Asr oshgan asarlar


' Kotiblar. ! Jannatga o'xshash



Yüklə 7,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə32/161
tarix22.10.2023
ölçüsü7,98 Mb.
#159903
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   161
Navoiy romani. Oybek

' Kotiblar.
! Jannatga o'xshash.
155


los, Muhammad Burunduq barloslarning ra’yini bilish 
mumkinligini alohida ta’kidladi. Husayn Boyqaro 
ko‘zlarini ochdi. Mavlono Shahobiddinning nasabi 
haqida so'radi. Uning bobolari o‘rtasida dongdor 
a’yonlar ko‘p o‘tganidan, Majididdin bu to‘g‘rida lof 
urishni zarur bilmadi. Husayn Boyqaro juda qiziqdi. 
Agar barloslar ham muvofiq topsalar, uni qozi tayin 
etmoqni va’da berdi-da, parvonachini birga olib, ham- 
suhbatlari bilan bo‘ladigan har kungi chog‘ir bazmiga 
oshiqdi.
Alisher Navoiy devonxonaga keldi. Bir-biriga 
yopishgan qator keng xonalarda devonboshilar va turli 
darajadagi amaldorlar o‘zaro gap sotib, vazifalarini 
xushyoqmaslik bilan bajarardilar. Har xonada beshlab, 
o‘nlab munshilar, navisandalar sovuqdan qo‘llarini 
puflab-puflab, engashib, yozuv yozadilar. Har bin 
ma’lum vazifani olib boruvchi devonbeklardan ko‘pi- 
ning o‘mi bo‘sh turardi. Navoiy qovog‘ini soldi: 
«Albatta, sharobxo‘rlik bilan mashg‘ullar, betavfiq- 
lar!» — qarg‘adi ichida. U har bir arkoni davlat1 har 
kun devonda hozir bo‘lib, fuqaro ishi bilan shug‘ulla- 
nishi va bukun bitadigan ishni ertaga qoldirmasligini 
podshohga qancha dafa tushuntirdi! «Taftish yo‘q, 
tergov yo‘q, shuning uchun mas’uliyat ham yo‘q!» 
dedi ichida.
Dastlab tuman va kentlarga doir ishlami ko‘zdan 
kechirdi. Ariza va shikoyatlami tegishli mahkamalar 
va ularning boshliqlariga topshirib, ildam hal etishni 
talab qildi. Oddiy xalqdan va har nav yumush ham 
talab bilan kelgan amaldorlardan ko‘p kishini qabul 
etdi. Keyin sadr2lardan bir nechasini yig‘ib, vaqf ish- 
larining ahvoli haqida ma’lumot oldi ham vaqf mulk- 
larini ta’mir etish va ortiqcha mablag‘larni yangi 
inshootlar uchun sarf etish to‘g‘risida uzoq suhbat- 
lashdi. Peshindan keyin, uyiga qaytish oldida, 
Sultonmurodni esladi. Shayx ul-islomga xat yozib, 
yosh olimni Shohrux madrasasiga mudarris tayinla-

Yüklə 7,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   161




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin