- 
shoh Abusayid Mirzoning xotinlaridan Ruqiyabegim 
o‘z xizmatiga olgan ekan. Ruqiyabegim og‘izda biron 
tishi, sochida biron tola qorasi qolmagan a’juba kam- 
pir... Boxusus, bu kampir sho‘x bazmlar yasab, may va 
musiqiy olamida yashaydi. Pardasiz she’rlar ham ayta- 
di. Derlarki, uning majlisidan erkaklar ham sharman- 
da bo‘lib chiqarlar. Ruqiyabegim Mirzo Pirimga 
oshiqi beqaror bo‘libdi. 0 ‘ziga yuz turlik zeb-oro 
berib, muzdan olov yondirmoqqa urinibdi. Yigitlik 
husni va ko‘ngil g‘ururini har nimadan yuqori qo‘ygan 
Mirzo Pirim u a’jubaning noz-ishvasidan nafratlanur.
1 Musiqa asbobi (muh.).
139


U makkoraning panjasiga tushmaslik maqsadida 
Mirzo Pirim Hirotdan qochur, Balx, Astrobod, 
Nishopur tomonlarida musofir bo‘lib yashar... 
Achchig‘langan Ruqiyabegim kishilar yuborib, becho- 
ra yigitni shu kunlarda Hirotga keltiribdi. U der 
emishki, mening uch yuz ming tangamni Mirzo Pirim 
behuda sarf qilibdi... Bu tuhmatdan yigitning ahvoli 
bisyor tang. Oqibati ne bo‘lur, bilmaymen.
— AstagTirullo! — yoqasini ushladi Sultonmurod.
Zayniddin Ruqiyabegim haqida bir shoir to'qigan
ruboiyni o‘qib berdi. Ruboiy shunday behayo, bepar- 
da va Ruqiyabegimning sifatiga shunday mos ediki, 
Sultonmurod beixtiyor qahqaha urib, kulib yubordi. 
Zayniddin ham kulgidan namlangan ko‘zlarini dast- 
ro‘mol bilan artib, darichadan tashqariga qaradi. 
Havo bulutligidan vaqtni tayin qilolmay, Sulton- 
muroddan so‘radi.
— Umid qilgan edimki, bukun men bilan 
bo‘lursen, deb,— norozilik bilan dedi Sultonmurod.— 
So‘zla, yana ne gaplar bor? — Sultonmurod do‘sti- 
ning qo‘lidan ushlab, o'tqazib qo‘ydi.
— Xo‘b, yana bir nafas o'tirayin. Lekin men qayga 
borsam, menga hamroh bo‘lursen.
Sultonmurod, ko‘ramiz, deganday yelkasini qisdi.
Zayniddin do‘stining qistovi bilan yana ko‘p 
hangomalar, latifalar so'zlab, nihoyat, o‘rnidan 
turdi.
— Tez bo‘l, isqarlot jomani kiygil, dastorni o‘ragil!
— Qayerga? — qo‘zg‘algusi kelmay so‘radi Sulton­
murod.
— Umr bo‘yi ko‘ksingda yig‘ilgan g‘ussalarni 
yo‘qotmoqchi bo‘lsang, yura ber.
— Sho‘x, suronli suhbatlarga ko‘ngil moyil emas. 
Sen bir nafas dilimga quwat berding, kifoya.
— Sening Dildor go‘zaling o‘zgalarga dildorlik 
ko‘rsatmoqda. Taqdirga tan ber, — dedi u qo‘llari 
bilan tanbehlab, — sen uni unut! Men seni, istasang, 
Hirotning pari qizlari bilan tanishtiramen. 0 ‘n gulni 
hidlab, birini uzasen!
140


— Koshki uni unutmoq mumkin bo‘lsa! — dard 
bilan dedi Sultonmurod. — Dildor go‘zallar samosi- 
ning oftobidir!
— U oftobni bulutlar qoplagan!
Sultonmurodning ko‘zlariga yana g‘am toshdi.
Zayniddin unga so‘z kor qilmasligini bilib, qo‘lidan 
tortdi.
— Sen hali Hirotning xursandchiliklaridan xabar- 
sizdirsen,— dedi u kuyunib.— Keksalar aytadiki, za- 
monamizdagi Hirot hayoti Amir Temur va Ulug‘bek 
Mirzo davridagi Samarqand hayotiga o‘xshamoqda... 
Yur, men seni fohishalar bazmiga emas, ajoyib bir 
jamiyatga olib borurmen: shatranj ustodlari bilan tan- 
ishtirurmen.
Sultonmurod o‘midan turib, yaqinda bir mulozim 
orqali Navoiy yuborgan yangi, qimmatbaho shohi 
to‘n-ni kiydi. Qoziqqa ilingan sallani olib, boshiga 
o‘rar-kan, dedi:
— Bir vaqtlar Samarqandda hatto shayx ul-islom 
o‘z ziyofatlariga parivash ayol sozandalami taklif etar, 
may ichar, shatranj o‘ynar ekan. Samarqandda tahsil- 
da ekanmen, u vaqtiki hayot to‘g‘risida ajib hikoyalar 
eshitmishdim.
Madrasa yonidagi maydonda qalin olomon Hirot­
ning mashhur devonasi — mavlono Darvesh Shamrez- 
ni qurshagan. Sochlari o‘sib yelkasiga tushgan, ko‘z- 
lari yoniq, juldur kiyimli devonaning shuhrati baland 
edi. Uni ko‘plar karomat sohibi, aziz odam, deb hur- 
mat qilsalar, boshqalar uning go‘zal latifalari, hikmatli 
so‘zlari, o‘tkir hajvlari uchun sevar edilar. Devona 
baland ovoz bilan chiroyli g‘azallar o‘qir, axloqiy fikr- 
lar so‘ylar, ayni zamonda birdan o‘tkir latifa, hazilga 
o‘tib, hatto beadab so‘zlami ochiq gapirib, xalqni qat- 
tiq kuldirar edi. Sultonmurod bilan Zayniddin devo- 
nani qurshagan odamlar orqasida bir qancha vaqt 
turib, so‘ngra jo ‘nadilar. Ular Kozargoh'ning katta 
yo‘liga, Chashmai Mohiyonga boradigan yo‘lga 
tushishdi. Yo‘lning har ikki tomonida bir-biriga tutash

Yüklə 7,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   161




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin