Asr oshgan asarlar


 Uyning shipiga quyosh shaklida tushirilgan naqsh



Yüklə 7,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə28/161
tarix22.10.2023
ölçüsü7,98 Mb.
#159903
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   161
Navoiy romani. Oybek

1 Uyning shipiga quyosh shaklida tushirilgan naqsh.
147


Majlis ahlining aksari uch tilda — o‘zbekcha, 
forscha, arabcha — qay biri qulay kelsa, bab-baravar, 
bemalol so‘zlashardilar. Olimlarning deyarli hammasi, 
o‘z ilmlaridan tashqari, yana bir ko‘p ilmlami chuqur 
bilar edi. Ularning orasida ilm bilan san’atni bir- 
lashtirganlar, masalan, go‘zal raqs etuvchilar, musiqiy- 
da kuylar yaratganlar, ingichka, mohir naqqoshlar 
ham bor edi.
Navoiy, o‘z odatiga muvofiq, mehmonlardan 
quyiroqda o‘tirdi. U sokin, kamtarin, muomilada 
nozik, lekin ulug‘sifat; butun olimlar uning ma’lumo- 
tining jamiki ilmlarda juda chuqur ekaniga qoyil 
bo'lsalar, har yerda tasdiqlasalar ham, Navoiy ma’lu- 
motfurushlik etmas, ilm sohasida ko‘proq o‘z nuqson- 
laridan gapiradi. U har kimning fikrini sabr va diqqat 
bilan tinglaydi.
Biron masalada kishi xato gapirsa, kinoya, piching 
qilmasdan, ko‘pincha: «Kaminaning nazarida, bu 
nuqtani shunday izohlamoq mumkin», deb xatoni 
to‘g‘rilamoqqa kirishadi.
Suhbat har yoqlama, mazmundor, maroqli davom 
etdi. Suqrotning axloqqa doir ta’limoti, uning insoniy 
fazilatlari, Arastuning asarían, «Anosir arbaa»1, Ibn 
Sinoning tibga doir nazariyalari, Ulug‘bekning 
«Zich»i, fiqh masalalari va hokazo ustida jonli tor- 
tishuvlar, fikr olishuvlar bo‘ldi.
Sultonmurod shunday majlislardan chiqqan vaqtda 
uchragan do‘stlariga, kulib, ko‘pincha taassurotini 
shunday bayon qilardi: «Falsafa va ilm ul-mantiqdan 
boshlab to tush ta’biri va ilmi romga qadar2 — har 
bobda bag‘oyat mufid3 munozara bo‘ldi».
Majlisga yangi mehmonlar keldi. Bular mavlono 
Shahobiddin bilan shoir mavlono Binoiy edi. 
Mavlono Shahobiddin — Xuroson olimlari orasida 
ilmdan eng benasibi, lekin eng mutakabbiri. U ilm 
dunyosiga yolg‘iz shallaqilik bilan kirgan. Binoiy iste’- 
dodli shoir, lekin tili achchiq, o‘jar.

Yüklə 7,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   161




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin