1 Davlat arboblari.
: Vaqf va diniy ishlami boshqaruvchi ma’murlar.
156
moqni, agar maosh masalasini hal qilishda mushkilot
chekilsa, maoshni o‘z mablag‘idan to‘lashga rozi
ekanini bildirdi-da, mulozimdan berib yubordi.
Uyga qaytganda ham bir muddat tinim olishga
imkon topmadi. Turli tabaqaga mansub o‘nlab kishi
unga murojaat etdi. Har qaysisining o‘ziga yarasha
shikoyati, talabi, o‘tinchi bor.
Oqshom yemog‘idan so‘ng sham oldida o‘tirdi,
qog‘oz, qalam olib, ilhomiga berildi. Bir g‘azal, bir
tuyuq yozdi, tuyuqdan xursand bo‘ldi. Bunda ona tili
boyligining va imkoniyatining bir jilvasini ko‘rdi. Vaqt
butunlay sezilmasdan o‘tdi, qo‘rada xizmatkorlaming
yurishlari, tovushlari tindi. Daricha orqali Hirot
xo'rozlarining ikkinchi qatla qichqirgan sadolari uning
quloqlariga tuyuldi. Yechindi, shamni pufladi, xiz-
matkor to‘shab qo‘ygan o‘ringa kirdi...
Ertalab Mirak Naqqosh keldi. Navoiy Binafsha-
bog‘dagi yozgi ko‘shkka naqsh ishlatish to‘g‘risida
gaplashmoq uchun chaqirtirgan edi. Mirak Naqqosh
Hirotdagi yuzlarcha naqqoshlar orasida eng oldingi-
laridan edi. Hirotda ba’zi imoratlaming g‘oyat nafis
naqshlari uning ijodi edi. Unda qidiruvchi fikr bor edi.
U boshqa sohalarda ham g‘alati narsalar ixtiro etishga
urinardi.
Mirak Naqqosh, gap orasida, o‘zining favqulodda
iste’dodga ega bo‘lgan bir shogirdini eslatib o‘tdi,
uning naqqoshlikdan ko‘ra rasmga ko‘ngli moyilligi
ham ajoyib rasmlar ishlay boshlaganini ustodning
samimiy g‘ururi bilan aytgach, Navoiy juda qiziqdi.
Boshqa gaplarni yig‘ishtirib, uni surishtira boshladi.
— Bizning Kamoliddin Behzod hirotlik yetim bola
edi,— dedi Mirak Naqqosh,— rahmim keldi. Mening
san’atimdan o‘zga shogirdlarim qatorida bahramand
bo‘lsa, yetim bola uchun tirikchilik yo‘li ochilur,
degan andisha bilan uni shogirdlikka oldim. Zehni
behad baland, qo‘li oltin ekan. San’atda juda tez ilga-
rilab ketdi.
— Yuring, maxdum, bizni olib boring, — o‘midan
qo‘zg‘aldi Navoiy. — Shogirdingiz bilan bizni ta-
157
nishtiring. Tasvir san’atining haqiqiy ustodlari bizda
yo‘q demoq mumkin!
Mirak Naqqosh Navoiyning san’at ahliga bo‘lgan
chuqur muhabbatini, g‘amxo‘rligini bilsa-da, hayron
bo‘lib, o‘jarlik ham san’atkorlarga xos g‘urumi ifo-
dalagan ko‘zlarini katta ochib, shoirga qaradi. Navoiy
norozilanib so‘radi:
— Deganlaringiz chin so‘zmi?
— Janoblari kaminani yolg‘onchi deb eshitgan-
midilar?
— Unday bo‘lsa, ne uchun taraddudlanursiz?
Mirak Naqqosh uchi uzun taqyasini yuqori surib,
boshini qashidi.
— Xo‘b, tanishtirmoqqa tayyormen, — dedi u
kulib, — lekin janoblarini ovora qilmoqqa hojat yo‘q.
Kamoliddin Behzodni men o‘zim keltururmen. Sizni
ziyorat qilmoq uning uchun ulug‘ baxtdir.
Navoiy bukun kechga yaqin uni olib kelishni ilti-
mos qildi. Keyin Binafshabog1 ko‘shkining naqshi
haqida so‘zlashdi.
Navoiy devonga borib, har kungi vazifasini bajardi.
Xo‘ja Afzalni oliy farmon bilan tabrikladi, lekin undan
mavlono Shahobiddinning shahar qozisi qilib tayin-
langanini eshitdi. Kutilmagan xabar uni qattiq
g‘azablantirdi. Bu voqeaning tagini surishtirishga ham
toqati qolmadi. Devondan chiqdi. Otga minib,
Husayn Boyqaro qurdirayotgan Bog‘i Jahon orodagi
saroylar, ko‘shklaming ichki bezaklarini tomosha
qildi. Namozasrga yaqin uyga qaytganda, Mirak
Naqqosh o‘z shogirdi bilan kutib o‘tirardi. Navoiy
Kamoliddin Behzod bilan ulug‘ og‘odek samimiy
mehribonlik bilan ko‘rishdi. Yosh rassom uzun bo‘yli,
ingichka gavdasiga noziklik bilan pishiqlik go‘zal
birikkan, o‘n besh-o‘n olti yashar o‘spirincha edi.
Uning fikr, ilhom balqib turgan qora ko‘zlarida
uyatchanlik va toza, ulug‘ ruhga xos qandaydir ma’-
sumlik jilvalanardi. Naqqoshning olacha to‘nli shogir
di dongdor shoir ham davlatning ulug‘ odami qarshisi-
da qizardi.
158
Navoiy ulami o‘z xonasiga olib kirdi. Mirak
Naqqosh eskigina juzdonini ochib, shogirdining
ayrim, maxsus qog‘ozlarga solingan rasmlarini shoirga
bir-bir taqdim eta boshladi. Navoiy birinchi varaqni
qo‘lga olib, bir lahza diqqat bilan tikildi-da, Mirak
Naqqoshga ma’nodor qarab qo‘ydi. Ko‘zlarini suzib,
yana tikildi. Ko‘zlarini uzoq vaqt uzmadi. Mirak
Naqqoshning ta’rificha, qo‘li oltin bolaning chizgani
jivir-jivir gullar, barglar, chiziqlar nozikligi, jonliligi,
bemisl she’riyati bilan go‘yo uning ko‘zlarini, ruhini
sehrlagan edi. Bo‘yoqlarning nafis ohangi, tong chog‘i
toza zangori ufqlarga taram-taram yugurgan nurlarda-
gi kabi, benihoyat nozik tovlanar edi! Navoiy orom va
hayajon bilan chuqur nafas oldi. Ikkinchi rasmni
ko‘rdi. Ayni ruh, lekin yana boyroq, yana nafisroq...
Mana, ov tasviri. Ohular go'yo qog'ozdan sakrab
o‘ynoqlab ketayotganday tuyuladi. Bunda har bir
nuqta ko‘z kabi jonli. Navoiy o‘nga yaqin rasmni
benihoyat to‘la zavq bilan tomosha qildi.
Kamoliddin Behzod ichki bir hayajon bilan boshi-
ni quyi solib o‘tirar, ba’zan bir zumgina Navoiyga
ko‘z qirini tashlab qo‘yardi. Mirak Naqqosh aksari
uning o‘z ko‘zi oldida yaratilgan bu rasmlami go‘yo
ilk daf a ko‘rgandek, zavqlanib tomosha qilar, Navoiy
bilan fikr olishuvga tirishar edi. Nihoyat, shoir ko‘zla-
rida yongan quvonch bilan yosh rassomni tabrikladi:
— Bu ko‘hna jahon, — dedi u shavq bilan, — siz-
ningdek san’atkomi hanuz ko‘rmagan edi. Qala-
mingizning husni har qanday ta’rifdan benihoyat
balanddir. Bu kamolotni yana oliylashtirmoq yo‘lida
samimiy harakat qilingiz.
Kamoliddin
Behzodning
yuzi
allaqanday
yorug‘lanib ketdi, titrak lablar bilan dedi:
— Ulug‘ iltifotingiz uchun ne til bilan tashakkur
etmoqni bilmaymen, bu tasvirlar shogirdbachchan-
gizning mashqlaridir, qalamim ustodlaming ta’limiga
g‘oyat muhtojdir.
— Ta’lim olmoqdan hech vaqt yuz o‘girmangiz! —
dedi Navoiy.
159
Shoir namozshomdan keyin Mirak Naqqoshni va
uning ajoyib shogirdini ziyofat qildi. Ovqat ustida
Hirotdagi o'zga rassomlar haqida so‘zlashdilar. Das-
turxon yig‘ishtirilgandan so‘ng Navoiy yana Behzod
rasmlarini sham nurida qaray boshladi. Har bir chi-
zig‘iga, bo‘yoqlaming eng ingichka tovlanishlariga qa-
dar qattiq diqqat qildi. Rasm san’atini chuqur tushun-
gan va chuqur zavq sohibi odamlar ko‘ra oladigan
ba’zi nuqsonlami Behzodga ko‘rsatdi. Uning qalami-
ning qudrati va shu davrgacha hech ko‘rilmagan
nafosati nimada ekanini izoh qilishga tirishdi. Behzod
Navoiyni yolg‘iz shoir deb bilardi. Rasm haqidagi fikr-
larining to‘g‘riligi uni juda taajjublantirdi. Shoiming
har bir so‘zini tag-tugi bilan uqib olishga intildi.
Vaqt alla-palla bo‘lganda, naqqosh bilan yosh ras-
som jo ‘narkan, Navoiy Behzodga qalin oshna
bo‘lganini bildirdi va har vaqt kelib uni quvontirishini
iltimos qildi. Keyin hovlidan Mirak Naqqoshni bir
nafasga chaqirib, dahlizda shivirladi:
— Ertaga, albatta, mening qoshimga keling!
— Xo‘sh! — dedi naqqosh.
— Bu favqulodda iste’dod nimaga muhtoj, uni tar-
biyalamoq uchun nimalar qilmoqligingiz kerak —
bulami batafsil muhokama qilurmiz, — dedi Na
voiy.
— G ‘oyat ma’qul fikr, kechga, albatta, kelur-
men.— Quvonch bilan hovliga otildi Mirak Naqqosh.
Dostları ilə paylaş: |