Asr oshgan asarlar


 Hirotda bir mavzening nomi



Yüklə 7,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə27/161
tarix22.10.2023
ölçüsü7,98 Mb.
#159903
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   161
Navoiy romani. Oybek

1 Hirotda bir mavzening nomi.
141


bog‘chalar, kichik-kichik ekin maydonlari, mevazor- 
lar, chamanlar bor edi. Bularning oralarida, yaproq- 
lari to‘kilgan daraxtlar o‘rt asi da ikki qabatli, chiroyli 
naqshkor yengil ko‘shklar, beklarning, davlatmand- 
larning mustahkam serhasham imoratlari, fuqaroning 
past-baland, eski-tuski paxsa uylari ko‘rinar, yo‘lda 
qatnovchilar ko‘p edi. Sharobxonalarda shovqin; 
o‘zbek, fors qo‘shiqlari yangrardi. Bir farsax keladigan 
Kozargoh yo‘lining yarmidan o‘tganda, Zayniddin 
so‘l yoqdagi mahalla ko‘chasiga qayrildi. Har ikki 
tomonida oddiy bir qabatli fuqaro uylari cho‘zilgan 
qing'ir ko‘chaning boshida aroba sig‘adigan katta, 
bo‘yoqli darvozaga kirishdi va adil tizilgan sarvlar 
bo‘ylab qish mavsumida ham ko‘zga latif ko‘ringan 
katta bog‘ni o‘tishdi. G ‘ishtdan yasalgan, devorlari 
naqshli, bir qabatli yangi binoga yetganda, davlat- 
mandlarga xos ravishda, puxta va asil kiyimlar kiygan 
yosh yigitcha kibrli tabassum bilan chiqib, qarshi oldi. 
Bu — shahaming katta mulkdorining o‘g‘li edi. Hirot 
bozorida aksar do'konlaming egasi bo‘lgan otasi qaysi 
bir vaqtda, qandaydir bir shahzodani chorlaganda, 
dasturxonga turli-turli halvolardan ming toboq qo‘yib, 
shahzodani taajjublantirgani bilan ko‘proq mashhur 
bo‘lgan edi. Bu kungi o‘ltirishni uning o‘g‘li — shat- 
ranj havaskori tuzgan edi. Darichalari keng bog‘cha- 
ga qaragan xonadan boyvachcha kibrli tabassum bi­
lan chiqdi-da, ba’zi o‘ltirishlarda uchrashib, suhbati 
yoqib qolgan Zayniddin bilan takallufsiz ko'rishdi. 
Mag‘rur boyvachcha Sultonmurodni tamom iltifot- 
siz qoldirmasin, degan andisha bilan va ay ni vaqtda 
o‘z e’tiborini oshirish uchun Zayniddin o‘z do‘stini 
tavsiya qildi ham uning olimligini ustalik bilan maq- 
tab ketdi. Sultonmurod boyvachcha bilan beparvo 
ko‘rishar ekan, ayni zamonda qizarib, Zayniddin- 
ning maqtovlarini hazilga aylantirishga tirishdi. 
Boyvachcha endi xush muomila bilan xona ichiga 
boshladi.
Xitoy asboblari, Eron va Hindiston ipaklik molían 
va nodir jihozlar bilan boy bezalgan xonada odam
142


ko‘p edi. Bular orasida Hirotning hali tanilmagan bir 
necha yosh shoirlari, ipak va zarbof to‘nli bekzodalar, 
davlatmand oilalarga mansub olifta yigitlar ham bir 
ko‘p shatranj ustodlari va havaskorlar o'tirishardi. 
Goh podshohning yangi soldirayotgan saroyi Bog‘i 
Jahonoro haqida, goh Navoiyning yangi bir g‘azali va 
unga Xo‘ja Abdullo Marvoriy tomonidan yaratilgan 
kuy haqida, goh Islim barlosning shatranj o‘ynagan 
vaqtidagi qiliqlari to‘g‘risida so‘z borardi. Nihoyat, 
sabrsizlik bilan kutilgan vaqt yetdi. 0 ‘rtaga chor bur- 
chak shol ro‘mol yozildi, uning ustiga shatranj taxtasi 
va bir childirma ham bir ixcham chiroyli xanjar 
qo‘yildi. Atoqli ustodlardan mavlono Xo‘ja bilan Amir 
Xalil beparvolik bilan chordona qurib, fil tishidan ish- 
langan shatranj donalarini taxtaga tera boshladilar. 
Ulaming ikkisi ham o‘rta yoshli bo‘lishlariga qara- 
may, o‘spirin, sho‘x, tannoz yigitlarday olifta kiyingan 
edilar. Odamlar keng davra bilan o'yinchilarni qur- 
shadi. Sultonmurod Zayniddinning tizzasini turtib, 
taajjublangan ko‘zlari bilan xanjarga va childirmaga 
ishorat qildi. Zayniddin tabassum bilan uning 
qulog‘iga shivirladi:
— 0 ‘yin vaqtida ustodlarga luqma tashlay ko‘rma!
Sultonmurodning taajjubi yana ortdi.
— 0 ‘rgatuvchilarga garchi xanjar urmasalar ham, 
lekin qattiq ranjiydilar...— ta’kidlab shivirladi Zaynid­
din.
— Childirma-chi? Bayon qilsang-chi! — yana turt- 
di Sultonmurod.
Sabr qil, ko‘rursen...
0 ‘yinning boshlang‘ichi aytarli qiziq bo‘lmasa-da, 
ustodlar o‘ynagani uchun hamma ko‘zlar shatranj tax- 
tasiga qadalgan edi. Lekin o‘yin tez qizib ketdi. Amir 
Xalil hujumga o‘tdi. Hayajondan tomoshabinlaming 
rangi o‘chib, ko‘zlari yona boshladi. Mana, Amir Xa­
lil o‘z raqibini chuqur taraddudga solib, shoshirib 
qo‘ygach, sezilar-sezilmas tabassum bilan atrofga mag‘- 
rur ko‘z yugurtdi-da, birdan xush ovoz bilan shatranj 
o'yinining naq hozirgi holatiga doir bir bayt o‘qidi.
143


Tomoshabinlarning hayajoni yana kuchaydi. Pay- 
vasta qoshlarining o‘rtasi tugunchak yasagan mavlono 
Xo‘ja og‘ir vaziyatdan qutulish uchun yagona to‘g‘ri 
yo‘lni topdi. Butun fikri bilan o‘yinni ta’qib etib tur- 
gan Sultonmurod do‘stiga ma’nodor qarab, o‘yinchiga 
qoyil qolganini bildirdi. Mavlono Xo‘ja o‘yinning shu 
darajasini va qutulishni mohir tasvirlagan bir baytni 
o‘qidi. Buni birinchi martaba eshitganlar zavqlanib, 
bir-birlariga pichirlab, baytni takrorlamoqqa, yodla- 
moqqa tirishdilar. Amir Xalil qovog‘ini solib, o‘z yu- 
rishini o‘ylab turarkan, mavlono Xo‘ja o‘rnidan irg‘ib 
turdi. Childirmani chalib, katta uyni yangratib yubor- 
di. Odamlar o‘zlarini orqaga tashlab, davrani ken- 
gaytirdilar. Mavlono Xo‘ja o‘zi childirma chalib, ayni 
vaqtda shunday chiroyli raqs etdiki, o‘ltirganlar beix- 
tiyor qichqirishib yuborishdi. U o‘tkir kinoyali, 
ma’noli va boshqa odam tomonidan takrorlanishi 
imkonsiz bo‘lgan harakatlar qilib, o‘miga o‘tirdi. 
0 ‘yin keskinlashib ketdi. Har ikki ustod shatranj 
haqidagi baytlar, ruboiylami mo‘lroq socha boshladi- 
lar. Bir donani ortiq olgani endi raqsdan boshqa, shat- 
ranjga oid bir necha bayt aytar edi.
Ular yolg‘iz shatranjdagi mahoratinigina ko‘rsatish 
uchun emas, balki shatranjga doir ko‘proq she’r bil- 
ganliklarini ko‘rsatish va uni o‘z o‘mida ayta olish 
uchun ham kurashar edilar. Tomoshabinlaming-da 
aksari o‘yindan ko‘ra ko‘proq shu tomonga berilgan 
va shuning uchun yig‘ilgan edi. Mana, Amir Xalilning 
qo‘li balandlangan vaqtda u childirma chalib, she’r 
aytib, mavlono Xo‘ja qarshisiga o‘tirdi. Shunday 
kinoyali harakatlar ko‘rsatdiki, odamlaming kulgidan 
ichaklari uzilayozdi. Nihoyat, o‘yin durang bilan tuga- 
di. Ustodlar samimiy tabassum bilan bir-birlarining 
qo‘llarini siqib, o‘rinlaridan turishdi. Hamma ulami 
qizg‘in tabrikladi.
Ovqatdan keyin odamlar birin-sirin tarqala boshlar 
ekan, Sultonmurod o‘midan turdi. Uy sohibi va bu 
yerdagi ba’zi do‘stlari yonida qolgan Zayniddin bilan 
xayrlashib jo ‘nadi. Qosh qorayganda, madrasa eshigi-
144


da xomush o‘tirarkan, uning qoshiga sodda, qishloqi 
yigit keldi. Bu Arslonqul edi.
— Taqsir, To‘g‘onbek deganni taniysizmi? — tor- 
tinchoqlik bilan sekingina so‘radi Arslonqul.
Sultonmurod «taniymen», dedi-da, yana shubhala- 
nib, so‘radi: «Men uni tanishimni qayerdan bildingiz?»
— Shu madrasada ba’zi tanishlari bor edi, deb 
aytdi odamlar. U hozir qayerda?
— Maqsadingiz nima? To‘g‘onbekni nima qila- 
siz?— o‘midan turib, qiziqish bilan so'radi Sulton­
murod.
Arslonqul:
— E, taqsir qissamiz juda uzun... — dedi.
Sultonmurodning qiziqishi ortdi. «Uzun qissa»ni
tinglamoqqa vaqti ham musoida berar edi. Yigitni 
boshlab o‘z hujrasiga olib keldi. Tokchadan chaqmoq- 
toshni topib, urina-urina sham yoqdi. Dam unga, dam 
qalin kitoblarga qaragan Arslonqulga kulib, dedi:
— Qulog‘imiz sizda, boshlayvering.
Arslonqul dastlab o‘z qishlog‘i, tirikchiligi, sevgisi 
to‘g‘risida so‘zlab, birdan Dildor nomini tilga olishi 
bilan Sultonmurodning rangi bo‘z oqarib, ichdan 
titroq bosdi. Arslonqul o‘z dardi bilan qovrilib, yerga 
qarab so‘zlagani uchun olimdagi bu o‘zgarishni sez- 
madi. Mirzo Yodgor voqeasi zamonlarida bir kechada 
noma’lum odamlar tomonidan olib qochilgan yori 
haqida gapirar ekan, Sultonmurod uning butun aza- 
mat gavdasida qayg‘u barq urganini fahmladi. Keyin 
Arslonqul Dildorni To‘g‘onbek olib qochganini 
eshitib, uni qidirib Hirotga kelgani, bu yerda topol- 
may, ba’zi odamlaming gumonicha, qidirib Astro- 
bodga borgani, undan Balxga o‘tgani, yo‘llarda 
chekkan mashaqqatlari haqida so‘zladi-da, «uf» tortib, 
boshini ko‘tardi.
— Taqsir, tobingiz qochdimi shu topda? — so'radi 
Sultonmurodga tikilib.
Bu savol qarshisida Sultonmurod qattiq sarosima- 
da qoldi. Boshini egdi. Tomog‘ini bo‘g‘gan dard bilan, 
qaltirab, javob berdi:
145


— To‘g‘ri aytasiz, xastamen...
Arslonqul bir nafas sukut etdi-da, o‘midan qo‘z- 
g‘alarkan, so‘radi:
— To‘g‘onbekning qayerda ekanini bilmaysiz shekilli?
— 0 ‘tiring, o‘tiring, so‘zlashamiz. To‘g‘onbekni 
nima qilasiz?
— Men u itni topib, qiz qayda, tirikmi, o‘likmi, 
yoki biron o‘zga yurtga sotib yuborganmi — bilmoq 
tilaymen. Qilgan yomonligi uchun mendan yolg‘iz 
yomonlik ko‘radi, albatta.
— To‘g‘onbek ko‘p oylardan buyon izsiz yo‘qolgan 
edi, — dedi o‘zini tutishga tirishib Sultonmurod. — 
Yaqinda yana shahrimizda ko‘rinib qoldi. U davlat- 
ning ulug‘ odamlari bilan juda inoq. Bilmadim, un- 
dan o‘ch olmoqdan bir manfaat chiqarmikan?.. Lekin 
suygan qizing uning qo‘lida emas.
— Yaxshi bilasizmi? — so‘radi ko‘z yoshlari bilan 
Arslonqul.
— Bilamen.
— Qizning holi nima bo‘lganidan xabaringiz 
yo‘qmi?
Sultonmurod, go‘yo boshi yorilib ketayotgan kabi, 
qo‘llari bilan peshonasini mahkam siqdi. Xiyla vaqt 
sukut etib, o‘yladi. Nihoyat, garchi achchiq bo‘lsa 
ham, haqiqatni bildirmoqqa qaror qildi:
— Qiz podshohga tortiq qilingan... — dedi u ich- 
dan xo‘rsinib.
Arslonqulning tusida qon asari qolmadi. Ko‘zlari 
allaqanday tutunlanib ketdi.
— Ey, sho‘r peshonam! — dedi u titroq, hazin 
ovoz bilan. — Dildordan hamishalik ayrilibmen-da... 
Bilamen, eshitganmen, chiroyli qizlami tortiq qilib, 
podshohdan katta amal oladilar! Xayr, vaqti-soati kel- 
ganda, To‘g‘onbek bilan hisoblasharmiz?
Sultonmurod g‘amg‘in bir ohang bilan so‘zlab, 
Arslonqulga taskin berishga tirishdi, jabr-zulmni 
qarg‘adi.
Arslonqul ketmoq uchun o‘midan turdi, Sulton­
murod uni eshikkacha kuzatib, dedi:
146


— 
Endi oshna bo‘ldik, yo‘qlab tursang, minnatdor 
bo‘lurmen.
Arslonqul tashakkur bildirib, qorong‘ilikda yo‘qol- 
di. Sultonmurod sham oldida tiz cho‘kib, butunlay 
hushsiz holda, kechinmalariga botdi, boshi aylanib
ko‘z oldi qorong‘ilashdi. «Bu begona yigit qayerdan 
paydo bo‘ldi? Kim uchrashtirdi? Nega u uning Dildo- 
rini sevadi? — hozir ro‘y bergan butun voqea allaqan- 
day tush, xayol, talvasa bo‘lib ko‘rindi...
Qo‘shni hujra sohibi kirib, unga murojaat etganda, 
garanglanib telba ko‘zlarini uzoq tikib qoldi. U, 
Navoiyning xodimlaridan biri namoz asrda kelib, uni 
taklif etib ketganligini va u, oz qolsa, unutayozganini 
bildirib, tezroq jo ‘nashga undadi-da, chiqib ketdi. 
Sultonmurod o‘z ahvolining parishonligidan qo‘rqib, 
borishga ikkilandi. Lekin Navoiy da’vatini yerda 
qoldirmoqni gunoh va adabsizlik hisoblab ham uning 
suhbati bilan ko‘nglini yupantirmoq umidida hujradan 
chiqdi-da, qorong‘ida loy-poyga qaramasdan, ildam 
yurib ketdi.
Shoiming odatda suhbat quradigan xonasiga kir- 
ganda, gap chortang edi. Sultonmurod kechikkani 
uchun uzr so‘rab, hamma bilan ko'rishdi. Navoiy 
unga o‘z yonidan joy berdi. Har xil taomlar, shirin- 
liklar, yaxshi asralgan anor, olma, noklar bilan to‘la 
dasturxonga taklif etdi. Majlisda butun Xuroson va 
o‘zga mamlakatlarga dong‘i ketgan bir necha ulug‘ 
olimlar ham ko‘p vaqt shoir bilan birga bo‘ladi- 
gan shoir Shayxim Suhayliy, shoir Hofiz Yoriy, 
Hiloliy, darvesh tabiatli qari Hasan Ardasher va 
Navoiy xizmatida bo‘lgan fazilatli ba’zi mulozimlar 
bor edi.
Uyning oltin halli shamsa'si, devorlardagi rango- 
rang naqshlar katta shamdonlarda qo‘sha-qo‘sha yon- 
gan marmar shamlarning nurida ochilib, yashnab, 
she’r kabi, musiqiy kabi, hislami, zavqlami qanoat- 
lantirar edi.

Yüklə 7,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   161




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin