' «To‘rt unsur».
! Folbinlik.
! Foydali.
148
Mavlono Shahobiddin yarqiroq to‘nini halpillatib,
yuqoriga o‘tdi. G o‘yo shogirdlaming o‘ltirishiga kirib
qolgan domladay, kekkayib o‘tirdi. Past bo‘yli, kichik,
lekin miqti gavdali, botiq ko‘zlari besaranjom o‘yna-
gan, pahmoqsoqol, pala-partish kiyingan mavlono
Binoiy lablaridagi istehzoli kulgi bilan hammaga bir
qarab qo‘ydi-da, soxta bir kamtarlik bilan kichik qad-
dini bir oz bukib ko‘rishdi va quyiga, to‘g‘ri kelgan
joyga o‘tira qoldi. Navoiy hammaga ko‘rsatgan xush
muomalasi bilan uni mehmon qilishga tirishdi. Binoiy
ham xiyla vaqtgacha umumiy gapga quloq solmasdan,
saralab-saralab taom yemoq bilan ovora bo‘ldi.
Mavlono Shahobiddin, aksincha, dasturxonga qiyo
boqmadi. Go‘yo masalani oxirda yolg‘iz o‘zi yechib
berishga ishongan odamday, «churq» etmasdan, do-
nishmand bir tur bilan munozaraga quloq soldi. Lekin
majlis yangi-yangi masalalarga o‘tdi. Mavlono
Shahobiddin labini ham qimirlata olmadi.
Shoirlar ilmi badi’ haqida so‘z ochdilar. Kimdir
mavlono Lutflyning sho‘x-o‘ynoq musiqiyli bir g‘aza-
lidan ba’zi baytlarini o‘qib, maqtay boshladi. Boshqa
biri Navoiyning butun Hirot kuylaydigan bir g‘azalini
va uning kuyini maqtadi. Mavlono Shahobiddin bu
so‘zlardan zerikkandek, og‘zini katta ochib, homuza
tortdi.
— Bilmadik, turkiy she’ming istiqboli ne bo‘lur
ekan? — dedi u endi oq tusha boshlagan ko‘rkam
soqolini serkillatib, kulib. — Har holda ba’zi shuaro-
ning bu boradagi harakatlarida oz ma’no ko‘rurmen...
Sopalak tosh bilan Badaxshon la’li va aqiqi boshqa-
boshqa narsadir.
— Xayr, taqsir! — murojaat etdi unga darvesh tabi-
atli Hasan Ardasher. — Turkiyning balog‘at va
kamoloti mavlono Lutfiyning, xususan Alisher
janoblarining g‘azaliyotida oftob kabi namoyon bo‘ldi.
Bu yangi sozning sehrli sadolari forsiygo‘ylarni, fil-
haqiqat, hayratga solmoqdadir. Zavq va idrok sohibi
bu haqiqatni aslo inkor qila olmag‘ay.
— Firdavsiy ham Nizomiylaming zaboni asli zoti-
149
da ilhom va she’r uchun yaratilmishki, bu haqiqatga
butun tarix guvohdir, butun jahon unga qoyildir. Bu
da’vo hech vaqt isbot talab qilmas, — dedi kekkayib
mavlono Shahobiddin.
Mavlono Binoiyning botiq ko‘zlarida kinoya,
nash’a yonib ketdi. U beo‘xshov o‘raigan, katta sallali
boshini ko'tardi.
— Ulug‘ zotlar, — dedi u so‘zini chertib. —
hammalaringiz Chorsu orqasidagi bizning chapdast
temirchilar ko‘chasidan o‘tgansizlar, ulaming «taraq-
turug‘i» quloqlarga mix qoqqandan battar azob berur.
0 ‘zbek g‘azallarini tinglaganda ham ayni azobni his
eturmen!
Binoiy o‘zbek tili va she’ri haqida so‘z borganda,
hamisha shu ravishda gapiradigan bo‘lgani uchun ham
odamlar undan yana dag‘alroq, behayoroq gap kut-
ganlaridan, ahamiyatsiz kulibgina qo‘yishdi. Umu-
man, butun Xuroson, Movarounnahr olimlari va sho-
irlari kabi, majlisdagilaming ham o‘ndan to‘qqizi for-
siyparastlar edi. Ular uchun o‘zbek tili go‘yo qalamga
yot edi. Fors tilining go‘zalligi, boyligi, shirinligi haqi
da e’tiqod ulaming qonlariga singib ketganda. Hatto
Navoiy g‘azallarini har qanday ulug‘ fors shoiriniki-
dan yuqori qo'yadigan va Navoiyning sozida o‘z ona
tilining jonli, qudratli musiqiysini tuygan Sulton-
murod ham qo'liga har vaqt qalam olarkan, beixtiyor
ravishda fors yoki arab tiliga murojaat etardi.
Yaqindagina Hirotga kelib, hali Navoiy asarlari
bilan yaxshi tanish bo‘lmagan olim mullo Modar
Zodaiy mullo Usmon, hamma ko‘zlardan o‘ziga
«ofarin!» qidirib jovdiragan mavlono Binoiyga jirkanib
qaradi-da, Navoiyga murojaat qildi:
— Alisher janoblari, siz zullisonaynsiz, siz uchun
«Foniy»mi, «Navoiy»mi dilbardir?
— Haq so‘zni aytsak, — dedi Navoiy jiddiy, lekin
ingichka tabassum bilan, — biz uchun o‘z tilimiz dil
bardir, demak, «Navoiy» dilbardir.
— Ne uchun? — shoshilib so‘radi mullo Modar
Zodaiy mullo Usmon.
150
— «Foniy» go‘zal, «Foniy!» — qichqirib qo‘ydi
mavlono Binoiy og‘zidan ovqatini sachratib.
Navoiy o‘tkir istehzo bilan mavlono Binoiyga bir
qarab qo‘ydi-da, so‘zida davom etdi:
— Biz fors tilining qudrat va ahamiyatini, u tilda-
gi asarlaming husni va salobatini hech vaqt inkor
etmadik. To go‘daklikdan boshlab fors tilida ham
qalam surmoqdamiz. Ammo tilimizning afzalligi biz
uchun ulug‘ haqiqatdir. Biz go‘daklikda bu haqiqat-
ning ishqini ko‘nglimizga jo qilganmiz, o‘lganimiz-
gacha bu ishqni saqlaymiz! Shaharlarni, qishloqlarni,
sahro va tog‘larni to'ldirgan el-ulusimiz, urug‘-
aymog‘imiz bor, uning o‘z zavqi, fahmi-idroki bor.
Biz elimizning zavqini, tabiatini nazarda tutib, uning
o‘z tilida qalam suraylikki, uning ko‘ngli fikr gullari
bilan to‘lsin. Turkona soz bilan tarannum etaylikki,
elning yuragi mavjga kelsin. So‘z gulshanida o‘zga
ellar qatorida bizning elimiz ham bahramand bo‘lsin.
Fors ash’ori elimizning zavqi uchun begonaroqdir.
Endi otalarimiz, bobolarimiz, enalarimiz tiliga nazar
solsak, uning forsdan bag‘oyat baland darajada ekani
bir haqiqatdir. Qadim shuarosi bu tilni tatabbu
etmabdur. Tilimizda daqoyiq1 ko‘p. Ammo bu kun-
gacha hech kishi uning haqiqatiga nazar tashlamabdir.
Afsuski, yulduzlardan yorug‘roq gavharlari yashirin
qolib, balki unutilish darajasiga yetibdur. Elimizning
shoir yigitlari oson yo‘lni ko‘zlab, yolg'iz fors tili bilan
tarannum etdilar. Tilimizda nozik ma’nolami, ruh-
ning butun jilvalarini ifoda qilg‘uvchi so‘zlar va shakl-
lar shunday ko‘pdirki, forsiyda ulaming biri ham to-
pilmas, forsiygo‘ylar fasohat da’vosi bilan qanchalik
lof urmasinlar, bizning tilning vus’ati2, husni zanginli-
gi3 oldida so‘z aytishdan ojiz qolurlar.
Navoiy katta faxr bilan, ruhlanish va dard bilan
so‘zladi. Gapini bitirgandan so‘ng ham ko‘p kishilar,
so‘zning davomini kutgan kabi, undan ko‘z uzmay,
Dostları ilə paylaş: |